• S.N.Lisenkova texnologiyasi.
  • V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali




    Download 71,23 Kb.
    bet3/11
    Sana23.05.2024
    Hajmi71,23 Kb.
    #250983
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Шахсга йуналтрилган ТТ куллаш

    V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali:

    • Bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;

    • Har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni o‘qitish;

    • O‘qitishni tezlashtirish.

    Tamoyillar:

    • sxema – konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklarda o‘rganish, faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, mo‘ljaldagi asosini qo‘llash;

    • shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv;

    • insonparvarlik;

    • zo‘rlab o‘qitmaslik;

    • o‘quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yo‘lga solish), o‘sish, yutuqlarga istiqbolni ochish;

    • o‘qitish va tarbiyani bog‘lash.

    V.F. Shatalov metodining o‘ziga xosligi:

    • materiallar katta hajmda kiritiladi;

    • materiallar bloklar bo‘yicha joylashtiriladi;

    • o‘quv materiali tayanch

    V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi.
    Tayanch signal o‘zaro uzviy bog‘lovchi ramzlar (ishora, so‘z, sxema, rasm va h.o) bo‘lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi.
    Tayanch konspekt - o‘quv materiallari o‘zaro bog‘langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g‘oyalar tizimi o‘rnida qo‘llana oladigan ko‘rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko‘rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.
    V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg‘ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o‘quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi. V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo‘lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni o‘z ichiga oladi:
    1. Nazariyani sinfda o‘rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo‘r, ko‘rgazmali qurol, TV bilan); bo‘yalgan plakat – tayanch konspekt bo‘yicha qayta tushuntirish; plakat bo‘yicha qisqacha bayon qilish; o‘quvchilarning o‘z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo‘yicha keng mustahkamlash.
    2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspekt, darslik, ota-onalar yordami. o‘quvchilarga uqtirish, konspektdan foydalangan holda o‘qituvchining tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o‘qi; o‘qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so‘zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni so‘zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla.
    3. Birinchi takrorlash - konspektni o‘zlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o‘quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o‘qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi; bir vaqtning o‘zida “asta” va magnitafon orqali so‘rab boradi; yozma ishdan so‘ng og‘zaki so‘rash boshlanadi.
    4. Tayanch konspektni og‘zaki so‘zlab olish - o‘zlashtirishdagi tashqi nutq (og‘zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.
    5. Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o‘zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro‘yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.); o‘zaro so‘rash va o‘zaro yordam; o‘yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.).
    Nazorat, baholash. V.F. Shatalov o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashqi nazoratni o‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo‘qligi, past bahodan qo‘rqishning yo‘qligi.
    Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat, uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash.
    O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlarni maxsus ochilgan ko‘zguga qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani e’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o‘quvchida ijobiy e’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi, o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi.
    Metodik usullar (pedagogik mikrounsurlar) tirkamasiga: uchirma takrorlash, releli (almashma) nazorat ishlar, desant metodi, zanjir metodi, vazifalar ichida “cho‘milmoq”, kitobdagi xatolarni topmoq, varaqchalarda misol-masala yechish, tanlov asosida misol-masala yechish, 4 qo‘lda yechish, tajriba darslari, “miyaga” niqtash, quyidan yuqoriga qarab yechish, aytib berganni rag‘batlantirish, ochiq fikrlar darsi, oltinchi ball, ijodiy konspekt, tezaytish, keskinlikni yumshatish usullari (musiqa, yorug‘lik, tanaffus va b.) va b.
    V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv faoliyati tizimi maktab o‘quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o‘qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o‘qitishda ham keng tarqaldi.
    V.F. Shatalov metodikasi oliy o‘quv yurtlarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda.
    Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o‘qitishni boshqarishning S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:
    - hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv;
    - o‘zlashtirish (muvaffaqiyat)-o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishi-ning eng muhim sharti;
    - sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam;
    - xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;
    - o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;
    - vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib berilishi;
    - asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish;
    - bilag‘on o‘quvchilarga biriktirib bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitish.
    S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin o‘rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir. Istiqbolli tayyorgarliko‘rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo‘l-yo‘lakay o‘tishning boshlanishidir. Umumlashtirishbu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir.
    S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o‘zlashtirish uch bosqichda kechadi:
    1.Kelgusida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish;
    2. Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni umumlashtirish va qo‘llash;
    3. Fikrlash usullari va o‘quv xatti-harakatlarining ravonligini rivojlantirish.

    Download 71,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 71,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali

    Download 71,23 Kb.