N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




Download 398,43 Kb.
bet3/83
Sana17.11.2023
Hajmi398,43 Kb.
#100235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)
2 (2), 3 (2), 2-mavzu Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jaray, , 27
Reja:
1.1. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari
1.2. Dars o‘tish metodlari va unga turli jihatdan yondashish


1. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari
Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim–tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyusiya inson va uning ilmiy-ma’rifiy potensialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun iqtisodiy o‘sish omillarining sifat jihatdan takomillashib borish jarayoni xosdir. Fan-texnika taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqaro mehnat taqsimotida munosib o‘rin egallash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari ko‘p jihatdan ish kuchining bilimi, malakasi, vaziyatga qarab ish tuta olishiga bog‘liq. Kelajakda erishishimiz lozim bo‘lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak.
Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan o‘qitish jarayonini tashkil qilishi va dars berishiga bog‘liq. Shuning uchun ham o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o‘quv uslublarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladi.
Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, tabiiyki har bir odamdan iqtisodiy fikrlashni o‘rganish talab etiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bu talab yanada kuchaydi. Farzandlarimizning yoshlikdan iqtisodiy fikrlay bilishi uchun, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab iqtisodiy bilim asoslarini o‘rganishga kirishildi.
Oliy o‘quv yurtining, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi o‘quv yurtining talabalari esa iqtisodiy fikrlashnigina emas, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda qanday natijaga olib kelishi mumkinligini his qila bilishi, ko‘z o‘ngiga keltira bilishni o‘rganishi zarur. Buning uchun esa iqtisodiy fanlarni chuqur bilish talab qilinadi. Murakkab xo‘jalik dunyosini aks ettiruvchi bu fanlarni o‘rganish uchun to‘g‘ri metod tanlash muhim ahamiyatga ega. Dars o‘tishda to‘g‘ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o‘qituvchining bilimi yuqori bo‘lishidan qat’iy nazar, kutilgan natijani bermaydi. O‘qituvchining bilimi pedagogik mahorat bilan qo‘shilgandagina o‘quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Buning uchun o‘quv jarayonini tashkil etishning turli metodlari va ularni qo‘llashni bilish kerak. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) aynan ana shu maqsadga qaratilgan. U iqtisodiy fanlarni o‘rganish metodlari va uni dars jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi.
Dars berish metodi atamasi bilan birgalikda, odatda, o‘qitish, dars berish uslubi atamasi ham tez-tez ishlatib turiladi.
Dars berish metodikasi (uslubiyati)ning predmeti, bu dars berish (o‘qitish) jarayonining o‘zidir.

«Metod» atamasi yunoncha «methodos tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib tadqiqot yo‘li, haqiqatga intilish, bilish, harakat qilish yo‘llari, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma’nosini anglatadi. Metod deganda voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullari tushuniladi. Faoliyatning turli jabhalarini o‘rganishni qamrab olgani holda ilmiy bilish va uning usullari metodikaning asosiy yo‘nalishidir. Unda ta’lim va tarbiya berish usullari asosiy o‘rinda turadi. Odatda metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operasiyalari majmuidir.
Pedagogik amaliyotda, an’anaga muvofiq, o‘quv tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo‘llanilayotgan, tartibga solingan faoliyat usuli metod deb tushuniladi. Bunda o‘qituvchining o‘qitish faoliyati usullari bilan o‘quvchining o‘qish faoliyatining usullari bir-biriga bog‘liqligi ta’kidlanadi.
O‘qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o‘qitishning maqsadi, o‘zlashtirish usuli, o‘quv jarayoni qatnashchilari (o‘qituvchi, o‘quvchi, talaba)ning o‘zaro munosabati.
O‘qitish metodikasi tushunchasi:

a) pedagogning o‘qitish usullari va o‘quvchining o‘qish usullari hamda o‘quvchining o‘qituvchi bilan o‘zaro bog‘langanligini;
b) o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadga erishish bo‘yicha hamkorlikda ishlashning o‘ziga xosligi, ya’ni, o‘qitish metodlari belgilangan maqsadga yetish uchun ta’lim vazifalarini hal etishda o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatidir.
I.P.Podlasiyning fikricha, metodjarayonning o‘zagi, rejalashtirilgan maqsadni yakuniy natija bilan bog‘lovchi bo‘g‘in. «Maqsad – mazmun – metodlar – shakllar o‘qitish vositalari» tizimidagi rollarni aniqlovchidir1.
Ta’lim metodlari bir tomondan, obyektiv xarakterga ega bo‘lib, qaysi pedagog qo‘llashidan qat’iy nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan bog‘liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda maqsadlarning doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining mazmuni, shaklini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, subyektiv xarakterga ega bo‘lib, u pedagog shaxsi, o‘quvchi-talabalarning o‘ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanadi. Metodlarning obyektiv hamda subyektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir. Metodlarning obyektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to‘liq subyektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo‘lgan, to‘la obyektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Haqiqat, odatda, barcha fikrlarning o‘rtasida tug‘iladi. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo‘lgan obyektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko‘p holatlarda esa eng yaxshi bo‘lgan amaliyot yo‘llari tavsiya etiladi.
Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta’riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining shakllariga xos bo‘lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta’lim oluvchilarning o‘ziga xosligi va aniq sharoitga bog‘liq.
Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo‘lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra erishilgan natijada o‘z aksini topadi.
Metodlarning obyektiv jihatini didaktik prinsip nuqtai nazaridan talqin etish, uning nazariyasini ishlab chiqish, amaliyotda qo‘llanishi zarur bo‘lgan eng yaxshi metodlarni tavsiya etish, mantiqiy tanlash muammolarini muvaffaqiyatli yechish imkonini beradi.
Metodlarni optimallashtirish uchun esa pedagoglar mahorati, ijodiy yondashish zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qitish metodlari yuqori darajadagi san’at bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Metod nihoyatda serqirra bo‘lib, juda ko‘p komponentlarni jamlaydi. Murakkabligi uchun ham metodni yagona ma’noga ega tarzda ifodalash qiyin. Shu bois metodning mazmun-mohiyatini, sifatlarini soddalashtirilgan variantdagi ta’riflarda berishga to‘g‘ri keladi.
Sharq mutafakkirlari ham bilishning metodlariga katta e’tibor bilan qaraganlar. O‘quv jarayonini tashkil etish va o‘qitish metodlariga alohida e’tibor bergan alloma Aristoteldan so‘ng «ikkinchi muallim» deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy o‘qitish metodlari haqidagi traktatlarida ta’lim oluvchilarga turli bilimlar berish bilan birga mustaqil holda bilim olish yo‘llarini ham ko‘rsatgan, bilim olish zarurligiga shak shubhasiz ishontirish lozimligini ta’kidlagan2.
Hozirgi terminlardan foydalanib, Sharqning qomusiy allomalarining o‘qitish metodlarini bilishning umumiy qonunlariga muvofiqligini aniqlasa bo‘ladi. Ular foydalangan o‘qitish metodlarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Bular Ibn Sino qo‘llagan ko‘rgazmali tajriba metodlari, Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiyning ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, Forobiy va Al Xorazmiyning bilimlarni tekshirish metodlari va boshqalardir. Ularning hammasi o‘quvchi-talabalarning faoliyatini kuchaytirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish maqsadini ko‘zlagan.

Download 398,43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Download 398,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Download 398,43 Kb.