• Takrorlash va munozara uchun savollar
  • 2-MAVZU. TA’LIM JARAYONINING TIZIMLILIGI VA ASOSIY KOMPONENTLAR TASNIFI
  • N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




    Download 398,43 Kb.
    bet7/83
    Sana17.11.2023
    Hajmi398,43 Kb.
    #100235
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
    Bog'liq
    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)
    2 (2), 3 (2), 2-mavzu Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jaray, , 27
    Tayanch iboralar: maxsus ta'lim, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari, ixtisoslik fanlari, ta'limning qo‘shimcha turlari, metodika va uning vazifasi, kasbiy faoliyat turlari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish, ta'lim maqsadi va vazifalari, o‘qitish tamoyillari


    Takrorlash va munozara uchun savollar:
    1. Mаmlаkаtimizdа kаdrlar tayyorlashning milliy modeli va
    konseptual asosi nimаlаrdаn ibоrаtligini аytib bеrа оlаsizmi?
    2. Nimа sаbаbdаn glоbаl miqyosdа tа’limgа diqqаt-e’tibоr
    qаrаtilmоqdа?
    3. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani nimani o‘rganadi? Fanning maqsadi va vazifalarini ko‘rsating. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi qanday o‘rin tutadi?
    4. Metodika deganda nimani tushunamiz? Metodlarning obyektiv va subyektiv jihatlarini ta’riflang.
    5. Metodlarga turli jihatdan yondashish nuqtai nazaridan ularni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?
    6. O‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakllari qаysilаri, ulаr qаysi jihаtlаri bilаn fаrqlаnаdi?

    2-MAVZU. TA’LIM JARAYONINING TIZIMLILIGI VA ASOSIY KOMPONENTLAR TASNIFI


    Reja:

      1. Uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi

      2. Kadrlar tayyorlash va dars berish mazmunini o‘zgartirish davr talabi

      3. Ta’lim muassasalarida dars o‘tishning xususiyatlari



    2.1. Uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi

    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli ishlar ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog‘liq.
    Yangi ta’lim tizimining eskisidan farqi, uning uzluksizligidadir. Yana bir ko‘zlangan maqsad o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashiga erishishdir. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Aynan uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi.
    O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Darhaqiqat, uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma`lumotlarini o’zlashtiradi, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. Ma‘lumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish, tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish, dunyoqarashini shakllantirish, nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab beradi. Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: -maktabgacha ta’lim; -umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limi; -professional ta`lim -oliy ta’lim; -oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta’lim. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin. Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin, har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo`ladi.
    Uzluksiz ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
    umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimida mustaqil tur hisoblanadi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi akademik lisey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
    Akademik lisey davlat ta’lim standartlariga muvofiq, o‘rta maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.
    Akademik liseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni oliy o‘quv yurtlarida davom ettirishlari yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin.
    Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi beradi, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
    Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganlik, o‘quv jarayonini tashkil etilish jixatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
    Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanishicha, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

    • akademik liseylar va kasb-hunar kolejlari faoliyatning normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

    • soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan, chet ellarda tayyorlashni tashkil etish;

    • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limlari o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-hunar dasturlari, o‘quv uslubiga majmualar ishlab chiqish;

    • akademik liseylarining o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;

    • kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;

    • hududlarning jo‘g‘rofiy va demografik shartsharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

    • akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini mustahkamlash.

    Akademik lisey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. 9 yil davomida maktablarda o‘quvchilar umumiy tayanch ma’lumot olgan bo‘lsalar, endilikda ular o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bilim olish va oliy o‘quv yurtiga kirish uchun maqsadga yo‘naltirilgan fanlarni mukammal o‘rganishi bilan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Download 398,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




    Download 398,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

    Download 398,43 Kb.