|
1-dars. Sintaksis haqida umumiy tushuncha
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,18 Mb. | | #245765 |
Bog'liq 139 QAROR MOBIL TELEFON
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARIDA MOBIL TELEFONLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni ta’minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, nodavlat ta’lim muassasalari bilan birgalikda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarining izchil bajarilishini;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning maqsadi va vazifalari aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng tushuntirilishini ta’minlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-may,
139-son
Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni «ovozsiz» rejimga o‘tkazishi) - Maktbalarda o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin o‘quvchilar:
- telefonini o‘chirib qo‘yishi;
- telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.
- O‘qituvchilar va boshqa xodimlar:
- o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;
- darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart
Nizom qoidalariga zid ravishda ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilganda quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi: - ogohlantirish;
- ta’lim oluvchilarning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
- ularning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
- Quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
- a) telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
- b ) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
- v) telefoni yordamida:atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
- ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar etkazish.
TARTIBNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK. - O‘quvchilar telefondan foydalanish tartibini buzganda quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi:
- ogohlantirish;
- ularning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
- ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
TARTIBNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK. - Talablar buzilganda har qanday pedagog xodim o‘quvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga direktorga yoki sinf rahbariga berish huquqiga ega. Bunda telefon faqat o‘quvchining ota-onasiga qaytarib beriladi.
- Maktablarda telefonning saqlanishi uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob beradilar. Qoida buzilganligi uchun telefon olib qo‘yilganda uning saqlanishi uchun maktab ma’muriyati javob beradi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT!
|
| |