|
Gigiyena fani, uning maqsadi va vazifalari
|
bet | 1/3 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 18,09 Mb. | | #259535 |
Bog'liq GIGIENANINg RIVOJLANISH TARIXI
GIGIYENA FANINI RIVOJLANISH TARIXI
Gigiyena fani, uning maqsadi va vazifalari
Gigiyenaning bo’limlari
Gigiyena fanining rivojlanish tarixi
MAVZU:
REJA:
GIGIYENA FANI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI
- Gigiyena fani - mustaqil fan boiib, odam organizmiga atrof-muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
atrof-muhit omillarini o‘rganish va ularni odam organizmiga ta’sir etish xususiyatlarni aniqlash;
olingan natijalarga asoslanib odam organizmi uchun befarq bo’lgan va uzoq muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigiyenik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqish:
ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tatbiq qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
GIGIYENA FANI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI
GIGIYENANING BO’lIMLARI
KOMMUNAL GIGIYENA
- Kommunal gigiyena - insonga tabiiy va antropogen omillar ta’sirini o‘rganadigan va shular asosida gigiyenik me’yorlami hamda sanitariya qoidalarini ishlab chiqadigan fan boiib, bu qoidalarga rioya qilish salomatlikni ta’minlaydi va aholi turmush sharoitlarini yaxshilaydi.
- Kommunal gigiyena atrof-muhitning ifloslanishining oldini olish va bartaraf etishga, uni sogiomlashtirishga qaratilgan, aholini kasallanishining oldini olishga va kamaytirishga qaratilgan sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishga va amalda qoilanishini nazorat qilishga tatbiq qilinishining ilmiy asosi hisoblanadi.
GIGIYENANING BO’lIMLARI
- Kommunal gigiyena - fan sifatida o‘zining oldiga uchta asosiy masalani qo‘ygan:
Aholi turar joylarida tashqi muhitning inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish.
Aholi yashash joylarni sog‘lomlashtirish, ozodalashtirish, obodonlashtirish va optimal sharoitga keltirish uchun zaruriy sanitariya me’yorlari va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish.
Kommunal gigiyena sohasida sanitariya qonunlarining asoslarini ishlab chiqish.
|
| |