|
Guruh: pp-105 Bajardi: Dushayeva Sh. A
|
bet | 1/11 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 176,15 Kb. | | #144502 |
Bog'liq Ta\'limni tashkil etish shakllari va turlari
AAAAAAAAA
ANGREN-2023
Fan: Pedagogika nazariyasi va tarixi
Mavzu:
Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
Guruh: PP-105
Bajardi: Dushayeva Sh.A
Qabul qildi: Ishonqulov M.U
MUSTAQIL ISH
Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
Reja:
Ta’lim turlari
Ta’limni tashkil etish shakllari: asosiy va yordamchi shakllar
Ta’lim metodi, usul va vosita tushunchalari
Ta’lim turlari.
Didaktik g’oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g’oyalar bilan boyib, takomillashib boraveradi va ular o’ziga xos tizimlar ko’rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta’lim turlari o’quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida shakllantiriladi.
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
arhaik (ibtidoiy);
qadimgi (Shumer, Misr, Hitoyda Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
avestit (Baqtriya, Sug’diyona, Horazmda-Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar);
yunon (Ellins, rim-yunon, rim-eramizdan avvalgi V-I asrlar);
o’rta asr (dogmatik, sholastik V-XVI asrlar);
yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko’rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o’qitish, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning Xalqaro tarmog’idan foydalanib o’qitish va shu kabilar);
xorijiy (tushuntirish, tushuntirish–ko’rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o’qitish, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning Xalqaro tarmog’idan foydalanib o’qish va shu kabilar).
“Avesto” g’oyalariga ko’ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganida tashkil topdi. “Avesto” zardushtiylikning muqaddas manbai bo’lib, u o’z davrining qomusiy asari hisoblangan. Uning g’oyalariga binoan yoshlarni o’qitish va tarbiyalash quyidagi tamoyillarga asoslangan:
jismoniy jihatdan tarbiyalash;
yoshlarni o’qish va yozishga o’rgatish orqali ularning savodxonligini shakllantirish.
“Avesto” g’oyalari bo’yicha yer, quyosh, suv, olov muqaddas deb e’tirof etilganligi sababli yoshlarni tarbiyalashda Ona yerga, atrof- muhit, tabiatga muhabbat hissini uyg’otish muhim yo’nalish hisoblangan. Shuningdek, unga barkamol Shaxs obraziga qo’yilgan talablar haqida aniq tasavvurlar ifoda etilgan.
Muntazam o’qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan avvalgi 469-399 er. avv. yillar) va ularning o’quvchilari tomonidan keng qo’llanilgan yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod fanda suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. Bu metodning mazmun-mohiyati quyidagicha bo’ladi, ya’ni bunda eng avval o’qituvchi o’z o’quvchisida qiziqish yo’nalishini va bilishga intilishini uyg’otadigan savollardan foydalanilgan; keyin esa mulohaza yuritish asosida o’quvchini voqea- hodisalarning mohiyatini idrok etishga undagan. Demak, suqrotcha suhbat metodida qiziqishdan bilishga, bilishdan idrok etishga qarab induktiv metod asosidagi faoliyat dinamikasi shakllantirilgan. Mazkur jarayonda o’qituvchining mulohazasi ko’pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to’ldirib turilgan. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o’quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
|
| |