• “qo’llab turuvchi, ta’minlovchi, yordamchi o’qitish”
  • “Innovatsion” (yangilik kiritish)
  • Kompyuterli o’qitish tizimi




    Download 176,15 Kb.
    bet6/11
    Sana24.01.2024
    Hajmi176,15 Kb.
    #144502
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ta\'limni tashkil etish shakllari va turlari

    Kompyuterli o’qitish tizimi - bu quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beruvchi o’quv-metodik va dasturiy-texnik vositalar majmuasi bo’lib hisoblanadi:

    • bilimning aniq predmet sohasini o’rganish;

    • o’quv kurslarida ishlanmalarni qo’llash;

    • o’quv jarayonini boshqarish va shu kabilar.

    Bugungi kunda o’quv jarayonini tashkil etishda qo’llanilayotgan kompyuterli o’qitish tizimini quyidagidek sinflarga ajratish mumkin:

    1. ma’ruzani immitatsiyalovchi va o’rganuvchi materialni bayon etishda aniq rejaga ega bo’lgan ma’ruzachi tipidagi tizimlar;

    2. seminar, laboratoriya mashg’ulotlarini immitatsiyalovchi

    assistent tipidagi tizimlar;

    1. o’rganilayotgan va yondash fanlar bo’yicha foydalanishga mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini tashkil qiluvchi maslahatchi tipidagi tizimlar;

    2. bilimlarning boshlang’ich darajasini va o’quvchining psixologik holatlarini tekshirishga imkon beruvchi repititor tipidagi tizimlar. Dunyoda shunda y ta’lim tizimi yuzaga kelganki, uning xilma-xil turlari mavjud bo’lib, ularni ko’pchilik “qo’llab turuvchi, ta’minlovchi, yordamchi o’qitish” deb ataydilar. U qanchalik xilma- xil bo’lmasin, uning asosiy maqsadi odamni kundalik muammolarni hal etishga tayyorlashga asoslangan bo’lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo’llab turish uchun mo’ljallangan.

    Ayni vaqtda “Innovatsion” (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor berilmoqda.
    Innovatsion ta’lim-bu bo’lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat. Unda ta’lim-tarbiyada yangicha sifat ko’rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qo’lga kiritish amalga oshiriladi va ijodkorlikka yo’naltiriladi hamda ta’lim texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga ko’tarish, shuningdek, ta’lim-tarbiyada zamonaviy yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta’minlaydi.
    Innovatsion ta’limda zamon bilan hamnafas ta’lim texnologiyalarini yaratish bilan shug’ullanishga doim imkoniyat yaratilib boriladi.
    Innovatsion ta’lim o’ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:

    • kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishini ta’minlaydi. Bunda ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish yo’li bilan ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan integratsiyani ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqiladi;

    • ilg’or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiyalarini joriy etish uchun o’rta umumta’lim, o’rta maxsus , kasb-hunar ta’limi va oliy o’quv yurtlarida eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy-tadqiqot natijalarini o’quv-

    tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro’yobga chiqarishga erisxiladi;

    • ta’lim jarayonining istiqbolini oldindan ko’ra bilish, ya’ni ta’lim beruvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o’qitish emas, balki ta’lim oluvchini uzoq kelajakni mo’ljallashga (istiqbolli reja tuzishga) o’rgatishdan iborat bo’lib, unda ta’lim oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda tashhislash, bashoratlash, modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur;

    • ta’lim oluvchining hamkorlikda ta’lim olish va optimal qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, tsivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta’minlash.

    Keyingi yillarda masofaviy ta’lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta’lim tizimida keng qo’llanilmoqda.

    Download 176,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 176,15 Kb.