• Tramk rejasi
  • Guruh: pp-105 Bajardi: Dushayeva Sh. A




    Download 176,15 Kb.
    bet9/11
    Sana24.01.2024
    Hajmi176,15 Kb.
    #144502
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ta\'limni tashkil etish shakllari va turlari

    Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham keng ko’lamda iste’molda foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mazmuni o’quv ishlarini tashkil etishning o’ziga xos shakli sifatida quyidagilardan iborat bo’ladi:

    • bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan ta’lim oluvchilar (o’quvchilar) sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o’qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;

    • sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali bo’yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo’ladi;

    • mashg’ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;

    • dars odatda bir fan yoki mavzuga bag’ishlangan bo’ladi, shu bois ta’lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;

    • darsda ta’lim oluvchilarning ishiga (faoliyatiga) ta’lim beruvchi rahbarlik qiladi, u o’z fani bo’yicha o’qish natijalarini, har bir ta’lim oluvchini alohida bilimini baholaydi. O’quv yili ohirida pedagogik jamoa, ya’ni ta’lim beruvchilar xulosalari bo’yicha ta’lim oluvchini keyingi sinfga o’tishi haqida qaror qabul qilindi.

    Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantirildi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi (tuzilishi) va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi.
    K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog’langan quyidagi uchta qismini ajratib ko’rsatdi:

    1. Ilgari o’rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va ta’lim oluvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli ko’rsatmani yaratishga qaratilgan qism. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go’yoki “eshik” hisoblanadi.

    2. Asosiy masalani hal etishga yo’naltirilgan qism. Bu qism darsning muhim markaziy qismi hisoblanadi.

    3. Amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilgan qism. Bu qism darsning xulosalash va umumlashtirish qismi bo’lib, hisoblanadi.

    Darsni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterverg ham katta hissa qo’shdi. U ta’lim beruvchi va ta’lim

    oluvchilarning faoliyatiga taalluqli o’qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi hamda ta’lim oluvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab beradi.
    XX asrning 60-yillarida Tramk rejasi juda mashhur bo’lib ketdi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Trank ishlab chiqqan. O’qitishni tashkil etishning bu shakli katta auditoriyalarda (100-150 odam) umumiy mashg’ulotlarni, 10-15 kishilik guruhlarda esa amaliy mashg’ulotlarni esa va ta’lim oluvchilarning individual ishlarini ham birgalikda olib borishni taklif etadi. Bunda turli xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma’ruzalarni olib borishga o’quv

    vaqtining 40 foizi ajratiladi. Shuningdek, kichik guruhlardagi mashg’ulotlarga (amaliy mashg’ulotlar) esa o’quv vaqtining 20 foizini va kabinet yoki laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga o’quv vaqtining 40 foizi ajratiladi.
    XX asrning 70-yillarida o’qishni tashkil etishning noan’anaviy shakllarini izlash davom ettirildi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini modernizatsiyalashtirish fikri bilan bog’liq bo’lgan. Izlanishlarning asosiy masalasi-o’qishni individuallashtirishdan iborat edi.
    Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning maruza - seminar shakli yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri mazkur tizim deyarli o’zgarmagan. Ma’ruza, seminar va labaratoriya ishlari, donsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha ma’ruza-seminar tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Maruza-seminar tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi.
    O’zbekistonda uch yillik o’rta maxsus , kasb-hunar ta’limini tadbiq etilishi bilan ma’ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham ulardan foydalana boshlandi. Ohirgi paytlarda ma’ruza-seminar tizimi elementlaridan o’rta maktablarning katta sinflarida ham qo’llanila boshlandi.
    Demak, qadim zamonlardanoq jamiyatning etuk kishilari o’qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar. Hozirgi vaqtda respublika ta’lim muassasalarida o’qitishning

    1-shakldagidek ko’rinishlaridan foydalanilmoqda.







    Download 176,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 176,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh: pp-105 Bajardi: Dushayeva Sh. A

    Download 176,15 Kb.