Guruh: pp-105 Bajardi: Dushayeva Sh. A




Download 176,15 Kb.
bet7/11
Sana24.01.2024
Hajmi176,15 Kb.
#144502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ta\'limni tashkil etish shakllari va turlari

Masofaviy ta’lim-bu masofadan turib o’qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. U o’quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Er sun’iy yo’ldosh, televideniya, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlar majmuidan iborat.
Masofaviy ta’lim tizimida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashning samaradorligini oshirishda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi Shaxsining muntazam aloqasini ta’minlash asosiy vazifa bo’lib hisoblansa quyidagi ta’limiy imkoniyatlarni qo’lga kiritish mumkin:

  • masofaviy ta’lim o’qishga ijobiy yondashuvni ta’minlaydi;

  • pedagogik jarayon maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga yo’nalish berish imkoniyati bor;

  • metodologik, nazariy, uslubiy bilimlarni egallashga imkon yaratadi;

  • bilish faoliyatini mustaqil tashkil etish imkonini beradi;

  • ta’limning turli axborotlarini topish va o’zlashtirish imkonini beradi;

  • zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etiladigan bilish faoliyatini amalga oshirish borasida samarali qo’llaniladi;

  • axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot olish va undan foydalanish samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.

Masofaviy ta’lim pedagogik faoliyatning ijodiy xarakterini oshiradi, ya’ni zaruriy axborotlarni izlay bilish, tanlangan axborotlar bilan ishlay bilish va informatika vositalari yordamida odamlar bilan muloqotni samarali amalga oshira bilish yo’nalishlarini zamonaviy ta’lim talablariga mos holda ta’limni yanada optimallashtirib boraveradi.
Bugungi kunda dunyo ta’lim modellari negizida kooperatsiya va hamkorlik prinsiplari turadi va bu ko‘p jihatdan jamiyat va shaxsning, mehnat bozorining ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan. Bugungi kunda jahonda davom etayotgan ta’lim jarayonida to‘rt asosiy model faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular: an’anaviy, ratsionalistik, gumanistik (fenomenologik) va institutlashmagan ta’lim modellari bo‘lib hisoblanadi .
Ta’limning an’anaviy modeli bu – yosh avlodga o‘tmish, zamon va kelajak madaniyatining elementlarini uzatishga qaratilgan muntazam akademik ta’lim bo‘lib hisoblanadi. Bunda mavjud milliy madaniy an’analarga asoslangan tayanch bilimlar, ko‘nikmalar individga o‘rgatiladi va keyinchalik bundan murakkabroq bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish jarayoniga asoslanadi.
An’anaviy ta’limda o‘quvchiga bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi uzatiluvchi ob’ekt sifatida qaraladi. Bunda birinchi navbatda o‘quvchining tafakkuriga emas, balki xotira mexanizmiga ta’sir ko‘rsatiladi. An’anaviy ta’limning maqsadi oldindan belgilab berilgan xususiyatlarga ega shaxsni shakllantirish etib belgilanadi. Natijalar ham shunga mos, ya’ni ta’lim natijalari va shaxsning ijtimoiylashuvi darajalari bilan baholanadi.
Ta’limning ratsional modeli o‘z oldiga o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishining samarali yo‘llarini ta’minlash maqsadini qo‘yadi. Zamonaviy ratsional modelning mohiyatini bixevioristik konsepsiya tashkil qiladi. Bu modelda o‘quvchi nisbatan passiv rol o‘ynaydi. O‘quvchilar muayyan bilim, ko‘nikma va malakalar “repertuar”larini olib, hayotda ularni jamiyatda mavjud milliy, madaniy, ijtimoiy iqtisodiy shart sharoitlardan kelib chiqib qo‘llashning mashqidan o‘tadilar.
Ratsional modelda individuallik, ijodiy yondoshuv, mustaqillik, mas’uliyat kabi prinsiplar ko‘zda tutilmaydi. Shu tariqa xulq repertuarlarini o‘rgatish maqsadi ta’lim tizimiga utilitarizmni olib kiradi va o‘qituvchidan ko‘proq mexanik xatti harakatlarni o‘rgatish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishni yuklaydi. Ya’ni o‘qituvchi bunda oldindan belgilab berilgan shablon, algoritm asosida ishlaydi. Faoliyati esa ijodiy faoliyatdan tashqari bo‘lgan treninglarni eslatadi. Ratsional modelning asosiy metodlari tushuntirish, test nazorati, yakka mashg‘ulot va korreksiya bo‘lib hisoblanadi. Ta’limning ratsional yosh yigit qizlarning mavjud jamiyat va ishlab chiqarish jarayonlariga amaliy moslashuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ta’limning insonparvar (fenomenologik) modeli ta’lim jarayonining markaziga o‘quvchining shaxsi va uni rivojlantirishni qo‘yadi. U o‘quvchining ichki olamini boyitishni, muloqat, dialoglar orqali uni pedagogik psixologik qo‘llab quvvatlashni ko‘zda tutadi. Bunda ta’lim personal yondoshuvga asoslanib, o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlariga, o‘quvchi shaxsini hurmat qilishga qaratiladi. Gumanistik model tarafdorlari ta’lim muassasiga “ta’lim konveyeri”, degan qarashni qoralashadi. Ularning fikricha, ta’lim insonning tabiatiga to‘liq mos bo‘lishi, undagi tabiiy layoqatlarni rivojlantirishga yordam berishi kerak. Buning uchun o‘quvchiga iloji boricha ko‘proq erkinlik berish, o‘zligini anglash va o‘z o‘zini rivojlantirishi uchun sharoit yaratib berishi kerak.
Gumanistik model o‘z ichiga gumanitar ta’lim, shaxsiy yo‘naltirilgan, aksiologik, pedagogik qo‘llab quvvatlash, kulturologik va boshqa konsepsiyalarni qamrab oladi. Ushbu konsepsiyalar o‘quvchi shaxsini rivojlantirishni unga bilim berishdan ustun qo‘yishadi, ya’ni o‘quvchiga bilim, ko‘nikma va malakalarni berishni ta’limning maqsadi emas, balki vositasi deb bilishadi.
Ta’limning institutlashmagan modeli ta’lim jarayonini ijtimoiy ta’lim muassasalarida olib borilishini ko‘zda tutadi. Ya’ni ta’limni tabiat qo‘ynida, masofaviy shakllarda, “ochiq maktab”, “ochiq universitet”larda olib borish g‘oyasini olg‘a suradi. Ushbu model tarafdorlariga ko‘ra, ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi. Ba’zi pedagoglar bu yondoshuvda tarbiya va ta’lim uchun o‘ta zarur bo‘lgan shaxslararo muloqat yetishmasligini ta’kidlaydilar. Zero turli ijtimoiy tarmoqlar orqali taqatilayotgan shubhali qadriyatlar bolalar shaxsiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantiradilar. Shunga qaramasdan bugungi kunda internetning global tarmog‘i tobora kengaya borishi barobarida insonning ma’lumot olish imkoniyatlari keskin oshib ketganini va odamlarni elektron dasturlar vositasida o‘qitishga qaratilgan imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashga chaqiruvchi fikrlar ham bildirilmoqda.
Dunyoning rivojlangan davlatlari ta’lim modellarida ushbu modellarning turli modifikatsiyalarini kuzatish mumkin. G‘arb mamlakatlari ta’lim tizimlarida o‘ziga xos umumiylik mavjud. Bu inklyuzivlik va bolani mustaqillikka o‘rgatish, undagi o‘ziga xoslikni rivojlantirishga yo‘naltirilganlik bo‘lib hisoblanadi. Bu ayrim mamlakatlarda saqlanib qolayotgan an’anaviy, tayyor bilimlarni o‘zlashtirish yo‘nalishidan farq qiladi.
“Amerika ta’limni rivojlantirish strategiyasi” dasturida yetuk shaxsga xos fazilatlar sifatida rostgo‘ylik, maqsadda sobitqadamlik, to‘g‘rilik(ro‘y-rostlik), puxtalik va shaxsiy mas’uliyatga ustuvorlik berildi. Shuningdek, yosh amerikaliklarda jasurlik, fidoyilik, barqarorlik, qat’iylik, tirishqoqlik, hamdardlik, bag‘rikenglik singari 60 ta asosiy fazilat shakllantirilmoqda.



  1. Download 176,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 176,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruh: pp-105 Bajardi: Dushayeva Sh. A

Download 176,15 Kb.