• Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan ta’lim)
  • Muammoli o’qitishning afzalliklari




    Download 176,15 Kb.
    bet4/11
    Sana24.01.2024
    Hajmi176,15 Kb.
    #144502
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Ta\'limni tashkil etish shakllari va turlari

    Muammoli o’qitishning afzalliklari: Shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida bilimlarni mustahkam egallash, o’qishga qiziqishni uyg’otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o’qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish. Kamchiliklari ta’lim oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo’yish va hal etish uchun ko’p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har bir ta’lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi.
    Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan ta’lim) harakat (operatsiya) lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi.
    Dastur-bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo’lib, uning yordamida ta’lim oluvchilarga ta’lim-tarbiya berishda o’quv rejasi va dasturlarini og’ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
    Dasturlashtirilgan ta’lim-o’quv jarayonini muayyan tartib (dastur) asosida tashkil etishga mo’ljallangan bo’lib, uning yordamida o’quv jarayonini olib borishning optimal variantlariga erisxiladi. U kibernetika, informatika, matematik logika, hisoblash texnikasi asoslari va psixologiya fanlarining samarali tamoyillari va murakkab tizimlaridagi boshqarish vositalarining pedagogikada joriy etilishi natijasi ko’rinishida XX asrning 50 yillarida paydo bo’ldi. Dasturlashtirilgan ta’lim o’quv materialini kichik-kichik qismlarga bo’lish, ushbu qismlarning biridan ikkinchisiga o’tish tartibi (qoidalari) ni belgilash, xususan, har bir qismni o’zlashtirish yuzasidan aniq ko’rsatmalar, topshiriqlar berish, o’z-o’zini nazorat

    qilishni ta’minlash kabi yo’llar bilan amalga oshiriladi. U ta’lim oluvchining bilim egallashi yo’lida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida, o’z vaqtida yordam ko’rsatish, qiyinchiliklarni oldini olish, qiziqishini yo’qotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o’quv jarayonining texnologiyasini yaratishga yo’naltiriladi.
    Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

    • o’quv materialining alohida qismlarga ajratilishi;

    • o’quv jarayonining bilimlarini o’zlashtirish bo’yicha bilimlarning muayyan miqdorlari (bo’laklari) va fikrlash (mantiqiy) amallaridan iborat bo’lgan ketma-ket bosqichlardan iborat bo’lishi;

    • har bir bosqichning nazorat bilan yakunlanishi;

    • nazorat topshiriqlarini to’g’ri bajargan ta’lim oluvchining yangi materialni o’zlashtirish uchun olish imkoniyati va navbatdagi bosqichni bajarishga kirisha olish;

    • to’g’ri javobni topishda ta’lim oluvchining yordamchi va qo’shimcha tushuntirishlarni olishi;

    • har bir ta’lim oluvchining mustaqil ishlashi, intellektual salohiyati etarli bo’lgan mavzular bo’yicha o’quv materiallarini o’zlashtirishi;

    • natijalar monitoringi, ya’ni barcha nazorat topshiriqlari bajarilishi natijalarining qayd etilishi;

    • ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining ta’lim tashkilotchisi va lozim topilganda mazkur jarayonda maslahatchi (boshqaruvchi) sifatida ishtirok etishi va individual yondashuvni amalga oshirishi;

    • ta’lim jarayonida o’qitishning o’ziga xos vositalarining keng qo’llanilishi (kompyuterli o’rgatuvchi dasturlar, intellektuallashtirilgan dasturlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, o’qitish mashinalari va Shu kabilar).


    Download 176,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 176,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoli o’qitishning afzalliklari

    Download 176,15 Kb.