|
-shakl. Ta’limni tashkil etish shakllari
|
bet | 10/11 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 176,15 Kb. | | #144502 |
Bog'liq Ta\'limni tashkil etish shakllari va turlari 1-shakl. Ta’limni tashkil etish shakllari.
Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda:
Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g’riligi.
Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.
O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan ta’lim oluvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash.
Mashg’ulotlarning turli shakllari: jamoa; guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo’shib olib borish.
Ta’lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta’lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish.
Darslarning o’zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo’lishiga erishish.
Ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.
Darsda ta’lim oluvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish.
Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.
Darsda ta’lim oluvchilar erkinligini ta’minlash [Hasanboev J., Sariboev H., Niyozov G., Hasanboeva O., Usmonboeva M. Pedagogika. O’quv qo’llanma.-Toshkent: Fan, 2006.-282 b].
Demak, ta’lim oluvchilarni bilim, ko’nikma va malaka bilan qurollantirishda mashg’ulotning asosiy qismini ishg’ol qilgan ta’lim shakli u yoki bu ko’rinishdagi dars turini tashkil etar ekan.
Ma’ruza va seminar mashg’ulotlari (konsultatsiyalar, ekskursiyalar, praktikumlar). Darsda bilimlarning o’zlashtirilishi, malaka va ko’nikmalarning hosil qilinishi murakkab dinamik jarayondir. O’quv materialini o’rganishning turli vazifalari, yo’llari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda ko’p turlari, uning har xil variantlari paydo bo’ladi.
Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
O’tilgan materialni mustahkamlash darsi.
Ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsi;
Takroriy-umumlashtiruvchi dars.
Aralash dars.
Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashg’ulotlarda ikkinchi, uchinchi bir dars turining qismlari bo’lishi mumkin. Misol uchun ta’lim muassasalarida eng qo’llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsida quyidagi holatlar amalga oshirilishi mumkin:
yangi bilimlarni bayon qilish;
yangi bilimlarni mustahkamlash;
yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish;
yangi bilimlarga bog’liq holda uyga vazifalarini topshirish va hakazo.
|
| |