|
1 Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarni o’qitish qonuniyatidan biri to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
|
Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 40,98 Kb. | | #242556 |
Bog'liq Pedagogika TEST (2)
1) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarni o’qitish qonuniyatidan biri to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
A) Bolalarni psixologik xususiyatlarini hisobga olish
B) Ta’lim oluvchilarda o’quv jarayoni to’grisida to’liq tasavvur berish
C) O’qitish jarayonida pedogogik talablarga qa’tiy amal qilish
D) O’qitish jarayonida bolalarning faolligini tarkib toptirish
2) 3-11 yoshli bolalarni o’qitish tamoyillarini aniqlang?
A) Tushunarlilik,ko’rgazmalilik,yo’naltirish,samaradorlilik tamoyili
B) Yo’naltirish,samaradorlik,maqbul usullarga tayanish,ko’rgazmalilik tamoyili
C) Tushunarlilik,samaradorlik,maqbul usullarga tayanish,klaster tamoyili
D) Samaradorlilik,ko’rgazmalilik,klaster,tushunarlilik tamoyili
3) Tushunarlilik tamoyilida o’qituvchi tomonidan nimaga amal qilish taqozo etiladi?
A) O’qituvchining nutqi barcha pedagogik,filologik va estetik talablarga javob berishi
B) O’qituvchining tajribasi va bilim darajasiga e’tibor berishi
C) O’qituvchi bolalar bilan ishlay olishi va filologik talablarga javob berishi
D) O’qituvchi bolalarni layoqatini rivojlantira olish qobilyatiga ega bo’lishi
4) Mazkur tamoyil 3-11 yoshli bolalarni bolalarni bilim olishga,axloqiy fazilatlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan. Bu qaysi tamoyil?
A) Yo’naltirish tamoyili
B) Tushunarlilk tamoyili
C) Ko’rgazmalilik tamoyili
D) Samaradorlilik tamoyili
5) Ushbu tamoyilga ko’ra,3-11 yoshli bolalarni bolalarni o’qitishda asosiy masala samara hisoblanadi.Bu qaysi tamoyil?
A) Samaradorlik tamoyili
B) Tushunarlilik tamoyili
C) Ko’rgazmalilik tamoyili
D) Yo’naltirish tamoyili
6) 3-11 yoshli bolalarni o’qitishning asosiy tamoyili nechta?
A) 4
B) 3
C) 5
D) 2
7) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarni o’qitish metodlaridan birinchi guruh metodini aniqlng?
A) Bilim berish va uni almashtirish metodi ya’ni suhbat,hikoya,munozara,matn bilan ishlash
B) O’qitish amaliyoti metodi ya’ni mashq,amaliy mashg’ulot,laboratoriya ishi
C) O’qitilganlarni nazorat qilish va baholash metodi
D) Samaradorlik metodi
8) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarni o’qitish metodlaridan ikkinchi guruh metodini aniqlang?
A) O’qitish amaliyoti metodi ya’ni mashq,amaliy mashg’ulot,laboratoriya ishi
B) Bilim berish va uni almashtirish metodi ya’ni suhbat,hikoya,munozara
C) Samaradorlik metodi
D) O’qitilganlarni nazorat qilish metodi
9) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarni o’qitish metodlaridan uchinchi guruh metodini aniqlang?
A) O’qitilganlarni nazorat qilish va baholash metodi
B) Samaradorlik metodi
C) Bilim berish va uni almashtirish metodi
D) O’qitish amaliyoti metodi
10) Ingliz olimi K.Rodiers o’qitish jarayoni metodlarini necha guruhga ajratgan?
A) 5
B) 3
C) 4
D) 6
11) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarning o’qitishning pedogogik texnologiyalarini asosiylari nimalardan iborat?
A) Dars-o’yin,bilmoqchiman-bildim-bilaman,zamonaviy treningli darslar
B) Amaliy mashg’ulot,dars-o’yin,labarotoriya ishi
C) Dars-o’yin,amaliy mashg’ulot,zamonaviy trening darslar
D) Labarotoriya ishi,amaliy mashg’ulot,zamonaviy trening darslar
12) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarning o’qitishning motivatsion texnologiyalarini asosiylari nimalardan iborat?
A) Interfaol ta’lim,masofaviy ta’lim,elektron-modulli ta’lim
B) Masofaviy ta’lim,inklyuziv ta’lim,elektron ta’lim
C) Interfaol ta’lim,inklyuziv ta’lim,masofaviy ta’lim
D) Elektron ta’lim,korreksion ta’lim,masofaviy ta’lim
13) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarning o’qitishning borot texnologiyasi asosiylari nimalardan iborat?
A) Kompyuter,TV,radio,mobil va axborot aloqa vositalari
B) Kompyuter,interfaol metodlar,axborot aloqa vositasi
C) TV,radio,interfaol metodlar,komyuter
D) Radio,internet vositasi,interfaol metodlar
14) O’yin dars shakli kimning asarida XVI asrda asoslab berilgan?
A) Komenskiy
B) Pistalotssi
C) Moritesson
D) Kodiers
15) Bolalar pedagogikasida tarbiyaning asosiy maqsadi nima?
A) 3-11 yoshli bolalarni aqliy,jismoniy ,ruhiy,estetik jihatdan dastlabki bosqichda shakllantirish
B) 3-11 yoshli bolalarda ta’limga bo’lgan qiziqishni uyg’otish
C) Bolalarni ijtimoiy muhitga olib kirish
D) Bolalarda ma’naviy madaniy tarbiyani shakllantirish
16) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarning tarbiyalash vazifalari nechta?
A) 4
B) 5
C) 3
D) 6
17) ’’Milliy tarbiya olgan bola o’zga xalqlarning qadriyatlari va odatlarini ham hurmat qiladi’’ ushbu fikr kimga tegishli?
A) Ushinskiy
B) Komeniskiy
C) Farobiy
D) Koshg’ariy
18) Tarbiyaning subyektiv omillarini aniqlang?
A) Bolalarning ruhiy imkoniyatlari,ijtimoiy onggi,ijtimoiy axloqi
B) Bolalarning qiziqishlari,bilim darajasi
C) Bolalarning ijtimoiy onggi,bilim darajasi,ruhiy imkoniyatlari
19) Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim oluvchilarning tarbiyalanganlik mezonlari necha guruhga bo’linadi?
A) 3
B) 4
C) 5
D) 6
20) Nechanchi yildan boshlab mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimi yangicha asoslarda rivojlantirildi?
A) 2017-yil
B) 2019-yil
C) 2018-yil
D) 2016-yil
21) Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilingan?
A) 2021 - yil 16 - iyun
B) 2020 - yil 16 - iyun
C) 2021 - yil 16 - iyul
D) 2022 - yil 16 - iyun
22) Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun necha bob va moddadan iborat?
A) 11 bob 58 moddadan
B) 11 bob 67 moddadan
C) 10 bob 58 moddadan
D) 11 bob 57 moddadan
23) Didaktik formalizm konsepsiyasining namoyandalari kimlar ?
A) E . Pestalotsi , Y . David , A . Donrovolskiy
B) E . Pestalotsi , Ya. Komenskiy , J . Miltov
C) Y. David , J. Dyui, G. Kershenshteyner
D) J. Dyui , V. Okon ,
24) Didaktik progmatik konsepsiyasining namoyandalari kimlar ?
A) J. Dyui , G. Kershenshteyner
B) J. Dyui , V. Okon
C) G. Kershenshteyner, E . Pestalotsi
D) D : Y. David , J. Dyui, G. Kershenshteyner
25) Qaysi konsepsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida ustivor darajada qabul qilingan?
A) Didaktik pragmatik
B) Funksional materializm
C) Didaktik formalizm
D) Didaktik materializim
26) Osiyo mamlakatlarida ustivor darajada qabul qilingan konsepsiya qaysi ?
A) Funktsional materialim
B) Didaktik formalizm
C) Didaktik materializim
D) Didaktik pragmatik
27) Didaktika atamasi ma'nosi ?
A) lotincha o'qitish, ta'lim berish
B) yunoncha bilish , o‘rganish
C) lotincha bilish , o‘rganish
D) yunoncha o'qitish, ta'lim berish
28) O'zbekiston Respublikasi " Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida " gi qoniniga binoan Maktabgacha ta’lim necha yoshli bolalar uchun amalga oshiriladi?
A) 3 - 6 yosh
B) 2 - 7 yosh
C) 3 - 7 yosh
D) 6 - 7 yosh
29) Necha yoshgacha bo'lgan bolalar yozish , o‘qish , hisoblash va chizishni bilishi kerak ?
A) 6 yoshdan 7 yoshgacha
B) 5 yoshdan 6 yoshgacha
C) 5 yoshdan 7 yoshgacha
D) 4 yoshdan 5 yoshgacha
30) O‘zbekiston Respublikasi " Ta'lim to‘g‘risidagi " qonunining yangi tahriri qachon qabul qilingan ?
A) 2020 - yil 19 - may
B) 2020 - yil 23 - sentabr
C) 2020 - yil 17 - may
D) 2020 - yil 21 - sentabr
31) O‘zbekiston Respublikasi " Ta'lim to‘g‘risida " gi qonun .... ?
A) 11 bob 75 moddadan
B) 11 bob 57 moddadan
C) 11 bob 77 moddadan
D) 11 bob 56 moddadan
32) V. Okon qaysi konsepsiyaning mashhur vakili hisoblanadi?
A) Funksional materializm
B) Didaktik formalizm
C) Didaktik pragmatik
D) Funksional pragmatizm
33) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 187-sonli qarori qachon qabul qilingan ?
A) 2017-yil 6 - apreldagi
B) 2017 - yil 9 - apreldagi
C) 2016 - yil 6 - apreldagi
D) 2018 - yil 6 - apreldagi
34) Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonun nechinchi yilda qabul qilingan?
A) 2021-yil
B) 2017- yil
C) 2022- yil
D) 2020-yil
35) Maktabgacha yoshdagi bolalarni himoya qilish nechinchi moddalarda berilgan?
A) 45-47 moddalar
B) 36-44 moddalar
C) 48-51 moddalar
D) 52-53 moddalar
36) Maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi nechinchi moddalarda berilgan?
A) 48-51 moddalar
B) 36-44 moddalar
C) 52-53 moddalar
D) 45-47 moddalar
37) Maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasini tartibga solish nechinchi moddalarda berilgan?
A) 7-14 moddalar
B) 1-6 moddalar
C) 15-17 moddalar
D) 18-27moddalar
38) Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish nechinchi moddalarda berilgan?
A) 18-27 moddalar
B) 15-17 moddalar
C) 28-36 moddalar
D) 7-14 moddalar
39) Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy taʼminoti nechinchi moddalarda berilgan?
A) 52-53 moddalar
B) 36-44 moddalar
C) 45-47 moddalar
D) 48-51 moddalar
40) Ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi nechinchi moddalarda berilgan?
A) 44-46 moddalar
B) 47-51 moddalar
C) 52-56 moddalar
D) 100-121 moddalar
41) TIMSS qanday dastur?
A) O’quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmasini shakillanganligi tarbiyaning samarasi sifatida baholanadi.
B) O’quvchilarning matematik tafakkurlari baholanadi.
C) O’quvchilarning o’qib tushunish darajasi tarbiyaning samarasi sifatida baholanadi.
D) O’quvchilarning matematik tafakkuri san’at o’laroq baholanadi.
42) PISA qanday dastur ?
A) O’quvchilarning matematik salohiyati tarbiyaning samarasi o’laroq baholanadi.
B) O’quvchilarning o’qib tushunish darajasi tarbiyaning samarasi sifatida baholanadi.
C) O’quvchilarning matematik tafakkuri san’at o’laroq baholanadi.
D) O’quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmasini shakillanganligi tarbiyaning samarasi sifatida baholanadi.
43) PIRLS qanday dastur ?
A) O’quvchilarning o’qib tushunish darajasi tarbiyaning samarasi sifatida baholanadi.
B) O’quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmasini shakillanganligi tarbiyaning samarasi sifatida baholanadi.
C) O’quvchilarning matematik tafakkuri san’at o’laroq baholanadi.
D) O’quvchilarning matematik salohiyati tarbiyaning samarasi o’laroq baholanadi.
44) STEAM qanday dastur ?
A) Xalqaro dasturga asosan o’quvchilarda matematik tafakkur va san’at bo’yicha ko’nikmaning uyg’un tarkib topganligi tarbiyaning natijasi sifatida baholanadi.
B) O’quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmasini shakillanganligi tarbiyaning samarasi sifatida baholanadi.
C) O’quvchilarning matematik tafakkuri san’at o’laroq baholanadi.
D) O’quvchilarning o’qib tushunish darajasi tarbiyaning samarasi sifatida baholanadi.
45) Bolani tarbiyalanganligi nimalarga tayansa samara beradi ?
A) MAmlakat amal qilayotgan milliy qadiryatlarga tayanish, insoniyatning amaldagi umuminsoniy qadiryatlariga tayanish.
B) Bolaning ijodiy qiziqishlariga tayanish, diniy tanlovlarni cheklanmasligi.
C) Tarbiyaning shaxs amaliy faoliyatida namoyon bo’lishi.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
46) Inkluziv ta’lim deganda nimani tushunasiz ?
A) Imkoniyati cheklangan bolalar uchun psixologik-pedagogik sharoit yaratish.
B) Ko’rish imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish.
C) Eshitish qobiliyati past bo’lggan bolalarga ta’lim berish.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
47) Resurs o’qituvchi faoliyatidan ko’zlangan maqsad ?
A) Umumtalim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj o’quvchilar va ularning o’qituvchilariga yordam ko’rsatish.
B) O’quvchilarning ota-onalariga yordam ko’rsatish.
C) Sifatli va barqaror ta’lim berish.
D) Prizident maktablari o’quvchilari va o’qituvchilariga yordam ko’rsatish.
48) Inkluziv ta’lim tushunchasi qaysi tildan olingan ?
A) Ingliz
B) Fransuz
C) Nemscha
D) Yunoncha
49) Inkluziv ta’lim so’zining ma’nosi nima ?
A) Uyg’unlashmoq
B) Samara bermoq
C) Tuzatish
D) Yig’moq
50) Inkluziv ta’lim madaniyati deganda nimani tushunasiz ?7
A) Har bir o’quvchining tafavvut xususiyatlarini qo’llab-quvvatlovchi va maqullovchi islohat.
B) O’quvchi siklini ma’qullovchi islohat.
C) O’quvchi va ota-ona munosabatlarini ma’qullovchi islohat.
D) A va C javoblar to’g’ri.
51) Integratsiyalashga qo’yilgan birinchi qadam nimalarda namoyon bo’ladi ?
A) Nogiron Bolani oddiy sharoitga joylashtirish
B) Nogiron bolani o’ziga o’xshaganlar orasiga joylashtirish.
C) Nogiron bolani uy ta’limiga joylashtirish
D) To’g’ri javob yo’q
52) Integratsiyalashgan ta’lim bu…..?
A) Diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketishi muammosi turgan maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayoni
B) Nogiron bolaning uy ta’limi olish jarayoni
C) Imkoniyati cheklangan bolaning maxsus maktablarda ta’lim olish jarayoni
D) Barcha javoblar to’g’ri
53) Insonda o’smirlik asosan nechi yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi ?
A) 11-16 yosh
B) 8-11 yosh
C) 11-18 yosh
D) 12-17 yosh
54) Zararli odatlarni bartaraf etishda asosan nimalarga etibor berish lozim ?
A) Barcha javoblar to’g’ri
B) To’g’ri mehnat faoliyati va dam olish tartibi
C) Sog’lom turmush tarzi va to’g’ri ovqatlanish
D) Jismoniy mashq va turli sport o’yinlari
55) Pedagogika faning ustuvor vazifasi sifatida hozirgi kundagi eng dolzarb masala qaysi ?
A) O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ularning o’quv-biluv faoliyatini rivojlantirish
B) Inkluziv ta’limni barqarorlashtirish
C) Mamlakatdagi oliy ma’lumotli insonlar sonini oshirish
D) Ekologik muammolarni oldini olishda bola tafakkurini uyg’otish
56) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha nechta muhim tashabbusni ilgari surdi ?
A) 5ta
B) 4 ta
C) 3 ta
D) 7 ta
57) Mamlakatimiz aholisining necha foizini 14-30 yosh oralig’idagi yoshlar tashkil etadi ?
A) 30
B) 20
C) 45
D) 50
58) Mamlakatimiz aholisining 30 % qaysi yosh oralig’idagi yigit-qizlar tashkil etadi ?
A) 14-30
B) 12-20
C) 5-18
D) 16-65
59) O’quvchining kun tartibini tuzush jarayonida eng birinchi nimaga e’tibor berish kerak ?
A) O’quvchining bo’sh vaqtidan unumli foydalanishga
B) O’quvchining dars jarayonini oshirishga
C) Ma’naviy xordiq olishga
D) Uxlash siklini normallashtirishga
60) Maktabdan tashqari ishga 1-4 sinf o’quvchilari xaftada nechi soat sarf qilishlari mumkun ?
A) 1-2 soat
B) 4-6 soat
C) 12-24 soat
D) Mumkun emas
61) Maktabdan tashqari ishga 5-7 sinf o’quvchilari xaftada nechi soat sarf qilishlari mumkun ?
A) 3-4 soat
B) 4-6 soat
C) 12-24 soat
D) Mumkun emas
62) Maktabdan tashqari ishga 8-10 sinf o’quvchilari xaftada nechi soat sarf qilishlari mumkun ?
A) 8-9 soat
B) 1-2 soat
C) 3-4 soat
D) Mumkun emas
63) Faol dam olishning ijobiy ta’siri haqida qaysi olim faol dam olish paytida “Nerv markazlari energiya oladi” deb izoxlaydi ?
A) I.M.Sechenov
B) Ibn Sino
C) Isachenko
D) Y.M.Komenskiy
64) O’quvchilarning faol dam olishi 1,5 soatdan oshganda yoki intensiv yuklama bilan bo’lsa qanday holatlar kuzatiladi ?
A) ish qobiliyati juda pasayadi, xatolar soni ko’payadi
B) charchoq alomatlari kuzatiladi, garmonlar faollashuvi boshlanadi
C) jismoniy nogiron bo’lib qoladi
D) aqliy faoliyati yaxshilanadi, tanada adrenalin miqdori oshadi
65) 10-13 yoshidagi bolalar uchun o‘z-o‘ziga xizmat qilishdan tashqari quydagi iiielinat turlari tavsiya etiladi ?
A) o‘z kiyim boshlarini yuvish, ta’mirlash, tikisli-chatish, hovlida ozodalik va tartibni saqlash. sabzovat hosilini yig‘ishtirish va h.k.
B) yotoqxonalarni tozalash, tayyor ovqatlarni idishlarga quyish kabi ishlarni ham bajarishi mumkin. Ularni qishloq, xo‘ja1ik tajriba, uchastkasidagi ishlarga ham jalb qilish maqsadga muvofiqdir
C) qishloq, xo‘ja1ik tajriba, uchastkasidagi ishlarga ham jalb qilish maqsadga muvofiqdir
D) hovlida ozodalik va tartibni saqlash
66) …………..bolaning turli kasalliklarga chidamini oshiradi, aqliy, jismoniy va mehnat qobiliyati barkamol boʻlishini taʼminlaydi. (Nuqtalar o’rnini to’ldiring)
A) To’g’ri ovqatlanish
B) Bilimli bo’lish
C) Ko’p muloqot qilish
D) Jismoniy mehnatlar bilan ko’p shug’ullanish
67) Maktabgacha tarbiya yoshidagi va maktab yoshidagi bolalar har necha soatda ovqatlanishi kerak ?
A) 4-4.5
B) 5-6
C) 6-6.5
D) 3.5-4
68) Nonushta sutkalik kalloriyaning necha foizini berishi kerak ?
A) 25%
B) 30%
C) 35%
D) 40 %
69) Tushlik sutkalik kalloriyaning necha foizini berishi kerak ?
A) 35-40%
B) 40-45%
C) 45-50%
D) 50-55%
70) Kechki ovqat sutkalik kalloriyaning necha foizini tashkil etishi kerak ?
A) 20-25%
B) 15-20%
C) 30%
D) 75%
71) Sutkalik kalloriyaning 10-15% qaysi payt iste’mol qilgan ma’qul ?
A) ikkinchi nonushtadan yoki tushlikdan keyin
B) Kechki ovqatda
C) Tushlikda
D) Nonushtada
72) Bolalar va oʻsmirlarga tibbiy xizmat koʻrsatish qanday tadbirlarni qamrab oladi ?
A) tibbiy xizmat koʻrsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar koʻrish
B) birinchi yordam ko’rsatish va viruslarga qarshi emlash tadbirlari
C) bir oylik chaqaloqlarni emlash va ular uchun tibbiy ko’riklarni tashkil etish tadbirlari
D) tibbiy xizmat koʻrsatishni ekologik nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda gigienasiz o’smirlarga qarshi tadbirlar koʻrish
73) Salomatligi zaiflashib qolgan, nimjon (revmatizm, tonzillit, sil intoksikatsiyasi bilan ogʻrigan), shuningdek kasallikdan tuzalib kelayotgan bolalar uchun qanday sharoitlar yaratiladi ?
A) Sanatoriy maktablar tashkil etiladi
B) Uy ta’limi joriy etiladi
C) Psixologik tadbirlar o’tkaziladi
D) Moddiy ko’mak ajratiladi
74) "Sensor" tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi?
A) lotincha "yordam beraman", "birgalikda ishlaymiz"
B) lotincha "oʻzi ishlamoq"
C) inglizcha "yordamchi vosita", "koʻmakchi"
D) lotincha "tekis yuza", "umumiy harakat"
75) Maltabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilarini tarbiyalashga oid asosiy qoʻyilgan talablar nechta?
A) 3
B) 4
C) 2
D) 5
76) Sensor tarbiyaning tarkibiy qismlari qaysilar?
A) Nutqni oʻstirish,maʼnaviy fikrlashni tarkib topdirish,hissiyot vositasida ijod qilish koʻnikmasini shakllantirish
B) Nutqni oʻstirish,ijtimoiylashtirish,sanʼatga qiziqtirish
C) Nutqni oʻstirish,fikrlashni tarkib topdirish,muloqotni yoʻlga qoʻyish
D) ijod qilish koʻnikmasini shakllantirish
77) Xalqaro miqyosdagi psixolog olim B.G.Ananevning fikricha aql tuygʻusini shakllantirivchi omillar qaysilar?
A) hissiyot,sezgi,idrok
B) bilim,koʻnikma,malaka
C) dunyoqarash,fikrlash,bilim
D) idrok,bilim,oʻqish
78) Boshlangʻich taʼlim qaysi yoshdagi oʻquvchilarni qamrab oladi?
A) 7-11 yosh
B) 3-6 yosh
C) 6-12 yosh
D) 12-18 yosh
79) Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini tarbiyalashda qoʻyiladigan eng asosiy talablar qaysilar?
A) Ijtimoiy va pedagogik
B) aqliy va jismoniy
C) estetik va maʼnaviy
D) ruhiy va amaliy
80) Estetik tarbiyaning maqsadi nima?
A) Bolalarda goʻzallikni qadrlash,goʻzalikka intilish kabi tuygʻularni shakllantirish
B) Bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish
C) Bolalarda oʻzaro hurmat muhitini shakllantirish
D) Bolalarni kitobga targʻib etish
81) Nuqtalar oʻrniga kerakli soʻzni qoʻying!
.... ..... bu bilishning dastlabki bosqichlari sezgi va idrok etish jarayonlari bilan taʼminlanib,tasavvurlarning xususiyatlari,ularning aniq ravshanligi va toʻlaligiga asoslangan tarbiya jarayonidir.
A) Sensor tarbiya
B) Axloqiy tarbiya
C) Aqliy tarbiya
D) Maʼnaviy tarbiya
82) Tarbiyalanuvchining sezgi vositasi va idrok koʻnikmasi orqali unga tarbiya berish tarbiyaning qaysi turiga xos?
A) Sensor tarbiya
B) Axloqiy tarbiya
C) Jismoniy tarbiya
D) Maʼnaviy tarbiya
83) Maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilarini tarbiyalashdagi muhim jihatlar qaysilar?
A) barchasi
B) nazariya va amaliyot uygʻunligi
C) tarbiyaning barcha turlarini amalga oshirish
D) tarbiyada samaradorlikka erishish
84) Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining tarbiyalanganlik samaradorligini aniqlash uchun qaysi metodlardan foydalanish samarali hisoblanadi?
A) suhbat metodi,test usullari,monitoring usullari,mutaxassis bilan birgalikda oʻrganish usullari
B) hikoya metodi,savol-javob usullari,maʼruza
C) test usullari,mutaxassis bilan birgalikda ishlash usullari
D) Test usullari,monitoring usullaru,savol-javoblar
85) Qaysi metod bilaning oʻzidan tarbiyalanganlik darajasini toʻgʻri aniqlash imkonini beradi?
A) suhbat metodi
B) test metodi
C) hikoya metodi
D) monitoring usullari
86) ………………ga muvofiq, har bir o‘quvchining tafovut, xususiyatlarini qo‘llab- quvvatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi ? ( Nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’ying ).
A) Salamanka deklaratsiyasi
B) Vena dekloratsiyasi
C) Gaga dekloratsiyasi
D) O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi qonuni
87) Salamanka dekloratsiyasining asosiy maqsadi nimalardan iborat ?
A) jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy segregatssiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir
B) bolalarni irqiy guruhlarga ajratish va o’quvchilarni bilm tafavvutlariga ko’ra saralash
C) bolalarni diniy guruhlarga ajratish va o’rta ta’lim maktablarida diniy bilimlarni kengayirish.
D) to’g’ri javob yo’q
88) “Diskriminatsiya” tushunchasining ma’nosi nima ?
A) to’siq
B) imkoniyat
C) ta’lim berish jarayoni
D) kamchilik
89) Jahon pedagogikasi tajribasini kuzatish shuni ko'rsatadiki, bolaning tarbiyalangik samaradorligini aniqlashda va baholashda nimalarga tayanish kutilgan natijani beradi ?
A) barcha javoblar to’g’ri
B) mamlakat amal qilayotgan milliy qadriyatlarga tayanish
C) insoniyatning amaldagi umuminsoniy qadriyatlariga asoslanish
D) tarbiyaning shaxs amaliy faoliyatida namoyon boʻlishi
90) PISA tadqiqot dasturi ilk bor qaysi yili o’tkazilgan ?
A) 2000-yil
B) 2003-yil
C) 1997-yil
D) 2006-yil
91) PISA tadqiqot dasturida necha yoshli bolalar qatnashishadi ?
A) 15
B) 17
C) 18
D) 12
92) PISA tadqiqot dasturi har necha yilda bir marotaba o’tkaziladi ?
A) 3
B) 5
C) 2
D) har yili
93) A.P.Usovaning taʼkidlashicha maktabgacha yoshdagi va boshlangʻich sinf yoshidagi bolalar toʻplagan aqliy boyliklarning oʻndan toʻqqiz qismini qaysi vosita yordamida qabul qilinadi?
A) Idrok
B) Aql
C) Bilim
D) Koʻnikma
94) Pedagogika fanida "Sensor tarbiya" deganda .... ..... tushuniladi.
A) hissiy bilish usullarini shakllantirishga,sezgi va idrok etishni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik taʼsir koʻrsatish tizimi
B) oʻquvchilarni oʻqitish tizimi
C) ijtimoiylashtirish tizimi
D) jismonan shakllantirish tizimi
95) Tarbiya nima?
A) Muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish,uning ongi xulq-atvori,dunyoqarashini tarkib topdirish jarayoni
B) Yosh avlodni oʻqitish va oʻrgatish jarayoni
C) Bolalarga zamonga mos ravishda har tomonlama yetuk inson boʻlishlari uchun koʻnikma va bilimlar berish jarayoni
D) Bolalarga axloq normalarini oʻrgatish jarayoni
96) Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimini boshqarish qaysi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi?
A) Vazirlar mahkamasi
B) Oliy majlis
C) Qonunchilik palatasi
D) Senat
97) Quyidagi tarbiya turlaridan qaysi biri Xalqaro miqyosda eʼtirof etiladi?
A) sensor tarbiya
B) axloqiy tarbiya
C) mehnat tarbiyasi
D) jismoniy tarbiya
98) Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlim necha yillik taʼlimni qamrab oladi?
A) 11 yil
B) 9 yil
C) 4 yil
D) 12 yil
99) Yunonchadan tarjima qilganda "oʻqitish","oʻrgatish" maʼnolarini anglatuvchi soʻz?
A) didaktika
B) tarbiya jarayoni
C) metod
D) koʻnikma
100) Taʼlim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda oʻrganadigan fan sohasi?
A) pedagogika
B) didaktika
C) falsafa
D) axloqshunoslik
101) "Pedagogika" fani negizida yuzaga kelayotgan yangicha o'quv fanlaridan biri to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.
A) “bolalar pedagogikasi”
B) “surda pedagogika”
C) “karreksion ta’lim”
D) “yangi pedagogika”
102) “Bolalar pedagogikasi” fanida necha yoshli bolalarga ta'lim berish, o'qitish va ularni tarbiyalash asoslari bo'yicha bilim, ko'nikma, malaka hamda kompetensiya beriladi ?
A) 3-11 yoshli
B) 4-11 yoshli
C) 3-10 yoshli
D) 7-11 yoshli
103) “Bolalar pedagogikasi” fani oliy pedagogik ta'lim jarayonida nechanchi yilidan boshlab o'qitish jarayoniga kiritildi ?
A) 2021-2022 o'quv yilidan boshlab
B) 2020-2021 o'quv yilidan boshlab
C) 2020-2022 o'quv yilidan boshlab
D) 2022-2023 o'quv yilidan boshlab
104) "Bolalar pedagogikasi" o'quv fani umumiy pedagogik …..ga asoslanadi.
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A) qonuniyatlar, metodlar va texnologiyalar
B) qonuniyatlar
C) metodlar
D) texnologiyalar
105) “Bolalar pedagogikasi” fanining asosiy maqsadi nimalardan iborat.
A) Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda ta'lim yo'nalishi talabalariga kasbiy bilim va kasbiy pedagogik kompetensiyalarni berishdan iborat
B) talabalarga bilim va malakaviy kompetensiyalarni berishdan iborat
C) Universitet talabalariga pedagogik bilim va ko’nikma berishdan iborat
D) Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda ta'lim yo'nalishi talabalariga malaka va ko’nikma berishdan iborat
106) “Bolalar pedagogikasi” fanining ob'ektinimalardan iborat.
A) 3-11 yoshli bolalarni aqliy, jismoniy, estetik, axloqiy rivojlantirish asoslaridan iborat.
B) 3-9 yoshli bolalarni aqliy va ruxiy rivojlantirish asoslaridan iborat.
C) 3-11 yoshli bolalarni aqliy, jismoniy, estetik, axloqiy rivojlantirish asoslaridan iborat.
D) 3-9 yoshli bolalarni jismoniy rivojlantirish asoslaridan iborat.
107) "Pedagogika" atamasi qanday ma’noni anglatadi.
A) bolalarni tarbiyalash va ularni yo'naltirish
B) bolalarga ta’lim tarbiya berish
C) bolalarni tarbiyalash
D) bolalarni tarbiyaga yo'naltirish
108) “Bolalar pedagogikasi" o'quv fani Umumiy pedagogikaning tarkibi sifatida nimalarga asoslanadi:
A) shaxsga ta'lim berish; shaxsni o'qitish; shaxsni tarbiyalash; shaxsni faoliyatga tayyorlash
B) shaxsga ta'lim berish
C) shaxsga malaka va ko’nikma berish
D) shaxsga ta’lim va axloqiy tarbiya berish
109) Kim tomonidan "Shifo" asarida bolalarni bugungi kungacha amalda boʻlib kelayotgan jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyalash nazariyası. metodologiyasi hamda amaliy xususiyatlari ishlab chiqilgan.
A) Abu Ali ibn Sino
B) Beruniy
C) Imom al-Buxoriy
D) Farobiy
110) Ibn Sinoning "Shifo" asarida bolalarni jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyalash nazariyası, metodologiyasi nechanchi asrda Yevropa mamlakatlari pedagogikasida qabul qilingan.
A) XVII
B) XVI
C) XIII
D) XV
111) Bolaning shaxsiyatining rivojlanishi uchun eng samarali usul… -usuli hisoblanadi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A) tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish
B) tengdoshlari bilan birga vaqt o’tkazish
C) keksalar bilan muloqot qilish
D) tengdoshlari va kattalar bilan baxslashish
112) .....-bu maktabgacha yoshdagi bolalarning jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy-axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalarini o'zlashtirish jarayoni.
A) Ijtimoiylashuv
B) Tarbiyaviylik
C) Glaballashuv
D) Ta’lim va tarbiyaviylik
113) .....-hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish mahorati.
A) Ijtimoiy kompetensiya
B) Ijtimoiylashuv
C) Iqtisodiy kompetensiya
D) Glabal kompetensiya
114) Davlat o’quv dasturida barcha narsaning asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya'ni diqqat markazida - ..... turishi ko’zda tutilgan. Tushirib qoldirilgan so’zlarni toping.
A) bola va uning manfaatlari
B) bola va uning yaqinlari
C) inson va uning manfaatlari
D) bolalar istaklari
115) Bola yoshligidan o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida .....ga moslasha boradi.
A) ijtimoiy muhitga
B) atrof muhitga
C) ijtimoiylashuvga
D) oilaviy muhitga
116) Inson o’z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 % ini necha yoshgacha bo’lgan davrda olib bo’ladi.
A) 5 yoshgacha
B) 3 yoshgacha
C) 4 yoshgacha
D) 6 yoshgacha
117) inson o’z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning necha % ini besh yoshgacha bo’lgan davrda olib bo’ladi.
A) 70 % ini
B) 80 % ini
C) 90 % ini
D) 100 % ini
118) Bola shaxsi rivojlanishining asosiy yo’nalishlaridan biri bu undagi “Men” konsepsiyasining shakllanishi qayerda(n) boshlanadi.
A) Oilada
B) Bog’chada
C) Maktabda
D) Yolg’iz holda
119) -bu butun hayot davomida davom etadigan doimiy jarayon.
A) Ijtimoiylashuv
B) Tajriba
C) konsepsiya
D) tarbiya
120) Ibn Sinoning "Shifo" asarida bolalarni jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyalash nazariyası, metodologiyasiga faqat XX asrda yana qanday tarbiya turlari qo’shilgan
A) ruhiy , estetik, fuqarolik tarbiyasi va mehnat tarbiyasi
B) ruhiy tarbiya
C) estetik tarbiya
D) fuqarolik tarbiyasi va mehnat tarbiyasi
|
| |