• Kirish (Enter)=>Fokus olish (GotFocus).
  • Boshqarish elementidagi ma’lumotlar o‘zgarish hodisalar ketma-ketligi
  • Yozuvlar bilan bog‘liq forma hodisalari ketma-ketligi
  • ACCESS hodisalari ketma-ketligi




    Download 3,88 Mb.
    bet31/101
    Sana24.01.2024
    Hajmi3,88 Mb.
    #145014
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
    Bog'liq
    Access 2 лотин (2)

    ACCESS hodisalari ketma-ketligi
    Hodisani qayta ishlash protseduralarini yozishda ular qaysi tartibda bajarilishini tushinish judayam muhim, chunki Access ilovasi hodisalar bilan boshqariladi va ish natijasi bu protseduralarni bajarilish tartibiga bog‘liq.


    Forma boshqarish elementlari uchun fokus hodisalari ketma-ketligi.
    Fokusni boshqarish elementiga sichqoncha tugmasini bosish bilan o‘rnatishda, tugmasini bosishda yoki formani ochishda bajariladi:
    Kirish (Enter)=>Fokus olish (GotFocus).
    Element fokus yo‘qotganda, misol uchun forma yopilishida yoki fokusni shu formaning boshqa boshqarish elementiga utganda quyidagi hodisalari sodir bo‘ladi:
    Chiqish(Exit)=>Fokusni yo‘qotish (LostFocus)
    Fokusni boshqa formaga o‘tkazishda birinchi forma elementi fokus yo‘qotadi, lekin Chiqish (Exit) hodisasi sodir bo‘lmaydi. Mos ravishda fokus orkaga qaytishida, ya’ni forma aktiv bo‘lganda fokusga ega bo‘lgan elementga utsa Kirish (Enter) hodisasi bajarilmay, faqat Fokus olish (GotFocus) hodisasi ro‘y beradi.


    Boshqarish elementidagi ma’lumotlar o‘zgarish hodisalar ketma-ketligi
    Boshqari elementga ma’lumotlar kiritilganda yoki o‘zgartirilganda, so‘ngesa keyingi boshqarish elementiga utilsa, quyidagi hodisalar zanjiri sodir bo‘ladi:
    {Klavisha pastga=> Klavisha bosilishi =>O‘zgarishlar kiritilgan=> O‘zgarish => Klavisha tepaga}=> Yangilashgacha =>Yangilashdan so‘ng=>Chiqish=> Fokusni yo‘qotish.
    Keltirilgan ifodadagi figurali qavslar, ajratilgan hodisalar zanjiri klaviaturadagi tugmalarni xar gal bosishda sodir bo‘lishini anglatadi.


    Yozuvlar bilan bog‘liq forma hodisalari ketma-ketligi
    Agar faqatgina formada yozuvlar ko‘rilayotgan bo‘lsa, u xolda xar yangi yozuvga o‘tishda forma elementlaridagi fokus o‘rnatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan forma va hisobot uchun forma elementlarida Joriy yozuv (Current) hodisasi sodir bo‘ladi. Agar yozuvda ma’lumotlar o‘zgarayotgan bo‘lsa, u xolda uzgrishlarni saqlab kolish faqat keyingi yozuvga o‘tishda yoki forma yopilishida(agar kerakli yozuvni topgan bo‘lsangiz o‘zgartirib formani yoping) sodir bo‘ladi. Yozuvdagi hamma o‘zgarishlar formani boshqarish elementida sodir bo‘lgani uchun bir vaqtda forma elementlarida mos hodisalar ro‘y beradi.
    Shunday xolatni ko‘rib chiqamiz, formada yozuv chikkanda uning boshqarish elementlari bo‘yicha kerakli elementgacha kuchadi, undagi ma’lumotlarni o‘zgartiradi va keyingi yozuvga utadi. Bu xolda hodisalar chiqish ketma ketligi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


    Joriy Yozuv (forma)=> {Kirish(element)=>Fokus olish(element) =>Chiqish(element)=> Fokusni yo‘qotish(element)}=> Kirish(element=>Fokus olish (element)=> Yangilashgacha(element)=> Yangilashdan so‘ng(element=> Yangilashgacha(forma)=> Yangilashdan so‘ng(forma) => Chiqish(element) => Fokus yo‘qotish(element) => RecordExit => Joriy Yozuv (forma) => Kirish(element) => Fokus olish (element)

    Bu zanjirda soddalik uchun klaviaturaning hamma hodisalari olib tashlangan, va figurali qavslar esa forma boshqarish elementlari orasida sodir bo‘ladigan hodisalar zanjirini ajratadi. Ma’lumotlarini o‘zgartirishda Yangilashgacha(BeforeUpdate) va Yangilashdan so‘ng(AfterUpdate) hodisalari avval element uchun so‘ngforma uchun sodir bo‘ladi. so‘ngoxirgi element (bizning xolda o‘zgarishlar sodir bo‘lgani) fokus yo‘qotadi, RecordExit(Выход из Записи) hodisasi ro‘y beradi, keyingi yozuv chiqadi va fokus shu yozuvning birinchi elementiga o‘rnatiladi. Yangilashgacha(BeforeUpdate) va Yangilashdan so‘ng(AfterUpdate) hodisalari xar gal keyingi yozuvga o‘tishda sodir bo‘ladi. Bundan so‘ng yozuv (bundan avval fokusi bo‘lgan boshqarish elementi) fokus yo‘qotadi.


    Agar yozuv Запись menyusining Сохранить запись(Records, Save Records) buyrug‘i bilan saklanayotgan bo‘lsa u xolda oxirgi Chiqish (Exit) va Fokus yo‘qotilishi(LostFocus) hodisasi ruy bermaydi. Buni bilish bu hodisalarni chetlab o‘tish kerak bo‘lganda kerak bo‘ladi.
    Yozuvni o‘chirishda quyidagilar sodir bo‘ladi:

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




    Download 3,88 Mb.