|
N. G. Mardanova
|
bet | 43/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2) nomi>
Agar bu xolda modul nomi bir necha so‘zdan iborat bo‘lsa, bu nomni kvadrat qavslarga olish kerak. Masalan, agar modul "Grafik protseduralar"-deb atalsa, protsedura-"Krestcha" deb atalsa, chaqiriq quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin:
[Grafik protseduralar].Krestcha
Boshqa loyihalarda joylashgan protseduralardan ham foydalanish mumkindir. Bu xolda nomni aniqlashtirish yana bir darajasi kerak bo‘ladi
O‘zgaruvchilar, konstantalar va ma’lumotlar turlari
Boshqa dasturlash trlari kabi VBA tilida ham vaqtinchalik qiymatlarni saqlash, parametrlarni uzatish va hisoblashlar olib borish o‘zgaruvchilardan foydalaniladi. VBA tilida o‘zgaruvchilarni ta’riflash va ulardan foydalanish asosiy xususiyatlariga qisqacha tuxtalib utamiz. Odatda o‘zgaruvchilarni ishlatishdan oldin, uni e’lon qilishadi, ya’ni shu Visual Basic va o‘z dasturingizda o‘zgaruvchilar nomlaridan foydalanishingiz xaqida oldindan xabar berasiz, bunda o‘zgaruvchida saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumot turi ham e’lon qilinadi. VBA tilida oddiy Basic kabi Dim operatoridan foydaliniladi. Bu operator sintaksisi :
Dim [As]
VBA tilida o‘zgaruvchilarni nomlashning quyidagi qoidalari mavjud. O‘zgaruvchi nomi 255 simvoldan uzun bo‘lmasligi kerak, u xarfdan boshlanishi kerak. Bu xarfdan so‘ng xarf raqam va ostiga chiqish simvollari kelishi mumkin. O‘zgaruvchi nomi oxiriga quyidagi olti simvol ma’lumotlar tillari ta’riflaridan biri qo‘shilishi mumkin.
! # % & @
Bu simvollar o‘zgaruvchi nomining qismi emas. Agar dasturda string1$ va string1 nomlardan foydalanilsa, ular bitta satrli o‘zgaruvchiga ko‘rsatadi. O‘zgaruvchi nomini xar xil tipini aniqlovchi simvollar ishlatib bo‘lmaydi yoki bir vaqtning o‘zida ma’lumot turini e’lon qilib, shu e’longa mos kelmaydigan simvoldan foydalanish mumkin emas.
Ma’lumotlar turini muxokama qilganda bu masalaga biz yana qaytib kelamiz. O‘zgaruvchilar nomlari sifatida VBA kalit so‘zlari va standart ob’уektlar nomlaridan foydalanish mumkin emas. Shuning uchun o‘zgaruvchilar nomlarini katta emas kichik xarflardan boshlash lozimdir. VBA kalit so‘zlarida va standart ob’уektlari nomlari birinchi xarflari kiritishda avtomatik ravishda katta xarfga o‘zgartirilgani uchun, siz bilmasdan o‘zgaruvchi taqiqlangan nomidan foydalanish xavfidan xalos bo‘lasiz. O‘zgaruvchi nomlarida lotin alfavitdan tashqari kirilchadan foydalanish mumkin. Bu rus foydalanuvchilari uchun qulay bo‘lib, o‘zgaruvchi nomlarini rus tilida berishga imkon beradi. Ko‘pincha dasturlash tillarida, masalan Pascalda o‘zgaruvchilar albatta ta’riflangan bo‘lishi shart va bu ta’riflar kompilyator tomonidan o‘zgaruvchilarga xotiradan joylashtirish uchun foydalaniladi. VBA tilida esa o‘zgaruvchilarni e’lon qilish shart emasdir. Uning ajdodi Basic tili kabi e’lon kilinmagan o‘zgaruvchilardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zgaruvchilarga xotiradan joy ajratish dinamik ravishda amalga oshirilishi mumkin, o‘zgaruvchilarda saqlanayotgan ma’lumotlar turi oxirgi simvolga qarab aniqlanishi mumkin. O‘z paytida o‘zgaruvchilarni ta’riflashdan voz kechish hisobiga yozuvlarini qisqartirish tarafdorlari va hamma umzgaruvchilarni majburiy ravishda ta’riflash tarafdorlari orasida uzoq bajarilib borilgan edi. Ikki tomonning dalillari ham jiddiydir- ikkinchidan xam, ko‘p xollarda hamma o‘zgaruvchilarni ta’riflash talabi xar bir o‘zgaruvchi ta’rifini erinmasdan yozib chikishni talab etadi.
Masalan:
Dim i As Integer, j As Integer
Dim x As Double
Boshqa tomondan ta’riflanmagan o‘zgaruvchilardan foydalanishga imkon beruvchi dasturlash tillarida topilishi qiyin bo‘lgan xatolar nomlarni yozishdagi xatolardir. Ba’zida bu xatolarni topishga ketadigan vaqt, hamma o‘zgaruvchilarni ta’riflashga ketadigan vaqtdan ancha ko‘pdir.
VBA tilida bu muammoni daturchining o‘zi xal qiladi. Tilda Option Explicit operatori mavjuddir. Agarda modulingizni shu operatordan boshlasangiz (bu operator modulda eng birinchi protseduradan oldin kelishi kerak)VBA shu modulda hamma o‘zgaruvchilarni ta’riflashni talab qiladi va xar gal ta’riflanmagan umzgaruvchiga duch kelganda kattalik xaqida ma’lumot beradi. Bundan tashqari agarda hamma modullaringiz uchun bu talab shart bumlishini xoxlasangiz VBA muharriri Options(parametrlar) dialog oynasining Editor(Muharrir) qo‘shimcha sahifasida Require Variable Declaration(o‘zgaruvchilarni oshkora ta’riflash) parametrini o‘rnatishingiz mumkin.
Bu parametr o‘rnatilgandan so‘ngVisual Basic muharriri xar yangi yaratilayotgan modul boshiga Option Explicit operatorini avtomatik qo‘yadi. Lekin bu bayroqqa oldin yaratilgan modullarga ta’sir qilmaydi-ularga operatorni qo‘lda kiritishingizga to‘g‘ri keladi.
|
| |