|
Список(Ro‘yxat) boshqaruv elementi
|
bet | 69/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Список(Ro‘yxat) boshqaruv elementi
Список(ListBox) boshqaruv elementi ekranga uzun bo‘lmagan ro‘yxat bilan chegaralangan maydonni chiqaradi. Qiymatlarni ko‘rish uchun siljitish yolchasidan foydalansa bo‘ladi, lekin ko‘rinib turibdiki, uzun ro‘yxatlarni aks etish uchun bu boshqaruv elementi yetarli emas.
Ro‘yxat bitta yoki bir necha ustundan iborat bo‘lishi mumkin, lekin ro‘yxatdan u bog‘langan jadvalning maydonida element tanlanganda faqat bitta qiymat beriladi. Ro‘yxatni tashqi ko‘rinishi va uning tarkibi uning xususiyati bilan aniqlanadi.
Имя (Name) - Berilgan boshqaruv elementini nomi. Unga ma’noli nom berish kerak, chunki u hamma ifodalar, dasturlarda va makrosda boshqaruv elementlarda ko‘rsatgichlarda ishtirok etadi.
Данные(Control Source)- Ro‘yxatdan tanlangan qiymatlarni o‘z ichiga oluvchi jadvaldagi maydonning nomi
Keyingi ikkita xususiyat:Тип источник строк (Row Source Type) va Источник строк(Row Source)(Satrlar manba’i) Ro‘yxat elementlari uchun berilganlar manbaini aniq'laydi. Berilgan misolda berilganlar manbai sifatida "Типы"(Categories) jadvali foydalanadi, shuning uchun Тип источник строк (Row Source Type) xususiyatida Таблица и запрос(Table/Query) qiymati tanlangan, Источник строк(Row Source) qiymati sifatida SQL qo‘llanma ko‘rsatiladi. SQL qo‘llanmasi jadvaldan kerakli berilganlarni tanlaydi("КодТипа" va " Категория " maydonlari):SELECT Типы. КодТипа, Типы. Kategoriya FROM Типы; Accessni inglizcha versiyasi uchun: SELECT Categories. CategoryID, Categories. CategoryName FROM Categories; Berilgan ro‘yxatdagi elementlar "Категория" maydonida alfavit bo‘yicha tartiblanishi uchun, SQL qo‘llanmasini oxirida taklif kiritish kerak: ORDER BY Типы. Категория (ORDER BY Categories. Category. Name).
Поле со списком(Ro‘yxatli maydon) boshqaruv elementi
Поле со списком(ComboBox) boshqaruv elementi ko‘p joylarda Список(ListBox) boshqaruv elementiga o‘xshashdir. U formada xuddi shunday maqsad uchun ishlatiladi, ya’ni jadvalda maydonga qiymat qo‘lda kiritishning o‘rniga, ma’lum qiymatlar ro‘yxatidan tanlashligi uchun. Ma’lumki, bu ro‘yxatlar turli xildagi ma’lumotnomadir. Bu boshqaruv elementlar tiplari orasidagi farq' uchta:
|
| |