|
Boshqaruv elementlarining tarkib tiplari bo‘yicha ko‘rinishlari
|
bet | 67/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Boshqaruv elementlarining tarkib tiplari bo‘yicha ko‘rinishlari
Accessda boshqaruv elementlarini, ularni ma’lumotlar bilan to‘ldirishiga karab uchta ko‘rinishi mavjud:
Boshqaruv elementlarini birlashishi tayanch jadval maydonlari bilan bog‘liq, ya’ni forma uchun ma’lumotlar manbai bo‘ladigan jadvallar. Agar ma’lumotlar manbai so‘rov bo‘lsa, u xolda boshqaruv elementlari turli jadvallarning maydonlari bilan bog‘lanishi mumkin. Birlashgan elementlarida jadvalning maydoni bilan bog‘langan ma’lumotlar aks etadi va bu ma’lumotlar o‘zgarsa, jadvalning maydoni qiymati ham mos ravishda yangilanadi. Birlashgan elementlarda Access da mavjud barcha ma’lumotlar aks etadi, shu jumladan OLEning ob’уektlari va giperko‘rsatkich xam.
Mustaqil boshqaruv elementlari jadvallar bilan bog‘liq emas. Ular ma’lumotlarni manbada bevosita nashr etmaslik uchun foydalanadigan informatsiyani kiritish, yoki formaning uzida saklanadigan OLE ob’уektlarni aks ettirish uchun muljallangan. Bundan tashqari erkin elementlarga qandaydir ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan elementlar ham kiradi.
Hisoblanadigan boshqaruv elementlari- Bu shunday elementlarki, qaysiki ularni qiymati boshqa elementlar qiymati asosida hisoblanadi. Bunday elementlarning manbai bo‘lib funksiya yoki ifoda xizmat bo‘ladi.
Надпись(Yozuv) boshqaruv elementi
Надпись (Label) elementi formada tekst joylashtirish uchun ishlatiladi:maydonlar sarlavhasi, formalar sarlavhalari, turli tushuntirish yozuvlari.
Birlashgan Yozuvlar- mustaqil mavjud bo‘lmay, boshqa boshqaruv elementlari bilan bog‘liq va ularga sarlavha bo‘lib xizmat qiladi. Bunday elementlarga tekst maydoni, ro‘yxatli maydonlar, bayroqchalar va boshqalar misol bo‘ladi. Bu tipdagi yozuvlar mos ravishdagi boshqaruv elementlari joylashtirilaetganda avtomatik ravishda yaratiladi va unga qo‘shiladi.
Таблица rejimida aks etilgan formalarda birlashgan yozuvlar ustunlarning sarlavhasiga aylanadi. instrumentlar panelidagi Надпись (Label) tugmasi yordamida yaratiladigan yozuvlar mustaqil hisoblanib, hech qanday boshqaruv elementlari bilan bog‘liq emas. Bu yozuvlar foydalanuvchiga yordam bo‘lib xizmat qiladi, lyokin agar forma Jadval rejimida kiritilsa, ekranda aks etmaydi. Mustaqil yozuvini kerak bo‘lganda boshqaruv elementiga qo‘shish mumkin:
1. Boshqa elementga qo‘shib olish uchun Надпись boshqaruv elementini ajratib oling.
2. Instrumenlar panelidagi Вырезать (Cut) tugmasini bosing (yoki + klavishi kombinatsiyasini bosing)
3. Yozuvni qo‘shib qo‘yish kerak bo‘lgan boshqaruv elementini ajratib oling.
4. Instrumentlar panelidagi Вставить (Paste) tugmasini bosing(yoki + klavishi kombinatsiyasini bosing).
Yozuv boshqaruv elementiga qo‘shiladi.
Yozuv matni Подпись (Caption) xususiyati bilan aniqlanadi, uni yozuv xususiyatlari dialog oynasida yoki formada ajratilgan yozuvni bosib, bevosita yozuvni uzida o‘zgartirish mumkin. ham mustaqil, ham qo‘shilgan yozuv matni VBA dasturlari yoki makroslar yordamida qo‘llanmalar bilan ishlaetganda dinamik o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari, formada yangi yozuvlarni chiqarish mumkin yoki aniq shart bajarilaetganda mavjudlarni berkitish mumkin.
|
| |