|
Umumiy va oraliq yakunlar
|
bet | 64/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Umumiy va oraliq yakunlar
Microsoft Accessda yangi yig‘ma jadvalni yaratishda qatorlar va ustunlar uchun umumiy yakunlar avtomatik qo‘shiladi. Bundan tashqari, agar qatorlar yoki ustunlar sohasi bittadan ko‘p maydonni o‘z ichiga olsa, oraliq yakunlar ham chikariladi. Jadvalda faqat yakuniy berilganlarni aks ettirib, batafsil berilganlarni berkitish mumkin. Lyokin jadvalda faqat batafsil berilganlarni koldirib, yakuniy berilganlarni berkitish mumkin. Bundan tashqari, yakuniy qiymatlarni hisoblash uchun bir necha funksiyalarni ishlatish mumkin. Yakuniy qiymatlarni hisoblash uchun jadvalga hisoblanadigan maydonni yaratish va qo‘shish mumkin.
Qatorlar bo‘yicha umumiy yakunni berkitish uchun qatorlar sohasidagi eng chapgi maydonni ajratish kerak va instrumentlar panelidagi Итоги (Subtotal) tugmasini bosish kerak. Xuddi shunday, hamma ustunlar bo‘yicha yakunni berkitish uchun ustunlar sohasidagi eng chapgi maydonni ajratib olib, xuddi shu tugmani bosish kerak.
Umumiy yakunni yana aks ettirish uchun, yana kerakli maydonni ajratib olinadi va shu tugmani ikkinchi bor bosing.
Agar siz qatorlar va ustunlar sohasidagi boshqa istalgan maydonni ajrating va Итоги (Subtotal) tugmasini bossangiz, bu jadval uchun oraliq yakunlar berkitiladi.
Yakuniy qiymatlarni yaratish uchun biz Автовычисления(AutoCalc) buyrug‘idan foydalandik. Bu buyruq yakunlar olib boriladigan maydondagi berilganlar tipiga karab, o‘zi mos funksiya tanlaydi. Misol uchun, maydon raqamli tipda bo‘lsa, odatda Sum() funksiyasi ishlatiladi, agar yozuvli bo‘lsa-Count() ishlatiladi. Umuman aytganda, yakuniy qiymatlarni hisoblash uchun tanlov so‘rovlarida guruhlashda foydalanadigan statistik funksiyalarni ishlatish mumkin.
Masalan, agar yig‘ma jadval maktab sinfidagi o‘quvchilarning hamma fanlaridan baholar berilganlar bilan o‘z ichiga olsa, u xolda yakuniy qiymatlar o‘rtacha ballda chiqadi. O‘rtacha ballni hisoblash uchun Avg() funksiyasi ishlatiladi. Bitta yig‘ma jadvalda bir necha yakuniy qiymatlar tipi ifodalanishi mumkin. Masalan, bizning jadvalimizdayakuniy qiymatlar sifatida nafaqat tovarlardan tushgan daromadlarning umumiy yig‘indi, balki yozilgan hisoblar oni ham aks etiladi. Yana bir yakuniy maydonni qo‘shish uchun qatorlar sohasidagi "Марка"(ProductName) maydonini ajratib oling va Автовычисления(AutoCalc) tugmasini bosing. Ro‘yxatdanCount() tugmasini bosing. Bir necha soniyadan so‘ng yig‘ma jadvalda xar bir yil uchun ikkita ustun aks etadi:
|
| |