Tarkibiy hisobotlarni tayyorlash
Odatda stol MBBTlar taqdim etadigan eng muhim funksiyalardan biri xar xil hisobotlar yaratish imkoniyati - ma’lumotlar bazasi jadvallaridandan ma’lumotlarga ega bo‘lgan xujjatlar. Microsoft Accessni fraqlaydigan o‘ziga xosligi judayam kuchli hisobotlar generatoriga egaligi. Bu yuqori sifatli hisobotlar yaratish imkonini beradi. Avtomatik yoki foydalanuvchi bilan dialog yordamida xar xil hisobotlar generatsiya qiladigan masterlar borligi, ularni yaratish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Microsoft Access boshqa mashxur MBBTlarga nisbatan ko‘rinarli farq va avzalliklarga ega:bu Microsoft muhim qirrasi-foydalanishda qulay va bir vaqtning o‘zida mahsulot kuchliligi-zamonaviy texnologiyalar bazasida kompleks yechimlar qurish imkoni, ya’ni:SQL Server bilan ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish, Office boshqa texnologiyalari bilan va Webda interaktiv ma’lumotlar namoyishi.
Tarkibiy hisobotlarni yaratish
Tarkibiy hisobotlar ostida murakkab strukturaga ega hisobotlar tushuniladi:tobe hisobotlarni o‘z ichiga oluvchi. Ular bir nechta kolonka ko‘rinishida chop etiladigan kesishma so‘rovlar asosida qurilgan bo‘ladi.
Tobe so‘rovlar qo‘llanishi
Tobe formalarga ega bo‘lgan formalar bilan o‘xshashligi asosida tarkibiy hisobotlar "birga ko‘p" munosabatda bog‘langan jadvaldan ma’lumotlarni chop etganda ham ishlatiladi. Lekin bu unchalik emas. Ko‘p xollarda bog‘langan jadvallardagi ma’luotlarni aks ettirish uchun tobe hisobotlar kiritish shart emas.
Misol uchun, agar tovarlar bo‘yicha ularni kategoriyalar bo‘yicha bo‘lib hisobot yaratish kerak bo‘lsa, buni ikki usul bilan bajarish mumkin:
Asosan hisobotda tovar kategoriyalari xaqida ma’lumotlar chiqadi, tobesida esa - kategoriyalarga kiruvchi tovarlar xaqida. Va bu "Категории товаров " formasini yaratishga o‘xshash bo‘ladi. Unga tovarlar jadvalidan ma’lumotlarga ega bo‘lgan tobe forma kiritiladi.
Xuddi shu narsa tobe hisobot yordamisiz tovarlarni kategoriyalarga guruhlash yordamida qilinishi mumkin. Hisobot bunda "Категории" va "Товары" jadvallaridan ma’lumotga ega bo‘lgan so‘rov bazasida qurilishi mumkin.
Baribir shunday vaziyatlar bo‘ladiki tobe hisobot ishlatilishi zarur yoki maqsadga muvofiq\ bo‘ladi. Misol uchun:
Bosh hisobot o‘zicha konteynerga o‘xshash. Unga bir yoki ko‘p bog‘lanmagan jadvallardan tobe hisobotlar kiradi. Bu xolda bosh hisobot jadval yoki so‘rov bilan umuman bog‘lanmagan va faqat yozuvlar va hisoblanayotgan elementlarga ega bo‘lishi mumkin.
Ba’zida natijavi ma’lumotlarni xujjatda alohida jadval ko‘rinishida detal ma’lumotlar bilan bir qatorda ko‘rsatish talab etiladi. Bu xolda faqatgina yozuvlarni natijavi qatorlar bilan guruhlash yetarli emas, tobe hisobot kiritish kerak. U natijavi ma’lumotlarni kerakli shaklda chiqaradi.
Access hisobotlarida guruhlash judayam kuchli mexanizm hisoblanadi. U hisobot ma’lumotlarini xar xil yo‘l bilan qayta ishlash imkonini beradi. Lekin faqat tobe hisobotlar ishlatishda, ikkita yoki ko‘p ma’lumotlar ostkiguruhiga ega guruh yaratish mumkin.
Bosh hisobot birinchidan bir nechta tobe hisobotlarga va ikkinchidan, ikki bosqichli tobe hisobotlar joylashganligiga ega bo‘lishi mumkin. Va bundan tashqari ixtiyoriy joylashganlik bosqichida tobe hisobot bilan bir qatorda bosh hisobotga tobe forma qo‘yish mumkin.
Tobe hisobotlar asosiy ustunligi shundan iboratki, uning yordamida hisobot sahifasida xar xil ma’lumotlarni qulay strukturalashgan ko‘rinishda joylashtirish mumkin. Buni oddiy murakkab so‘rov yaratib, unga ko‘p jadvallardan ma’lumotlar kiritib qilib bo‘lmaydi.
Tobe hisobotlarni ishlatish misollarini "Borey"(Northwind) o‘quv ma’lumotlar bazasi hisobotlar ro‘yxatidan topishingiz mumkin. Bitta toe hisobotga va kiritilgan diagrammaga ega bo‘lgan "Prodaji po kategoriyam"(Sales by Category) hisobotini ko‘rib chiqamiz.
Конструктор rejimida "Продажи по категориям "(Sales by Category) hisobotini oching. Siz tobe hisobot "Категория"(CategoryName) guruhi sarlavha bo‘limida joylashganligini ko‘rasiz. 2 la ham bosh, ham tobe hisobotlar bitta "Продажи по категориям "(Sales by Category) hisobotida bazirovatsya qiladi, lekin bosh hisobotda kategoriyalar xaqida ma’lumotlar-kategoriya nomi, tobesida esa shu kategoriyaga kiruvchi tovarlar xaqida ma’lumotlar(tovar nomi va bahosi) chiqadi.
|