|
Yozuvlarni nomerlash va hisobotda yozuvlar sonini hisoblash
|
bet | 84/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Yozuvlarni nomerlash va hisobotda yozuvlar sonini hisoblash
Yuqorida biz ko‘rgan Свойство сумм с накоплением (Running Sum) xossasi yana bir kutilmagan usulda ishlatilishi mumkin. U hisobotda yozuvla(satrlar) ni nomerlash uchun ishlatiladi. Agar hisobot formasi hisobot satrlari nomerlanishini talab kilsa, buning uchun hisoblanuvchi maydon yaratish kerak. Bu maydon Данные(Control Source) xossasi aniqlaydigan ifoda:=1, Сумма с накоплением (Running Sum) xossasi qiymati Для всего(Over All) ga teng bo‘lishi kerak yoki Для группы(Over Group) ga teng bo‘lishi kerak agar guruh ichida yozuvlar numeratsiyasi talab qilinsa. U xolda bosmaga chiqarilganda bu maydon qiymati xar bir yozuv uchun birga oshib boradi. Yozuvlarni shunday numerlashga misolni "Borey"(Northwind) ma’lumotlar bazasi "Продажи по годам " (Sales by Year) maydonida ko‘rish mumkin. Ba’zida hisobotda xar bir guruhdagi yozuvlar sonini hisoblashga to‘g‘ri keladi, masalan xar bir klient buyurtmalari soni yoki sotuvlar bo‘limi xodimi tomonidan yozilgan schetlar soni. Bunday qiymat, natijaviy summa kabi guruh izohida chiqadi. Uni akslantirish uchun ma’lumotlar sohasida hisoblanuvchi maydon yaratish kerak va u satr nomerini o‘z ichiga olishi kerak va bu maydonni ko‘rinmaydigan qilish kerak, ya’ni uning Вывод на экран (Visible) xossasiga Net(No) qiymat berish kerak. Shundan so‘ng guruh izohlari maydonida hisoblanuvchi maydon yaratish kerak. Bu maydon Данные(Control Source) xossasi ko‘rinmaydigan smaydonga ilova qilishi kerak.
10. 26 rasm Guruhda yozuvlar sonini hisoblash.
Agar hisobotda yozuvlar umumiy sonini hisoblash kerak bo‘lsa sarlavha bo‘limida yoki hisobot izohida bitta hisoblanuvchi maydon yaratiladi va uning Данные(Control Source) xossasi =Count(*) ga o‘rnatiladi.
Matnli ma’lumotlarni birlashtirish va hisobotdagi yozuvlarni tanlash shartlarini chop etish
Hisobotlarda formalarga qaraganda ko‘proq jadval yoki asosiy so‘rovlardan olingan ma’lumotlar kombinatsiyasidan iborat hisoblanuvchi maydonlar qo‘llanadi. Shunday birlashmaga misol bu odamning familiyasi va initsiallaridan iborat maydon, amiliya va initsiallar ma’lumotlar bazasida xar xil maydonlarda saqlansa xam. Ikkinchi ko‘p tarqalgan misol xismobot bir ustunida jadval bir necha ustunlarida saqlanuvchi adresni chiqarish. ko‘p xollarda hisobot kengligini kamaytirish uchun jadvaldagi bir necha ustunlar hisobotda bir ustunga birlashtiriladi. Ko‘p xollarda hisobotlarda yozuvlarni tanlash shartlarini chop etish lozim. Buning uchun matn va tanlash parametrlari kombinatsiyasidan iborat hisoblanuvchi maydon qo‘llanadi. Xuddi shunday yozuvlarni tanlash shartlarini kiritish uchun foydalaniladigan ochiq forma maydonlari qiymatlariga ilova qiluvchi ifoda yozish mumkin. Bunday ifodalar qiymati to‘g‘ri bo‘lishi uchun ular ilova qiladigan forma( bizning misolda"Prodaja po godam"), hisobotni bklash paytida ochiq bo‘lishi kerak. Aks xolda bu hisoblanuvchi mayddonlarda xato kodi aks etadi.
|
| |