138
– ilova operatsion tizimga (OT) ma’lumotlarni
kiritish-
chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun so‘rov (so‘rovda
TXQdagi ma’lumotlar manzili, TQ identifikatori va kiritish
chiqarish operatsiyasining turi) bilan murojaat qiladi;
– OT olingan so‘rov bo‘yicha mos bo‘lgan TQning
drayverini ishga tushiradi;
– TQ drayveri «belgini bosmaga chiqarish», «keyingi
qatorga o‘tkazish», «karetkani qaytarish» kabi buyruqlarga
tayangan holda harakat qiladi. Drayver bu buyruq va
ma’lumotlarning (matn) kodlarini
aniq bir ketma-ketlikda
tezkor xotira qurilma sidan (TXQ) interfeysli karta buferiga
yuklaydi, bu o‘z navbatida ularni tarmoq orqali TQ
kontrolleriga baytma-bayt uzatadi;
– interfeysli karta drayverdan
navbatdagi baytni olganidan
so‘ng, aloqa liniyasiga bitlarni ketma-ketlikda uzatadi;
– kontroller navbatdagi baytni olishi bilan, printerning
operatsiya
sini ishga tushirada va bu operatsiya
bajarilib bo‘lgandan so‘ng, OTga so‘rovni bajarilganligi
haqida xabar beradi, u o‘z
navbatida bu haqda ilovani
ogohlantiradi.
8.4-rasmda tarmoqda masofaviy printerdan foydalanish
strukturasi keltirilgan.
Tarmoqning umumiy printerdan foydalanish tartibi:
– A ilova B ilova uchun matnni bosmaga chiqarishga so‘rov-
xabarni shakllantiradi va uni o‘z buferiga joylashtiradi.
So‘rov lokal OTga uzatiladi,
com- port drayveri ishga
tushiriladi va unga so‘rov saqlanayotgan bufer manzili
xabar qilinadi;
– A com-portning drayveri va kontrolleri B com-portning
drayveri va kontrolleri bilan o‘zaro
aloqa qilib, B kompyu-
terga xabarni uzatadi;
– com-portning drayveri navbatdagi baytni olishi bilan uni B
kompyuter ilovasi buferiga joylashtiradi;