• Bir rutbali tarmoqning mantiqiy tuzilishi.
  • 8.2. Tarmoqlarni qurishning umumiy tamoyillari
  • N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    Bir rutbali tarmoq. 
    Bir rutbali tarmoqda har bir kompyuter 
    unga ulangan kompyuter bilan bog‘lanishi mumkin (8.2-rasm). 
    Aslida, har bir kompyuter ham mijoz, ham server sifatida 
    ishlashi mumkin; agar kompyuter printer, papka, disk va kom-
    pyu terning boshqa resurslaridan foydalanish imkonini bersa, u 
    holda bir rutbali tarmoqda server vazifasini bajaradi.
    8.2-rasm.
     Bir rutbali tarmoqning mantiqiy tuzilishi.


    136
    Bir rutbali tarmoqlar, odatda, uncha katta bo‘lmagan ofis­
    larda yoki katta tashkilotlarning bo‘limlarida o‘rnatiladi. Bu tur-
    dagi tarmoqning afzalligi, biror-bir kompyuterni fayl-server 
    qilib tayinlashga ehtiyoj ning yo‘qligidir. Ko‘pchilik bir rutbali 
    tarmoqlar, kompyuterga ulangan har qanday qurilmadan foyda-
    lanish imkonini beradi. Kam 
    chiligi esa uzatilayotgan axborot 
    xavfsizligining pastligi va tarmoq ni nazorat qilishning sustligidir. 
    Mijoz-server tarmog‘i esa bu vaqtda markazlashtirilgan ma’-
    murlashni amalga oshirish imkonini beradi.
    8.2. Tarmoqlarni qurishning umumiy tamoyillari
    Birgalikda foydalanish deganda, har bir kompyuter o‘z 
    resurslarini boshqa kompyuterga (bitta yoki bir nechta) taqdim 
    qilishi, ammo bunda u resurslarni o‘zi boshqarishi tushuniladi. 
    Shunday qilib, printerni boshqarishni turli kompyuterlar orasida 
    burib qo‘yuvchi qurilma tarmoq qurilmasi bo‘la olmaydi. 
    Aynan burib qo‘yuvchi qurilma bosmaga chiqarish topshirig‘iga 
    ishlov beradi va kompyuterlardan hech biri, qachon boshqa 
    kompyuter bosmaga chiqarish kerakligini bilmaydi. Bundan 
    tashqari, bosmaga chiqarish topshirig‘i bir-biri bilan kesish-
    maydi.
    Tarmoqda birgalikda foydalanilayotgan printerni masofaviy 
    kompyuterdan boshqarish mumkin, u esa o‘z navbatida turli 
    kom 
    pyuterlardan bosmaga chiqarish topshirig‘ini serverning 
    qattiq diskida saqlab, qabul qilishi mumkin. Foydalanuvchilar 
    topshiriqni bajarish tartibini o‘zgartirishlari, ularni ushlab tu-
    rishlari yoki bekor qilishlari mumkin. Qurilmalardan foyda lanish 
    parol yordamida cheklanadi, ammo buni burib qo‘yuv chidan 
    foydalanganda amalga oshirib bo‘lmaydi.
    Asosan tarmoq bo‘yicha har qanday saqlash yoki kiritish-
    chiqarish qurilmasidan foydalanishni taqdim qilish mumkin, 
    ammo ko‘pincha foydalanish quyidagi qurilmalarga beriladi:


    137
    – printerlar;
    – diskli jamlagichlar;
    – optik jamlagichlar (CD/DVD – ROM, CD – R, CD – RW 
    va boshqa);
    – modemlar;
    – fakslar;
    – zaxiraga nusxalovchi tasmali qurilmalar;
    – skanerlar.
    Tarmoq qurishning umumiy tamoyillarini ko‘rib chiqamiz.
    8.3-rasmda kompyuterning tashqi qurilmalar bilan o‘zaro 
    aloqasini ko‘rsatuvchi tashkiliy sxemasi keltirilgan.
    Axborot almashuvi apparat va dasturiy vositalarning barchasi
    interfeysli karta, TQ drayveri va TQ kontrolleri bilan amalga 
    oshiriladi.
    Resurslardan birgalikda foydalanish vaqtidagi almashuv 
    tartibi quyidagicha:

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish