141
Hozirgi vaqtda tarmoqning jismoniy pog‘onasidagi ma’lumot-
larni almashish texnologiyasi Ethernet deb ataladi. Tarmoq
kabelini ulash uchun mo‘ljallangan, tizimli yoki
tarmoq platasida
joylashgan razyom ham xuddi shunday ataladi. Bu razyom
telefon razyomiga o‘xshaydi, faqat biroz keng va 8 ta kontaktga
ega.
Ko‘pchilik zamonaviy tizimli platalar o‘z
yuzasiga joylash-
tiril gan (integrallashtirilgan) 100 yoki 1000 Mbit/s ga tezlik bilan
ishlaydigan tarmoq adapterlari bilan jihozlangan.
Tarmoq adapterlari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
–
razryadi:
8 bit (eng eskilari), 16 bit, 32 bit va 64 bit;
–
ma’lumotlar shinasi
: ISA, EISA, VL – Bus,
PCI shinalari
bo‘ylab tizimli plata va tarmoq adapteri orasida axborot
almashi nuvi amalga oshiriladi;
– mazkur
plata tayyorlangan
kontroller mikrosxema-
si
yoki
chip
(Chip, chipset).
Kontroller mikrosxemasi
qo‘llanilayotgan mos drayverni,
razryadini va shina turini
belgilaydi;
– adapterga aniq bir tarmoq kabelini ulash uchun o‘rnatilgan
razyomlar
: BNC razyomi 10 Base-2 tarmoq uchun, RJ45
razyomi 10 Base-T va 100
Base-TX tarmoq uchun, AUI ra-
zyomi 10 Base-5 tarmog‘i uchun yoki optik tolali tarmoqqa
ulash uchun mo‘ljallangan razyomlar;
–
ishlash tezligi
: Ethernet 10
Mbit yoki Fast Ethernet
100 Mbit;
– MAC- manzil.
Ethernet tarmog‘ida paketlarning (frames)
belgilangan
nuqtasini aniqlash uchun MAC-manzildan foydalaniladi. Bu
seriyaga oid noyob raqam bo‘lib, har bir Ethernet tarmoq
qurilmasiga uni tarmoqda identifikatsiyalash uchun beriladi.
MAC – manzil adapterga ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladi,
ammo uni dastur yordamida o‘zgartirish ham mumkin. Tarmoq
adapteri ish vaqtida o‘tayotgan barcha trafikni ko‘rib
chiqadi
142
va har bir paketda o‘zining MAC-manzilini qidiradi. Agar
o‘zining MAC-manzilini topsa, qurilma, ya’ni
adapter bu paketni
dekodlaydi.