153
har xil kompyuterlar tasvirlangan. Bu kompyuterlarda bir
xil dasturiy ta’mi
notni ishga tushirish imkoni bo‘lgan har
xil qurilmalarni (protsessor, qattiq disk, monitor va boshqa)
o‘rnatish mumkin. Operatsion tizim va ilovalarning o‘zaro
aloqasi mos bo‘lgan API (Application Programming Interface)
yordamida amalga oshiriladi.
Ilovalar apparat ta’minotiga bog‘liq bo‘lmaganligi sababli,
uning hamma so‘rovlariga operatsion tizim ishlov beradi.
Operatsion tizim bevosita BIOS orqali apparat ta’minotiga
murojaat qiladi. Bu aloqa qurilmalarning drayverlari ko‘rinishida
amalga oshiriladi.
Tizimli BIOS apparat ta’minotiga bog‘liq bo‘lmagan holda,
operatsion tizim uchun o‘zgarmay qoladi, operatsion tizim esa
turli xil kompyuterlarda ishlashi mumkin.
Masalan, agar Windows XP operatsion tizimini har xil
protsessorli, qattiq diskli, videoadapterli kompyuterga o‘rnatilsa,
uning ishlash tamoyili o‘zgarmaydi, chunki drayver apparat
komponentlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zining asosiy
funksiyalarini bajaradi. 9.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ilovalar
va operatsion tizim ko‘p kompyuterlarda aynan bir xil, BIOS
esa aniq apparat komponentlari bilan ishlashga «moslashadi» va
o‘rnatilgan qurilmalardan mustaqil holda operatsion tizim uchun
standart interfeysni ta’minlaydi.