• Ethernet razyomlari. 8.7-rasm. Kompyuterning tizimli platasidagi slotlarning joylashuvi.
  • Tarmoq adapterini tizmli platadagi razyomga o‘rnatish.
  • N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    8.4. Tarmoq adapterini o‘rnatish
    Kompyuterning PCI shinasiga ulanadigan «ichki» tarmoq 
    adap terini o‘rnatish uchun quyida keltirilgan harakatlar ketma-
    ketligini bajarish kerak.
    1. Kompyuterni elektr ta’minotidan o‘chirish.
    2. Tizimli blokning yon tomondan mahkamlab turgan vint-
    larni bo‘shatib, kompyuter g‘ilofining qopqog‘ini ochish.
    3. Tarmoq adapterini o‘rnatish kerak bo‘lgan bo‘sh slot 
    tanlandi. Agar bir xil bo‘lgan slotlarning bir nechtasi bo‘sh 
    bo‘lsa, ulardan o‘rnatish uchun 
    qulay bo‘lgani tanlandi. Slotning 
    qaysi biri tarmoq adapterining 
    siz tanlagan modeliga mos kel-
    ishini aniqlang (8.7-rasm). Bun-
    day qurilmalarning hammasin-
    ing platasidagi kontakt qismida 
    maxsus o‘yilgan joy yoki «kalit» 
    mavjuddir. Bu birinchidan, quril-
    mani portga ishonchli mahkam-
    lash imkonini beradi, ikkinchi-
    dan, uni noto‘g‘ri o‘rnatishdan 
    himoyalaydi.
    RJ-45 razyomi
    Koaksial kabel 
    uchun BNS razyomi
    DB-15
    razyomi
    8.6-rasm.
     Ethernet razyomlari.
    8.7-rasm. 
    Kompyuterning 
    tizimli platasidagi slotlarning
     
    joylashuvi.
    ISA
    PCI AGP


    144
    8.8-rasm. 
    Tarmoq adapterini 
    tizmli platadagi razyomga 
    o‘rnatish.
    4. Agar tashqi qurilmalar ning 
    muloqat paneli o‘rnatila 
    digan, 
    tizimli blokning orqa tarafida 
    joylashgan tirqish yop 
    qich bilan 
    yopilgan bo‘lsa, u holda uni olib 
    tashlash kerak. Yopqichlar ikki xil 
    turda bo‘ladi: yechiladigan – ular 
    vint lar bilan mahkamlangan bo‘lib, 
    o‘z shakli bilan tizimli blok ning 
    orqa tarafidan, yon ko‘rinishini 
    takrorlaydi va o‘yilgan, ya’ni kom pyuterning g‘ilofini tayyorla-
    nayotgan vaqtda maxsus moslama bilan bosib kiri 
    tilgan. 
    Yechiladigan yop qichning
    vintlari bo‘shatiladi. O‘yilgan yop-
    qichni ehtiyotkorlik bilan otvertka
    yordamida qayirib, tizimli 
    plataga zarar yetkazmagan holda sindirib olish kerak. Tarmoq 
    adapterini tizimli plataning mos keladigan razyomiga qo‘yib 
    ko‘rib, g‘ilofning orqa tarafidagi qaysi tirqishning kerakligini an-
    iqlagandan so‘ng, shu yopqichni olib tashlang.
    5. Adapterni razyom ustiga ehtiyotkorlik bilan qo‘ying. 
    Diqqat bilan platani o‘rnatish jarayonida xatolik yuz bermaslig-
    ini, tarmoq adapteri ning kontaktlari mos kelgan slotning kon-
    taktlariga zich joylash tirilishni kuza ting. O‘rnatish jarayonini 
    boshlash dan oldin kompyuterning ti zimli blokini yon tomonga 
    yot qizish tavsiya etiladi, plata o‘rna tilayotganda uni yuqoridan 
    bosish qulaydir (8.8-rasm). Platani slotga joy lashtirib, mus tah-
    kamlanadigan vintlar bilan mah kamlang.
    6. Tizimli blokning qopqog‘i yopiladi va vintlar bilan max-
    kamlanadi.
    7. Kompyuterning elektr ta’minoti yoqiladi.
    Agar USB tarmoq adapteridan foydalanilayotgan bo‘lsa, 
    uni mos ravishda kompyuterning tizimli bloki orqa tarafida 
    joylashgan portga maxsus kabel yordamida ulanadi. Adapterga 


    145
    o‘z navbatida 10BaseT/100BaseT tarmoq kabeli ulanadi. Bu 
    harakatlar bajarilib bo‘lgandan so‘ng, drayverlarni o‘rnatish 
    kerak. Integrallangan, ya’ni tizimli plata ichiga joylashtirilgan 
    tarmoq adapteri sozlashni va o‘rnatishni talab etmaydi. Ularni 
    ishga tayyorlash uchun tizimli plataning dasturiy ta’minoti 
    majmuasida bo‘ladigan mos bo‘lgan drayverlarni o‘rnatish 
    kifoyadir. Plug and Play BIOS texnologiyasini qo‘llaydigan 
    Windows 2000/XP operatsion tizimidan foydalanilsa, kompyuter 
    va operatsion tizimning o‘zi tarmoq adapterining hamma kerakli 
    ko‘rsatkichlari sozlandi.
    Plug and Play texnologiyasini qo‘llamaydigan operatsion 
    tizimda yoki Windows NT operatsion tizimida adapter o‘rnatilsa, 
    adapter bilan birga dasturiy ta’minot majmuasi yoki tizimni 
    apparatli konfiguratsiyalash uchun talab qilinadigan ma’lumotlarni 
    qo‘lda kiritish haqidagi ma’lumotning borligiga ishonch hosil 
    qilish kerak. Plug and Play adapterini o‘rnatish faqat shu 
    standartni qo‘llaydigan tizimda amalga oshirilish mumkin.
    USB va PC Card/CardBus tarmoq adapterlari ulanishi bilan 
    avtomatik tarzda aniqlanadi va o‘rnatiladi.
    Eski turdagi adapterlardan yangi operatsion tizimda foyda-
    lanilsa, masalan, Windows XP da, albatta, talab qilingan dray-
    verni adapterni ishlab chiqaruvchining saytidan yuklash kerak 
    bo‘ladi. Agar hatto drayver o‘rnatilgan bo‘lsa ham, uning 
    oxirgi versiyasini yuklashga erinmang, chunki u adapterning 
    o‘rnatilishi va sozlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning 
    yuzaga kelishining oldini oladi. Windows Vista tizimi tarmoq 
    adapterlarining juda katta kutubxonasiga ega, ammo unda eskirgan 
    platalarni qo‘llash kamdan-kam topiladi. U hol da Windows XP 
    tizimi uchun yaratilgan drayverlardan foydalanish mumkin.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish