Maktabgacha pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti mak
tabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berish-
ning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan bosh
lab tarbiyalashning roli, Maktabgacha ta'limni hayot, zamon
bilan bog'lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakl-
lanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asosla-
nadi.
Pedagogika fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida
o'rganib, bir qator tushunchalarni o'z ichiga oladi. Pedagogika-
da tarbiya, ta'lim, ma'lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.