PEDOGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLAR




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

PEDOGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLAR
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o'rgatuVchi Va 
milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim 
bo'lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda 
turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirgani- 
mizdek, metod lotincha "metodos"- yo'l so'zidan olingan bo'lib, 
ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, il­
miy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatla- 
rini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar to­
monidan turlicha asoslab berilgan:
Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuza­
tish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar 
metodi, statistika maTumotlarini tahlil va sintez qilish, anke- 
talar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab 
berilgan. I.F.Xarlamovning "Pedagogika” o'quv qo'llanmasida


pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab huj- 
jatlarini o'rganish, ilo'or tajribalarni umumlashtirish, matema- 
tik hisoblash metodlari asoslab berilgan.
S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo'Ilanma- 
sida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o'rganish, 
eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. 
A.K.Munavvarov tahriri ostidagi "Pedagogika" o'quv qo'llan- 
masida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o'rganish, test- 
so'rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika 
va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik dars- 
liklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning 
bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan 
foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pe­
dagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal 
qilish maqsadida talaba, o'qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tad- 
qiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanish- 
ning dastlabki debochasi adabiyotlarni o'rganib, tahlil qilish­
dan boshlanadi.

Download 18,65 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish