Samarqand tuman Xalq ta’limi
bo’limiga qarashli
41-umumta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Naimova Feruzaning
“Mening sevimli ertak qahramonlarim”mavzusida
1-soatlik
DARS ISHLANMASI
Samarqand – 2021
Darsning texnologik xaritasi
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa
|
“Tez javob” didaktik o’yini
|
4 minut
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
5 minut
|
3
|
O’tilganlarni mustahkamlash
|
“Kim topqir” to’g’ri noto’g’ri ta’limiy o’yini
|
Guruhlarda ishlash
|
4 minut
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
Sinf taxtasidagi suratlar bilan tanishish, “uch bosqichli intervyu” metodi . .
|
Ko’rgazmalilik
|
16 minut
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
“Ruchka “ metodi.
Dam olish daqiqasi
|
Guruhlarda ishlash
|
10 minut
|
6
|
Darsni yakunlash
|
Mojizalar maydonchasi
|
Rag’batlan-tirish
|
4 minut
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
|
Tushuntirish
|
2 minut
|
MAVZU: Mening sevimli ertak qahramonim
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
o’quvchilarni ertak qahramonlari haqida malumot berish, tassavur hosil qilish to’g’ri fikrlashga undash ko’nikmasini shakllantirsh, o’quvchilarni ahloqiy bilim darajasini kengaytirish, mavzu haqida ma’lumot berish
FK1: o’rganilgan mavzu mazmunini tushuna olish va o’z munosabatini bildira olish.
TK2: mavjud axborot ma’lumotlariga ongli munosabat bildira olishi
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar qalbida ertak qahramonlariga va ularga bo’lgan muhabbat tuyg’usini tarbiyalash;
TK4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish
Rivojlantiruvchi maqsad:
o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, milliy an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy o’zlikni anglatish.
FK2: mavzu mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob ber aolish
Dars uslubi: noan’anaviy dars
Darsning turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsning jihozi: AKT, darslik, turli rasmlar, tarqatma materiallar, slaydlar
Dars metodi: “To’g’ri-noto’g’ri”, “Uch bosqichli intervyu”, “Ruchka”,”Mo’jizalar maydonchasi” metodi
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorlash
O’qituvchi: O’quvchilar omonmisiz,
Bugun darsga tayyormisiz?
O’quvchilar: Biz hammamiz omonmiz,
Bugun darsga tayyormiz?
O’qituvchi: Maqsadimiz:
O’quvchilar: Ota-onamga, elimga sodiq farzand bo’lish
O’qituvchi: Shiorimiz:
O’quvchilar: Biz barkamol avlodmiz,
Kelajagi porloq farzandmiz.
O’qituvchi: Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammadan yaxshidir.
Qani, ayting bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Ushbu kunnig hisobin,
Menga aytib beradi?
O’quvchi: Bizlar yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul-lolamiz.
Ota-ona izmidan,
Ustozlarning so’zidan
Bizlar aslo chiqmaymiz.
Sinfdagi barchamiz,
Darsga shay-gulg’unchamiz.
O ’qituvchi tomonidan sinf 3 guruhga bo’linadi:
O’qituvchi: 1-guruh – Bilimdonlar:
O’qituvchi: 2-guruh - Donolar:
O’qituvchi: 3-guruh - Topqirlar:
O’tilgan mavzuni so’rash
O’qituvchi: O’quvchilar o’tgan darsimizda maktabim gulshanim mavzusida maktabimiz bilan tanishib maktabdagi tartib qoidalarga amal qilish bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar buyumlarni qanday saqlash haqida suhbat o’tkazdik. Siz o’tilgan mavzudan nimalarni o’zingiz uchun bilib oldingiz? O’tilganlarni mustahkamlash
O’quvchilarning guruhdan vakillari chiqadilar va har bir guruhga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun (to’gri noto’g’ri metodidan foydalanib savollar beriladi.
1-Maktabingizda bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
2-Maktabimiz ozoda.
3-Sinfimizda o’zaro hurmat bor
4-Maktabimizni mulkini asraymiz
5-Farroshlar mehnatini qadrlaymiz
6-O’n tomon qoidasiga amal qilamiz
7-Maktabda darsga tayyor holatda kelamiz
8-xush muomilamiz
9-
qo’limizni sovunlab yuvamiz
10-kattalarni hurmat qilamiz
O’qituvchi guruh vakillarini javoblariga ko’ra rag’batlantiradi.
YANGI MAVZU BAYONI :
Mavzu: Mening sevimli ertak qahramonlarim
Demak, o’quvchilar bugun siz bilan mening sevimi ertak qahramonlarim haqida suhbatlashamiz. Diqqatingizni ekranga gaqarating.Unda siz hayotingiz davomida eshitgan sevimli ertak qahramonlarini ko’rasiz.
Hozir siz bilan ertak olamiga sayohat qilamiz
***
Bor ekan-da, yo’q ekan
Och ekan-da, to’q ekan
Bori bakovul ekan
Tulki yasovul ekan
Qarg’a qaqimchi ekan
Chumchuq chaqimchi ekan
G’oz karnaychi ekan
O’rdak surnaychi ekan
Toshbaqa tarozibon ekan
Qurbaqa undan qarzdor ekan
Qirg’ovul qizil ekan
Dumlari uzun ekan
Tog’dan tog’ga qo’nar ekan
Oyoqlari singan ekan
Ertak o’qituvchi tomonidan aytib beriladi
Qadim zamonda bir chol bo’lgan ekan…
‘Uch bosqichli intervyu” metodidan foydalanamiz
Ekranda rasmlar va slaydlar namoyish etiladi ertakning davomini rasmlarga qarab o’zingiz ayting.
Guruhlarga rasmlar tarqatiladi, “Ruchka” metodidan foydalanib ular ertak tayyorlaydilar.Tayyor o’lgan ertaklarini “Uch bosqichli intervyu “metodi asosida so’zlab beradilar.
Dam olishdaqiqasi
qo’shig’ini birgalikd akuylaydilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Mo’jizalar shaharchasi
Siz ertak qahramolarining o’rnida bo’lganizda qanday mo’jizalar yarata olardingiz
Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash
Rebus yechish
O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadilar.
Uyga vazifa:
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
XULOSA:Bilimsiz hech narsaga erishib bo’lmaydi
|