• S.Yusupova Qatnashdilar
  • Tasdiqlayman” Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-son umumiy




    Download 62,5 Kb.
    bet1/4
    Sana18.05.2024
    Hajmi62,5 Kb.
    #242608
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Yig‘ilish suhbatlar


    TASDIQLAYMAN”
    Urganch shahar maktabgacha va maktab
    ta’limi bo‘limiga qarashli 4-son umumiy
    o‘rta ta’lim maktab direktori

    S.Yusupova


    Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan zilzila, yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya
    qilinishini ta`minlash bo‘yicha o‘tkazilgan


    YIG‘LISH BAYONI №____


    «15 ».05. 2024-yil Urganch shahar
    Yig‘ilish raisi: Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori S.Yusupova
    Qatnashdilar: Urganch shahar FVB 2-YoQQ smena boshlig‘i kapitan A.Ro‘zmetov, Urganch shahar 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi, ishchi-xizmatchi va o‘quvchilari, jami 115 nafari qatnashdi.


    K U N T A R T I B I D A:


    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-may kunidagi 158-sonli Qarori mazmun-mohiyatini tinglovchilarga yetkazish.
    2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgust kunidagi 332-sonli qarorining mazmun mohiyatini tinglovchilarga yetkazish.
    3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabr kunidagi “Yong`in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi 649-sonli qarorining mazmun moxiyatini tinglovchilarga yetkazish.
    4. Shahar hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari hamda yoshlar tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish, shuningdek fuqarolar tomonidan elektr isitish pechlari va ehtiyotsizlik bilan bog‘liq yong‘inlarning hamda gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi, boshqa nohush holatlarini oldini olish bo‘yicha to‘g‘ri va oqilona foydalanishlari to‘g‘risida.
    5. Shu munosabat bilan shahar hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, favqulodda vaziyatlarni va boshqa nohush holatlarini oldini olish to‘g‘risida.
    6. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosarining 2023-yil 3-oktyabrdagi “Halqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni to‘g‘risida”gi 5/5/32-1569-sonli ko‘rsatmasi mazmun mohiyatini o‘quvchilarga yetkazish.
    (ma’ruzachi: Urganch shahar FVB 2-YoQQ mayor E.Atajanov)
    Kun tartibidagi masala yuzasidan Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori S.Yusupova kirish sozi bilan boshlab maruzani davom qildirishni Urganch shahar FVB 2-YoQQ smena boshlig‘i kapitan A.Ro‘zmetovga berdi, u o‘z so‘zida zilzila va yong‘inlar sodir bo‘lishi, ularning kelib chiqish sabablari hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, favqulodda vaziyatlarni va boshqa nohush holatlarini oldini olish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-may kunidagi 158-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgust kunidagi 332-sonli qarori mazmun mohiyatlarini maktabdagi o‘qituvchi, ishchi-xizmatchilar va o‘quvchilarga yetkazib, shahar hududidagi xonadonlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari, yoshlar tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish, shuningdek fuqarolar tomonidan elektr, isitish pechlari va ehtiyotsizlik bilan bog‘liq yong‘inlarning hamda gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaxarlanishi, boshqa noxush holatlarni oldini olish bo‘yicha to‘g‘ri va oqilona foydalanishlari, tadbirkorlar tomonidan bozor hududlarida sun’iy to‘siqlar o‘rnatmaslik yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, hududida ayrim xonadonlarda gaz va havoning aralashmasi natijasida sodir bo‘layotgan chaqnash, fuqarolarni is gazidan zaxarlanish va boshqa noxush xolatlar so‘ngi kunlarda keskin ko‘payishi kuzatilmoqda. Zilzila sodir bo‘lishi va sodir bo‘lganda qanday harakat qilish tartibi to‘g‘risida gapirib o‘tib, misol qilib joriy yilning yanvar oyida Turkiya davlatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatlari qanday vayronagarchiliklarni keltirib chiqarganini, mibglab insonlar xalok bo‘lganiga guvoh bo‘ldik, zilzila sodir bo‘lgan vaqtda binoni zudlikda tark etish lozimligi to‘g‘risida xam to‘xtalib o‘tildi. Sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida fuqarolarning yillar davomida ter to‘kib, mexnat qilib kurgan imoratlari, turar joylari, molxona va molchertaklari yonib yaroqsiz xolga kelganligi, shuningdek sodir bo‘lgan ko‘pchilik yong‘inlarning kelib chiqishiga olovdan etiyotsizlik bilan foydalanishlari sabab bo‘lganligi, shunga o‘xshash yong‘inlarni kelib chiqishini oldini olishlik uchun yoshlarni uyda qarovsiz qoldirmaslik, bolalarning uyda yolg`iz qolgan paytlarida gugurt o’ynamasliklari, molxona, molchertagi yonida axlat yoqmasliklari yosh bolalarni gugurt o’ynamasliklari va yuqori quvvatli o‘tkazilgan elektr simlari tagida molxona molchertagi qurmasliklari va mol o‘tlarini saqlamasliklari oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirishda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qismlaridagi mavjud yong‘in-qutqaruv avtomobillarining imkoniyatlari va asbob-anjomlar vazifalari to‘g‘risida ham tushuntirib o‘tildi
    Kun tartibidan o’rin olgan ikkinchi masala yuzasidan kapitan A.Ro‘zmetov, so’zini davom ettirib maskanda yong’in xavfsizligi bo’yicha “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi VMning 2020 yil 20 oktyabrdagi “Yong’in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to’g’risidagi” 649-sonli Qarori, tabiiy gazda ishlaydigan qurilmalar bo’yicha VMning 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” va VMning 2019 yil 26 martdagi 226-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Gaz xo’jaligida xavfsizlik qoidalari”ga va elektr qurilmalari bo’yicha “Elektr qurilmalarini ishlatish qoidalari”ga qattiq amal qilish lozimligi va bu xujjatlarni o’qib o’rganib chiqish va qoidalarga qattiq amal qilish, maskanda mavjud mo’rikonlarni o’z vaqtida texnik ko’rikdan o’tkazib (qorakuyadan va qurumdan) tozalash, maskanda aniqlangan yong’inga qarshi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, kamchiliklarni bartaraf etish kerakligi to’g’risida gapirib o’tdi.
    Shundan so’ng, yig’ilish raisi S.Yusupova so’zga chiqib, yakuniy so’zida kapitan A.Ro‘zmetov bergan ma’lumotlarni ijobiy qabul qilib, muassasada yong’in xavfsizligi qoidalariga qattiq amal qilish, barcha jabhalarni yong’in, is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda quturish va botulizm kasalligini oldini olish va xar qanday favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha zaruriy tezkor chora-tadbirlar belgilab olinishi to’g’risida gapirib so’ziga yakun yasadi.
    Ushbu yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilsangiz, yong‘in kelib chiqishini oldini olgan, o‘zingizni va yaqinlaringizni mol-mulkingizni tilsiz yov yong‘in ofatidan saqlagan bo‘lasiz.


    Yuqoridagilardan kelib chiqib yig’ilish:
    Q A R O R Q I L A D I:

    Download 62,5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 62,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-son umumiy

    Download 62,5 Kb.