N. M. Kayumova




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Tarbiya tamoyillari
Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadi- 
dan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmu­
ni va yo'nalishiga qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab 
beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig'indisiga aytiladi.
Tarbiya tamoyillari o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo'l- 
yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, 
barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilana­
di, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg'or ta'limotlar 
g'oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga 
asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks et­
tiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi 
tarbiya samarasini ta'minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagi- 
lardan iborat:
- Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi;
- Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining us- 
tunligi;
109


gi;
- Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
- Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;
- Tarbiyani mehnat bilan bog'lash;
- Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;
- Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hi- 
sobga olish;
- Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
- Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, sal- 
biy tomonlarni yo'qotish;
Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi - 
o'qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur 
etishi va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g'oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning 
ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatiaridan yuqoriroq 
manfaat bo'lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatan­
ga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash de- 
makdir.
Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta'limi xodimlarin­
ing asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga 
ega, yetuk mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tar- 
biyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini 
ro'yobga chiqarishga yo'naltirilishi zarur.
O'qituvchi (tarbiyachi) lar jamoasi va har bir o'qituvchi-tar- 
biyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mu- 
kammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo'lishi lozim. 
Ana shunda mazkur tamoyil o'z vazifasini bajargan bo'ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining us- 
tunligi - tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan 
olish, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga 
xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hi- 
sobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani 
ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi

Download 18,65 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish