• 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
  • -6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
    Bu davrda bolaning bo'yi 7-8 sm ga o'sadi. Uning oyoqlari 
    gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og'irligi 20-22 kg.ni 
    tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tu- 
    fayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyak- 
    larning to'g'ri o'sishini ta'minlashga alohida e'tibor berish ke­
    rak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar 
    kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustah- 
    kamlanmagan bo'Iadi. Olti yoshga yetganda miya po'stlog'ining 
    asab katakchalari rivojlanib, og'irligi va tashqi ko'rinishidan 
    kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning as- 
    ablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish talab eti­
    ladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo'lishini ta'minlash ke­
    rak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo'lgan taqdirda uning ol- 
    dini olish choralarini ko'rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning 
    so'z boyligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. 
    Ularning nutqidagi so'zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlari- 
    ni to'la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik ta- 
    fakkuri, hisoblash ko'nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlab­
    ki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qi-
    131


    lish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish 
    maqsadga muvofiqdir.
    6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
    Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko'lami 
    kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o'zaro 
    moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o'zini idora qilish va 
    o'z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'la bosh­
    laydi. Bu yoshdagi o'g'il bolalarda mustaqil faoliyat ko'rsatish, 
    tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash 
    ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga 
    yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, 
    qiziquvchan bo'ladi, o'z salomatligini nazorat qila oladi. Uning 
    idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bi- 
    lishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shaklla- 
    na boradi.
    Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning 
    yangi turi bo'lgan ta'lim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish 
    lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta'lim jarayoniga kirishishga 
    tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish 
    lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi 
    mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihat­
    dan ta'lim olishga tayyor bo'lishi kerak. Bolalarni maktabga 
    tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xu- 
    losalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning 
    moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta'lim berish imkoni­
    yatiga ega bo'lishi shart. O'qituvchining pedagogik-psixologik 
    bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bo­
    lalarga ta'lim va tarbiya berish uchun loyiq bo'lganda, u olti yo­
    shli bolalarni o'qitish huquqiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham 
    6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu 
    bolalarni o'qitadigan o'qituvilar pedagogik-psixologik nuqtayi 
    nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan 
    keyingina ta'lim jarayoniga kirishilishi kerak.

    Download 18,65 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari

    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish