• 5 Makarenko A.S. Xudojestvennaya literatura о vospitanii detey // Ped. soch. М., 1986. 125
  • Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda
    faoliyatlarning roli
    Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o'zlashtirishga 
    yordam beradi, buning asosida uning bilish, ko'rgazmali, 
    o'yin, eng oddiy mehnat va o'quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, 
    shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni 
    o'zlashtirib, faollik ko'rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan
    5 Makarenko A.S. Xudojestvennaya literatura о vospitanii detey // Ped. soch. М., 1986.
    125


    bog'liq bilimlar, malaka, ko'nikmalarni o'zlashtiradi. Shu asos­
    da unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shaklla­
    nadi.
    Faoliyat - kishining moddiy va ma'naviy ne'matlar yara­
    tish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma'lum bir 
    maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.
    Faoliyat - insonni belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga 
    erishishdir. Faoliyat - bir narsani aniqlash uchun biror narsa 
    qilish xohishi (jarayoni)6.
    Bolaning faoliyatdagi faol mavqeyi uni faqat tarbiya obyek- 
    tiga emas, shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantirdi. 
    Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetak- 
    chilik rolini belgilaydi, Bolalarning rivojlanishi va tarbiyala- 
    nishining yosh bilan bog'liq davrlarida faoliyatning turli xil- 
    lari yonma-yon bo'ladi va o'zaro ta'sir ko'rsatadi, lekin bunda 
    ularning roli bir xil bo'lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning 
    yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy 
    yutuqlar namoyon bo'ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, 
    faoliyat maqsadi, mavzuyi, vositalari, buyumlar bilan amalga 
    oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib tura- 
    di. Ilmiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni dar- 
    hol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbar- 
    ligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni 
    egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog'chasidagi tar­
    biya va ta'lim sharoitlariga bog'liq bo'ladi.
    Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng 
    oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va 
    atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hi­
    soblanadi.
    Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (his­
    siy va hissiy-predmetli muomalasining] eng oddiy turlari un­
    da taassurotlarga bo'lgan ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvur- 
    larini shakllantiradi. Yangi harakat usullarini egallab borgan 
    sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi,

    Download 18,65 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda

    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish