Maktabgacha ta'lim muassasasida mehnat




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Maktabgacha ta'lim muassasasida mehnat
tarbiyasining mazmuni
Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davr- 
da eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamo-
222


lotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bog'cha yoshidagi bolalarni jismoniy, aqliy axloqiy va es­
tetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahami­
yatga egadir.
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xu­
susiyatlarini e'tiborga olib tashkil etiladi, unga to'g'ri rahbarlik 
qilingandagina yetarli natijaga erishish mumkin.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining o'ziga 
xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy 
ishlarda keng o'rganib chiqilgan.
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga 
qaratilganligidir. Kichik bog'cha yoshidagi bolalarning mehna­
ti biror jarayonga oid harakat bo'lib, u faqat kattalarning rah­
barligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan -
stolga, stoldan - mashinaga ko'chiradi va hokazo. Tarbiya­
chi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko'rsatib, uni mashina- 
da ortib olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashi- 
nasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab 
qo'ya boshlaydi. «Qatnov» bir necha marta takrorlanib, bar­
cha kubiklar joyiga yig'ishtirib qo'yiladi. Bolalar faoliyatida 
maqsad paydo bo'ladi. Keyingi galda bolaning o'zi o'ynayotgan 
o'rtoqlariga o'ynab bo'lgandan keyin o'yinchoqlarni mashina- 
da joyiga olib borib qo'yishni aytadi.
Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo'yish qobiliya­
ti moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli 
rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o'yinchoqlar yasash 
va boshqalar.
Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyati­
ning tartibsiz, rejasiz ekanligini ko'rsatadi. Bolalar bunday ha- 
rakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko'p vaqt va 
kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o'z ishlaridan o'zlari qo- 
niqmaydilar.
223


erishish yo'lidagi mehnat harakatlari, o'yin o'zining rivojlani- 
shidagi har qanday bosqichda to'xtatilishi mumkin, mehnatda 
esa, albatta, ko'zlangan natijaga erishiladi.
Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib 
o'yindan ajratiladi? Kichik bog'cha yoshidagi bolalar mehna- 
tining asosiy turi o'z-o'ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun 
ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar­
ni mehnatning bu turiga o'rgatishda ko'pincha o'yin vaziyat- 
laridan foydalaniladi («Qo'g'irchoqni sayrga otlantiramiz», 
«Qo'g'irchoqni uxlatamiz» va shularga o'xshashlar). Avvaliga 
bolalar o'yin obrazi orqali mehnatga o'rgatiladi. Shu orqali bo­
lalar ishonch bilan harakat qilishni o'rganadilar. Sekin-asta o'z- 
o'ziga xizmat qilish malaka va ko'nikmalari shakllana boradi.

Download 18,65 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta'lim muassasasida mehnat

Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish