1) Igna gazlamani teshib o ‘tib, o ‘zi bilan birgaustki ipni igna
plastinasi tagiga olib o ‘tadi. Eng oxirgi pastki holatiga yetib 2-3 mm
ko‘tariladi. Bu vaqtda moki aylanma harakat qilib, chap tomonga
igna uchiga yetib keladi va uning xalqasini iladi. Ip tortgich esa eng
yuqori holatdan pastga
harakatlanib, ignani ustki ip bilan
ta ’minlaydi. Tepki gazlamani bosib turadi.
2) Igna yuqoriga harakatini davom ettiradi, gazlamadan chiqadi,
moki aylanma xarakatini davom ettirib, ilib olgan xalqasini o ‘z atrofida
kengaytiradi. Ip tortgich pastga harakatini davom ettirib mokini ustki
ip bilan ta’minlaydi.Tepki vatishli reyka awalgi holatida qoladi.
3) Igna yuqoriga harakatini davom ettiradi va eng oxirgi yuqori
holatiga yetadi. Moki chapga aylanma harakatini davom ettirib, xalqani
maksimal kengaytiradi. Ip tortgich esa pastda harakatini davom ettirib,
eng pastki holatiga yetadi. Tepki va tishli reyka awalgi holatida qoladi.
4) Igna pastga harakatlanadi. Moki aylanma harakatini davom
ettirib 210°gao‘tadi, xalqani bo'shashtiradi, naycha ipi esa shu
xalqa ichida qolib chalishuv hosil bo‘ladi. Ip tortgich birdan ko‘tariIib,
ustki ip xalqasini tortadi.Tepki vatishli reyka awalgi holatida qoladi.
5) Igna gazlamaga kira boshlaydi. Moki orqaga aylanib, dastlabki
holatiga keladi. Ip tortgich eng yuqori holatiga yetadi va baxyani
taranglaydi. Shu vaqtda tishli reyka bir baxyaga gazlamani suradi. Tepki
avvalgidek gazlamani bosib turadi.