|
I - BOB
TIKUVCHILIK BUYUMLARI HAQIDA UMUMIYBog'liq gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslariI - BOB
TIKUVCHILIK BUYUMLARI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR
1.1. Kiyimning vazifalari va sinflanishi
Kiyim - bu materiallaming odam tanasidagi qobiq sistemasi bo‘lib,
tanani iqlirn ta ’siridan saqlaydi va odam ning o ‘ziga xos ba'zi
xususiyatlarini namoyon qiladi.
Kiyim kishilik jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlarida paydo
bo‘lgan va jamiyat taraqqyotiga mos ravishda rivojlanib, o‘zgarib kelgan.
U ijtimoiy tuzum, texnika va iqtisodiyot taraqqiyoti, xalqlar milliy
madaniyati xususiyatlarini, turmush tarzi, iqlim sharoiti, badiiy did
va an“analarini o ‘zida aks ettiradi.
Kiyim deganda ich kiyim, ustki kiyim, bosh kiyim, qo‘lqop,
poyafzal kabilaming keng kompleksi tushuniladi.
Tikuvchilik buyumlariga kiyimdan tashqari uy-ro‘zg‘or buyumlari
(dasturxon, sochiq, ko‘rpa - yostiq jildlari) texnik buyum va anjomlar
(avtomobil g‘iloflari va yopqichlari, chodirlar, qoplar ) kiradi.
Kiyim o ‘z navbatida maishiy va ishlab - chiqarish kiyimlariga
bo‘linadi.
Maishiy kiyimlarga kundalik kiyim, tantanali kiyim, uy kiyimi,
sport kiyimlari, shuningdek ich kiyimlar, korset buyumlari, cho'milish
kiyimi, bosh kiyimlar kiradi.
Ust kiyim ich kiyim va korset buyumlari turkumidagi kiyimlar
ustidan kiyiladigan kiyimlardir, unga palto, plash, pidjak, nimcha,
jaket, ko‘ylak, xalat, bluzka, yubka, erkaklar ko‘ylaklari, kombinezon
va shimlar kiradi.
Ich kiyim
- bu bevosita odam badaniga kiyiladigan kiyimlardir:
ich ko‘ylaklar, ostki yubkalar, tungi ko‘ylaklar, yaktakchalar, bolalar
ishtonlari, kalsonlar, pijamalar.
Ishlab chiqarish kiyimi
- xalq xo‘jalagining turli sohalarida ishchi
tanasini ifloslanishdan va ish jarayonidagi nomaqbul ta ’sirlardan
asraydigan kiyimdir. Ishlab chiqarish kiyimi maxsus, sanitariya va rasmiy
kiyimlarga bo'linadi.
Maxsus kiyim
- ishlayotgan kishini atrof muhitning havfli va zararli
4
ta ’siridan saqlaydi, masalan n am dan, radiaktiv m oddalardan,
kislotalardan, nefit - moydan, changdan, organik erituvchilardan,
issiqdan, zaharli kimyoviy moddalardan, ishqorlardan, elektr tokidan
va hokazo. Maxsus kiyimlarga: kurtkalar, kombinzonlar, plashlar,
paxtali kurtka-shimlar kiradi.
|
| |