Qaviq hosil qilish uchun ignani gazlamaga sanchib,
igna shu
salqilikdan o'tkaziladi va chap qoMning bosh barmog‘i oldida sirtga
chiqaliladi; bu paytda bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan igna gazlama
0
‘ngiga chiqariladi va qaviq tortiladi. So‘ngra qaviq hosil qilish jarayoni
takrorlanadi. Ignani gazlamaga har xil usullarda sanchish mumkin.
Shuning uchun qaviqlar ham har xil chiqadi.
Kiyim tikishdagi ishlar ijro etish usuliga qarab, qo‘lda yoki mashinada
bajariladigan bo'lishi mumkin. Boshidan oxirigacha qo‘lda bajariladigan
barcha operatsiyalar qo ‘lda bajariladigan ishlar hisoblanadi. Bular
igna, qaychi, bo‘r yordamida
bajariladigan ishlardir, shuningdek,
kiyimni ip, bo‘r, changdan tozalash kabi ishlardan iborat.
Gazlamada
igna
hosil qilgan qo‘shni teshiklar orasida iplar
chalishuvining bitta tugallangan sikli qaviq bo‘ladi. Qaviqlaming tuzilishi har
xil bo‘Iib. gazlamaning o‘ngi vateskarisidaipning qanday yotishiga bog‘liq.
Qaviqlaming uzunligi ipning uzunligi vamaterial o'ngidagi
interval
bilan belgilanib, qaviqning xiliga va ishlayotgan materialning qalinligiga
bog‘liq (1 rasm).