ko‘klashda foydalaniladi. Ziy ko'klash qaviqqatorlari (8-rasm) gulsiz
yupqa va qalin gazlamalardan ust kiyim tikishda mashina baxyaqatorlari
bilan biriktirib olingan va choki
ichkarida qoldirilib, o ‘ngiga o‘girilgan
detallardagi chetki choklarni mustahkam lash uchun ishlatiladi.
M asalan, astarli qoplam a c h o ‘ntaklarning ziylarini ko'klashda,
cho'ntak qopqoqlarining ziylarini, bortlar,
yoqa va boshqa detallar
ziylarini ko'klashda ishlatiladi. Qaviqning uzunligi 0,5 - 1,0 sm.
Qaviqqator chok o'tkazib yuboriladigan detal tom onidan tushirilib,
kant hosil qilinadi.
Qiya qaviqli tepchima qaviqqatorlar (9 -rasm )
ust kiyim tikishda
asosiy detallami qotirmaga biriktirishda kiyimning ayrim joylariga
(adip qaytarmasi, yoqa va hokazo) turg‘unlik
va elastiklik berish
uchun ishlatiladi. Yo‘rma qaviqqatorlari (10—rasm) uy sharoitida
astarsiz yakka buyurtmalar tikishda detallarning
qirqimlarini titilib
ketishidan saqlash uchun ishlatiladi. Qaviqqator o‘ngdan chapga
tushiriladi. Qaviqlar tarang tortilmaydi. Har 1 sm ga 3-4 qaviq to‘g‘ri
kelishi kerak. Qaviqlarning uzunligi 0,5 -0,7 sm.
Igna detal chetidan
0,3 - 0,5 sm naridan sanchiladi.
20