|
Tukuvchilik buyumlarini tikishning asosiy bosqichlariBog'liq gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari1.2.Tukuvchilik buyumlarini tikishning asosiy bosqichlari
Kiyim tikish jarayoni uch asosiy bosqichdan iborat:
1. Model, konstaiksiya va andazalar tayyorlash;
2. Gazlamani tikishga tayyorlash va bichish (ya’ni tayyoiiov -
bichish uchastkasidagi ishlar);
3. Buyumni tikish va bezash.
K iyim larni k o ‘plab ishlab ch iq arish u ch u n buyu m larn in g
modellarini yaratish va loyihalash bilan modalar uyi, texnika, tajriba
laboratoriyalari, ayrim korxonalarda esa yuqori malakali rassom -
modelerlar va konstaiktorlari bo‘lgan eksperimental sexlar modalar
uyi rahbarligida shug‘ullanadi.
Buyumlarni konstruksiyalash ular konstruksiyasini yaratish
jarayonidan iborat. Konstruksiya buyumning haqiqiy kattalikdagi
chizmasi bo‘lib, unda qirqimlar bo‘yicha detallaming tutashish joylari
va tikish usullari ko‘rsatiladi.
Andazalar, texnik hujjatlar va modellaming namunalari tikuvchilik
fabrikasiga keltiriladi. Har bir tikuvchilik korxonasida tikish jarayonida
kiyim uchta asosiy uchastkadan; eksperimental sex, tayyorlov-bichish
uchastkasi va tikuv sexidan o‘tadi. Fabrika eksperimental sexi xodimlarining
vazifalari: modalar uyidan modellar namunalarini, kiyim andazalarini
va texnik hujjatlarini olish; andazalami tekshirish; ko‘paytirish va tayyorlash;
andazalami aralash joylashtirish uchun razmer va rostlami birlashtirish;
andazalami eksprementalyo‘l bilan joylashtirishva gazlama sarfi normasini
aniqlash; trafaretlar tayyoriash; ishlab chiqarishda gazlamalardan tug‘ri
foydalanishni nazorat qilishdan iborat. Tayyorlash sexida gazlamalar
qabul qilinadi vasaqlanadi, sifati tekshiriladi, gazlama to‘plari uzunligi
o‘lchanadi va saralanadi, to‘shamalaiga gazlama tanlanadi, to‘shamalaming
ustki qavatlari bo'rlanadi. Bichish sexida gazlamalar to‘shaladi, to'shama
boMaklarga qirqiladi, buyum detallarini qirqib olinadi, bichish sifati
tekshirilib, bichilgan detallar to ‘plab qo'yiladi. Tikuvchilik sexida
choklaydigan va maxsus mashinalar, shuningdek namlab — isitib ishlov
beradigan uskunalar bilan jihozlangan texnologik potoklaida kiyim tikiladi.
Yirik korxonalarda pardozlash sexida namlab - isitib ishlash
operasiyalari bajariladi, natijada tayyor kiyim tovar ko‘rinishini oladi.
Pardozlash sexidan kiyim tayyor maxsulotlar omboriga jo ‘natiladi.
6
|
| |