amalga oshirildi. Material g‘ildirak orqali suriladigan mexanizm hoziigi
kunga qadar charm buyum tikadigan mashinalarda foydalaniladi.
1852 yilda injener Vilson gazlamani
suruvchi mexanizmni ixtiro
qildi. Zanjir chok tikadigan m ashinalar unchalik muvaffaqiyat
qozonmadi, chunki chok osongina so‘kilib ketardi. Shuning uchun
ham mokili mashinalar tikuvchilaming talablariga ko‘proqjavobberardi.
Ixtirochilardan Amerikalik I.M. Zinger omadliroq chiqdi, uning 1849
yilda yaratgan mashinasi germaniyalik fabrikachilarni qiziqtirib qoldi,
bu mashinaning Germaniya tikuvchilik sanoatida qo‘l!anishi tikuvchilik
ishida katta to ‘ntarish bo‘ldi.
1873 yilda Viller va Vilson Venadagi tikuv mashinalarining jahon
ko‘rgazmasida yangi mashinani namoyish qildilar.
Bu mashinaning
choki juda sifatli bo‘lib, katta muvafaqiyat qozondi. hatto l.M. Zinger
mashinasi ham bunday raqobatga chiday olmadi. 0 ‘z navbatida I.M.
Zinger ham yangi takomillashgan mashinani ishlab chiqardi.
1854 yili I.M. Zinger tikuv mashinalarining hamma patentlarini sotib
oldi va o‘zining kompanoni Dark bilan biiga AQSh da tikuv mashinalari
ishlab chiqara boshladi va butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi.
1890 yili Zinger firmasi Podolskda mashina zavodini ishga tushirdi,
bu yerda mashina yig‘ilardi xolos, barcha detallar Germaniyada tayyorlab
olib kelinardi.
0 ‘shandan buyon juda ko‘p universal mashinalar yaratildi: qo‘l
mashina, oyoq mashina, elektr mashinalar. Hozirgi kunda tikuv
mashinalarining turli konstruksiyalari ishlab chiqarilmoqda,
ulardan
foydalanish sohalari kengayib borm oqda, oddiy chokdan tashqari
u lar zigzag ch o k lar, y o ‘rm a c h o k lar tik ad i, tugm a qadaydi,
applikasiya va kashtalar tikadi, petlyalar ochadi va h.k.