• 3.9 .Mashina chok turlari
  • Birlashtiruvchi choklar
  •  .8 .Mashinada bajariladigan ishlar uchun ish o‘rnini tashkil qilish




    Download 2,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/57
    Sana14.06.2024
    Hajmi2,76 Mb.
    #263655
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
    Bog'liq
    gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari

    3 .8 .Mashinada bajariladigan ishlar uchun ish o‘rnini tashkil qilish
    M ashinada bajariladigan ishlar uchun m o‘ljallangan ish o ‘rni 
    indivudual elektr yuritmali stol, o ‘rindig‘i rostlanadigan vintli stul 
    bilan jihozlanadi. Stolga tikuv mashinasining bosh qismi o ‘rnatiladi, 
    zarur asbob uskunalar q o ‘yiladi.
    Ish o ‘rnida alohida yoritgich tarzidagi yoki mashina koфusiga 
    o ‘rnatilgan mahalliy chiroq bo ‘lishi lozim. Tepkini oyoq bilan 
    ko‘tarish uchun stol qopqog'i tagiga tirsakli richag o ‘matiladi. Stol 
    siiti silliq bo‘Iishi kerak. Naychaga ip o ‘rash uchun stolga maxsus 
    jihoz mahkamlanadi.
    Stolda ishlov beriladigan detallar hamda mazkur texnologik 
    operasiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob, moslamalargina 
    turadi.
    39


    Ish oxirida ish o'rnini yaxshilab tozalash, ishlayotgan detallarni 
    shkafga qo‘yish, asbob va moslamalarni stol tortmasiga solish kerak. 
    Ish o‘mi to ‘g‘ri tashkil qilinganda m ehnat unumdorligi oshadi va 
    mahsulot sifati yaxshilanadi.
    3.9 .Mashina chok turlari
    Tikuv buyumlarini biriktiruvchi asosiy vosita mashinada tikiladigan 
    ipli choklardir. M ashina choklar vazifasi va joylashishiga ko ‘ra 
    quyidagilarga boMinadi: birlashtiruvchi choklar, ziy choklar va bezak 
    choklar.
    Birlashtiruvchi choklar
    Birlashtiruvchi choklar kiyim detallarini birlashtirishga xizmat 
    qiladi. Bu choklarda detallar chokning ikki tomonida yotadi, masalan, 
    orqa, yon, yelka, yeng qirqimlarini birlashtiruvchi choklar.
    Biriktirma chok, yorma chok, qo ‘yma chok, bostirma chok
    tutashtirm a chok, q o ‘sh chok va ichki choklar birlashtiruvchi 
    choklarga kiradi.
    40


    Birktirma chok (30-rasm, a) kiyim tikishda eng ko‘p uchraydigan 
    choklardan biri bo‘lib, u yeng qirqimlarini, old va orqa bo‘laklarining 
    yon qirqimlarini, shim va yubkalaming yon qirqimlarini birlashtirishda 
    ishlatiladi. Tikilgan chokni yupqalashtirish uchun chokni yorib, yoki 
    chokni bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
    Ayollar yengil kiyimi va bolalar kiyimining asosiy detallarini 
    tikishda biriktirma chokning kengligi 1,0 — 1, 5sm bo‘lishi kerak.
    Yorma choklar. (30-rasm, b). Qirqimlari ikki tomonga yotqizilgan 
    yoki dazmollab qotirilgan biriktirma choklar ikki tom ondan bezak 
    baxyaqatorlar bilan tikilishi mumkin. Namlab-isitib ishlash qiyin 
    bo‘lgan gazlam alardan kiyim tikishda, choklarni biriktirish va 
    puxtalashda, shuningdek yubkalarning old, orqa bo ‘laklarini bezash, 
    hamda ulashda shunday choklar ishlatiladi. Bunday chok solish uchun 
    detallami biriktirma chok bilan tikib olib, shu chok ikki tomonga 
    yoriladi va gazlamaning o ‘ng tom onidan biriktirma chokning ikki 
    yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi.
    O o‘vma choklarning (30-rasm, v) ochiq va berq qirqimli xillari 
    b o ‘ladi. O chiq qirqim li q o ‘ym a ch o k lar kiyim dagi qotirm ali 
    detallaming boMaklarini ulash uchun ishlatiladi.
    Bunday chokni tikish uchun detaining cheti ikkinchi detaining 
    chetiga qo'yiladi va qirqimlardan bir xil masofada mashinada biriktirib 
    tikiladi. Bir detal ikkinchi detal ustiga 0, 6 — 1,0 sm o ‘tib turishi 
    kerak. Baxyaqator detallarning qirqimidan 0 , 3 “ 0,5 sm ichkaridan 
    tushiriladi.
    Berq qirqimli qo ‘yma choklar to ‘g‘ri va shakldor koketkalarni, 
    qoplama cho‘ntaklami ulash uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish 
    uchun bir detaining cheti bezak baxyaqator eniga 1, 0-1,5 sm (engil 
    kiyimda), 0,5-0,7 sm (ustki kiyimda) qo ‘shilgan masofaga bukib, 
    ko‘klanadi, dazmollanadi, so‘ngra ikkinchi detaining o ‘ngiga qo‘yib 
    bostirib ko‘klanadi va modelda ko'zda tutilgan masofada bostirib 
    baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator bilan qirqimlar orasidagi masofa 
    gazlamaning qalinligiga va titiluvchanligiga qarab olinadi.
    Bostirma chok (30-rasm, g) ham , biriktirma choklar kabi, yon, 
    yelka qirqim larini, kiyim old b o ‘lagi va ort b o 'lag in i, yubka 
    bo‘laklarini, yenglami va boshqa detallam i ulash uchun ishlatiladi.
    41


    Ikkita berq qirqimli bostirma chok hosil qilish uchun ikki detal 
    o ‘ngini ichkariga qilib qo ‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va bezak 
    baxyaqator kengligiga 0,5-1,5 sm qo‘shilgan masofada biriktirib tikiladi. 
    C h o k q irq im la ri o ld in ikki to m o n g a y o rib , y o tq iz ila d i va 
    dazmollanadi, so‘ngra qirqimlardan biri boshqa tom onga qayiriladi, 
    dazm ollab qotiriladi va o ‘ng tom onidan m odelda ko‘rsatilagan 
    masofada bezak baxyaqator bilan puxtalanadi. Ip gazlama, shoyi, 
    rezinalangan plashlik va plyonka qoplangan kapron materiallar, tabiiy 
    va sun’iy charm, zamsha, porolon va boshqa materiallardan tikiladigan 
    kiyimlaming choklari dazm ollanm asdan bostirib tikiladi.
    Bitta berk qirqimli va cheti berk bostirma chok hosil qilish uchun 
    pastki detal ustki detalga nisbatan bezak chok eniga 0,4-0,7 sm (ustki 
    kiyimda), 0,7-1,0 sm (engil kiyimda) qo‘shilgan masofada chiqariladi 
    va ustki detal qirqimidan 0,5 sm ichkaridan tikiladi. So‘ngra detal 
    ikki tom onga yotqiziladi, chok qirqimlari esa kalta detal tom onga 
    qayriladi va modelda ko‘zda tutilgan masofada bezak baxyaqator bilan 
    puxtalanadi.
    Tutashtirma chok (30-rasm, d) qotirmalik materiallardan bichilgan 
    detallam i ulash uchun, shuningdek yupqa chok chiqarish talab 
    qilingan hollarda bort qotirmasidagi vitachkalami birktirib tikish 
    uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uch u n ikki detaining 
    qirqimlari yupqa gazlama yoki boshqa gazlama bo‘lagi ustiga qo‘yiM i 
    va qirqimdan 0,5 sm ichkaridan bostirib tikiladi, keyin detallarning 
    qirqimlari siniq baxyali mashinada ulanadi.
    Q o‘sh chok (30-rasm,e) kiyimlar, choyshablar, shuningdek ip 
    gazlamadan yengil bolalar kiyimini tikishda ishlatiladi. Bunday chok 
    tikish uchun detallar oldin teskarisini ichkariga qilib qo ‘yiladi va 
    0,3-0,4 sm ichkaridan biriktirma chok bilan tikiladi, so‘ngra tikilgan 
    d e tallar ag ‘d arilib , o ‘ngini ichkariga qaratib q o ‘yiladi, chok 
    to ‘g‘rilanadi ham da d etallar ch etid an 0 ,5 -0 ,7 sm ichkaridan 
    baxyaqator yuritiladi. Ichki choklar (30-rasm , j) ich kiyimlar, 
    maxsus kiyimlar va astarsiz kostyumlar tikishda ishlatiladi. Tayyor 
    chokning eni 0,5-0,7 sm. Bunday chokni tikish uchun ikki detal 
    o ‘ngini ichkariga qilib q o ‘yiladi, ostki detaining qirqimi tayyor 
    holdagi chok eniga 0,3-0,5 sm qo‘shilgan masofaga chiqariladi, ostki
    42


    detaining qirqimi ustiga qayriladi va qirqimdan 0,1-0,2 sm ichkaridan 
    biriktirib tikiladi. So‘ngra detal ikki tom onga yoyiladi, chok kichik 
    qirqimni berkitadigan qilib qayriladi va shu qayrilgan chetidan 0,1- 
    0,2 sm masofada ikkinchi baxyaqator yuritiladi.

    Download 2,76 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




    Download 2,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     .8 .Mashinada bajariladigan ishlar uchun ish o‘rnini tashkil qilish

    Download 2,76 Mb.
    Pdf ko'rish