Uchlari maxsus charxlangan (ovalsimon, kvadrat, romb va boshqa
shakllarda) ignalar juft nomerlar bilan belgilanadi.
Ignalami ulaming uzunligi, diametri va kolba qismining uzunligiga
qarab gumhlarga ajratiladi, 60 dan 100 chi nomerga qadar ignalar 5
ga teng interval bilan raqamlanadi. Masalan: 80, 85, 90, 95, 100.
Undan keyin 10 ga teng interval bilan raqamlanadi. 100, 110, 120,
130 va hokazo 300 gacha. Bu raqamlar ignaning diametrini bildiradi,
va millimetrning yuzdan bir bo‘lagi bilan ifodalanadi, masalan 100
nomerli ignaning diametri 1mm. Igna ko‘zining dimetri o ‘tkaziladigan
ip diametridan kattaroq bo‘lishi kerak.Ignagazlamaturi, qalinligiga
qarab tanlanadi.