• Web dasturlash haqida, Frontend nima
  • Nabiyeva muhrinisa bahtiyor qizining




    Download 5,36 Mb.
    bet1/6
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,36 Mb.
    #135299
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    619 22


    0O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi
    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali
    Kompyuter injiringi” fakulteti
    2-kurs 619/22 – guruh talabasi
    NABIYEVA MUHRINISA BAHTIYOR QIZINING
    Wep dasturlashga kirish”
    fanidan bajargan
    MUSTAQIL ISHI.


    Bajardi: Adhamxojayev Qabul qildi: Soliyev Bahromjon
    Farg’ona – 2023.
    Mavzu: Fast Food Ovqatlarini yetkazib berish firmasini web saytini yasash

    Reja:


    1. Kirish.

    2. Asosiy qism.

    2.1. Web dasturlash haqida tushuncha
    2.2. Fast food web saytini tayyorlashda amalda qo‘llanilgan
    web saytlar haqida nazariy ma’lumot
    2. 3. Fas hud wep sayti.



    1. Xulosa.

    2. Foydalanilgan adabiyotlar.

    3. Ilova



    I.Kirish
    Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot. Dasturlashni o‘rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri.
    Web dasturlash brauzeringiz orqali ko‘rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo‘lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo‘lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti!

    Web dasturlash haqida, Frontend nima?


    Siz bilan Web dasturlash nima ekanligi bilan qisqacha tanishib chiqdik. Endi hozir siz bilan Frontend haqida qisqacha tanishib chiqamiz
    Avvalo “frontend” va “backend” so‘zlarining o‘zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o‘zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so‘z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko‘rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko‘rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo‘lamiz.
    Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz.
    Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi.
    Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.
    Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.




    🔥 Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan 1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin. Quyida frontend dasturlash sohasiga kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.
    Asosan o‘raganish kerak bo‘lgan manbalar bo‘lar (Frontend uchun)
    🔻 Front-End quyidagi texnologiyalar o‘rganiladi (mana shu ketma ketlikda):
    🔸 Html5
    🔹 Css3
    🔸 JavaScript (Es6)
    🔹 Bootstrap
    🔸 jQuery yoki Js framework Vue.js, React.js, Angular
    🔹Sass

    Download 5,36 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 5,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nabiyeva muhrinisa bahtiyor qizining

    Download 5,36 Mb.