Less va Sass oldindan ishlov beruvchi freymvorklari CSS asosida yaratilgan bo‘lib, dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Uning yordamida sayt tuzishga ketadigan vaqtni tejab, nisbatan kamroq kod yozish mumkin bo‘ladi. Hatto, bu ikkisi yordamida sayt stillarini yozishga dasturlash tillari kabi yondashish mumkin.
Bootstrap, Materialize, Foundation va boshqa CSS freymvorklar.
Bu freymvorklar dasturchiga deyarli tayyor ko‘rinishdagi sayt elementlarini taklif qiladi. Ular yordamida odatda ko‘p ishlatiladigan elementlarni bir necha daqiqalar ichida tuzish mumkin. Ularning har biri o‘ziga xos stildagi elementlarga ega. Material va yassi stillar ham shular jumlasidandir. Hatto saytni qog‘ozda qo‘lga chizilgandek ko‘rinishga keltiradigan freymvork ham bor.
AngularJS, ReactJS va VueJS
AngularJS, ReactJS va VueJS JavaScript dasturlash tiliga asoslangan bo‘lib, ular yordamida veb saytlarni yanada takomillashtirish, qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shish va bu o‘zgartirishlarni dasturchi o‘ylagandan ham oson usulda amalga oshirish mumkin. Agar siz HTML, CSS, Bootstrap va JavaScriptni biladigan frontend dasturchi bo‘lsangiz, bugungi kunda yurtimizda oyiga o‘rtacha 100$ dan 300$ gacha daromad topishingiz mumkin. Bordiyu siz yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari AngularJS, ReactJS va VueJS texnologiyalaridan birini bilsangiz, sizning o‘rtacha oylik daromadingiz 400$ dan 600$ gacha bo‘lishi mumkin. Bu daromad albatta nisbiy olingan. Veb dasturchilarning daromadi odatda ularning bilim darajasi va tajribasi bilan belgilanadi.
II. Asosiy qism. Bu web saytimizning bosh saxifasi, bu yerda biz saytning hamma bo‘limlarini rasmlarni korishimiz mumkin hamda web saytda ishlatilgan saytlar haqida ma’lumot.