Talabalarning qo`pol xatolari quyidagilardan iborat




Download 156,04 Kb.
bet36/37
Sana23.01.2024
Hajmi156,04 Kb.
#143596
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtex-fayllar.org (1)

Talabalarning qo`pol xatolari quyidagilardan iborat: 
1. Qonun - qoidalarni o`zlashtira olmagan yoki ularni amaliy qo`llay olmaydilar; 
2. Chizma va andozalar elementlarni ko`rinishini to`g`ri bajara olmaydilar
(grafiklar, chizmalarni o`qiy olmaydilar); 
3. O`lchovlarni to`g`ri tanlay olmaydilar.
Qo`pol bo`lmagan xatolar: 
1. Grafik, chizma va rasmlardagi noaniqliklar;
2. O`lchovlar bir-biriga mos kelmasligi. 
Talabalarning bilimlarini baholashni quyidagi kategoriyalar orqali ko`rib
chiqildi: 
1-kategoriya. Ishni kamchiliklarsiz to`liq bajargan talabalarga «5» baho
qo`yiladi (86-100 ball). 
2-kategoriya. a) bitta qo`pol bo`lmagan xato va bitta kamchilikka yoki b)
uchta kamchilikka ega bo`lgan to`liq bajarilgan ishga qo`yiladi. «4» baho (72-85 
ball):
3-kategoriya. ishning 2/3 qismini to`g`ri bajargan yoki a) bitta qo`pol xato 

va ikkita kamchilikka yoki b) bitta qo`pol va bitta qo`pol bo`lmagan xatoga yoki v)


ikkita qo`pol xatoga yoki bitta qo`pol bo`lmagan xatoga va uchta kamchilikka yo`l 
qo`ygan talabaga qo`yiladi. «3» baho (56-71 ball)
«2» va «3» baho talablariga javob bera olmagan talabaga qo`yiladi, agar u 
ishni umuman bajarmasa, unga umuman baho qo`yilmaydi (ball berilmaydi)
hamda, tegishli choralar ko`riladi. 
Albatta bu baho me`yorlari taxminiydir.
YAkunlovchi baho talabaning o`quv ishidagi quyida keltirilgan faoliyatini 
nazarda tutgan holda qo`yilishi lozim:
1. Og`zaki javoblarining sifatini; 


59


2. Amaliy ishlarini bajarishdagi faolligini;
3. Talaba tomonidan muammo qo`yishdagi va uni hal qilishdagi evristik suhbatda 
qatnashishini;
4. Uy vazifalarini muntazam bajarilishini, bajargan ishni to`g`riligi va miqdorini; 
5. Darslik bo`yicha qilingan suhbatlar natijalarini;
6. Mustaqil va nazorat ishlaridagi xatoliklarning xarakterini. 
Baholashning yakunlovchi bosqichi bitirish imtihonidir. Bitirish imtihonida
yuqoridagi talablarning hammasini e`tiborga olgan holda talabalarning 
o`zlashtirishlariga baho qo`yiladi.
YUqoridagi baholash me`yorlaridan ko`zda tutilgan maqsad, mashg`ulot 
davomida har bir talabani o`z ustida ishlashga majbur etadi hamda, vaqtdan unumli
foydalanishni o`rgatadi. 
Mashg`ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
ishining boblarida ko`rib chiqilgan bo`lib, har bir mavzu uchun kerakli bo`lgan 
metodlarni qay tarzda tanlash va foydalanish haqidagi ma`lumotlar oqilona tarzda
batafsil bayon qilingan. 
Pedagogik tadqiqot natijalarini tahlil qilishda matematik-statistika
metodidan foydalanildi. 
Bunday metodni qo`llash, tadqiqot natijalarini ishonchliligi yoki
ishonchsizligini isbotlanishini ta`minlashga imkon yaratadi. SHu sababli statistik 
metodning qo`llanilishi izlanish tavsifidagi tadqiqot ko`lamini o`zgartirmaydi.
Tajriba - sinov ishlari 2013-2014 o`quv yilining ikkinchi yarmida 
Namangan shaxar Mayishiy xizmat ko`rsatish kollejida “Chevarchilik va dizayn”
yo`nalishida o`tkazildi 
Pedagogik tajriba-sinov ishlaridan ko`zlangan maqsad, talabalarni
ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, 
o`qitish jarayonida o`quv faoliyatini rivojlantirishga, ularni fikrlash jarayonini
o`sishiga ko`maklashishni aniqlashdan va mustaqil o`quv faoliyat malakalarini 
rivojlantirishni ta`minlay olishni tekshirib ko`rishdan iborat.



60


Bundan ko`zlangan asosiy maqsad, mashg`ulotlarini samaradorligini
oshirish, 
ta`lim
jarayonida 

bir
xillikdan 


qochish,
yangi

pedagogik


texnologiyalardan foydalanish, talabalarning fikrlash qobiliyatlarini o`stirish, 
ularning ilmiy -tafakkur va izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam
berish hamda bilim darajasini aniqlashdan iborat edi.
Tajriba
ob`yektlarda 
guruhlar
“Tajribaviy” 
guruhlariga,
ya`ni

mashg`ulotlarning samaradorligini oshirish maqsadida ta`lim yangi pedagogik


texnologiyalar asosida olib borildi, 
“Tekshiruv” guruhlarida esa mashg`ulotlar an`anaviy tarzda o`tkazildi.
“Tajribaviy” guruh sifatida Namangan shaxar Mayishiy xizmat ko`rsatish
kollejida “Chevarchilik va dizayn” yo`nalishining 11/14gurux talabalari tanlandi
hamda,

“Tekshiruv” guruhi sifatida Namangan shahar Mayishiy xizmat ko`rsatish


kollejida “Chevarchilik va dizayn” yo`nalishining 11/12gurux talabalari tanlandi. 
Tajriba o`tkazish jarayonida talabalardan testlar olish, savol-javoblar va
yozma ishlar ko`rinishida olib borildi. O`tkazilgan tajriba, tekshirish va kuzatish 
natijalarini matematik-statistika usullari bilan tekshirish va tahlil qilish ishonchli
xulosalar chiqarish imkonini berdi. 
Talabalar bilimining chuqurligi va mustahkamligi darajasini tahlil qilish,
ularning og`zaki javoblari, test va yozma ish natijalari yuqorida ajratgan uchta 
kategoriya bo`yicha baholandi.
Pedagogik tadqiqot ishida taklif etiladigan usullarning yoki yangiliklarni 
samaradorligini tekshirish va tajriba natijalarini ishonchliligini baholash uchun eng
ko`p ishlatiladigan matematik-statistika modellaridan foydalanib aniqlanadi: 
«Tekshiruv» guruhlarida mos ravishda 68% “yaxshi” va “a`lo” baholar
bilan baxolandi va «Tajribaviy» guruhlarda ham mos ravishda 74% “yaxshi” va 
“a`lo” baholar bilan baxolandi. Bundan shunday xulosa qilish mumkin, bu oraliqlar
an`anaviy baholash tizimida olinganda «Tekshiruv» guruhlarida qoniqarli va 
yaxshi baholarni, «Tajribaviy» guruhlarda esa asosan yaxshi va a`lo baholarni
qamrab olgan. Bundan tashqari, 


61


Talabalarda malaka va ko`nikmalar hosil qilish bo`yicha qo`llanilgan sinov
metodikasi samarali bo`lib, talabalarning o`zlashtirishiga ijobiy ta`sir etadi, ularda 
mehnatga bo`lgan qiziqishni yanada orttirar ekan.
Talabalarning “Tajribaviy” guruhlaridagi o`zlashtirish ko`rsatkichlari 
“Tekshiruv” guruhlarining o`zlashtirish ko`rsatkichlariga qaraganda yuqori
ekanligini ko`rish mumkin.

XULOSA 


62


Kollejlarda ta`lim olayotgan talabalarga o`rgatish jarayonida ularning
faoliyatini aktivlashtirish, fikrlash qobiliyatlarini o`stirish hamda amaliy 
tayyorgarligini amalga oshirish haqidagi masalalarga respublikamiz mustaqillikka
erishgandan boshlab katta e`tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, asosiy buyum 
andazalarini chiqarish, tayyorlangan chizma va andozalarni tahlil qilishda oid
mashg`ulotlarining 
optimallashtirish
hamda

ishlab
chiqarish 


jarayoniga
yaqinlashtirish bo`yicha davlat ta`lim standartlari asosida juda ko`plab 
o`zgartirishlar kiritildi. Bu o`zgartirishlar rivojlangan mamlakatlarning pedagogika
sohasidagi tajribalarini, to`plagan bilimlarini va erishgan yutuqlarini har 
tomonlama muhokama qilish va hozirgi zamonaviy texnologiya yutuqlarining
ta`siri natijasiga ko`ra amalga oshirilayotgan ishlardir. 
YUqoridagi fikrlar asosida va bitiru malakaviy ishning mavzusiga oid
adabiyotlarning tahlili va ilmiy izlanish natijasida quyidagi masalalarni hal qilishga 
harakat qilindi:
1.mashg`ulotlarni tashkil etish talablarini ishlab chiqildi;
2.izlanish
jarayonida 
quyidagi
gipoteza 
aniqlandi.
Talabalarning 
mashg`ulotlar jarayonidagi faoliyat samaradorligi yanada ortadi, agar talabalarni
unumla mehnatga jalb etilsa. 
Izlanishlar shuni ko`rsatadiki, chizma va andozalarni tahlil qilishni
o`rganish jarayonini jamoa bo`lib muhokama qilish, har bir talaba o`zi ko`rgan 
fasonlarni hamda uni tashkil qilgan qismlarni tuzilishini tushuntirib berishi,
ularning afzalliklari va kamchiliklarini bilgan holda foydalanish samarali 
hisoblanadi.
Mashg`ulotlarda o`quv maqsadlari uchun ma`lumotlarga ega bo`lgan 
xujjatlardan foydalanish, chizma va andozalarni yanada takomillashtirish, turli xil
chizma va andozalarni tahlil qilishda bajarish tajribalaridan foydalanish kabi 
metodlarni qo`llash, talabalarni bilimlarini va dunyoqarashlarini rivojlanishiga asos
bo`ladi. 


63


Mashg`ulotlarda talabalarga o`rgatish jarayonida ularning tushuna olish
qobiliyatlarini, bilim olish darajasini aniq belgilash uchun o`qituvchi psixologik 
bilimga ham ega bo`lishi kerak. O`quv jarayonini talabalarni har tomonlama
o`sishi uchun qo`llash kerak. O`qitish degani, bu bir vaqtning o`zida ham bilimlar 
berish bilan birga Talabalarni o`ylashga, fikrlashga ham o`rgatish demakdir. YA`ni
zamonaviy o`qish va o`qitish jarayonlari o`qituvchi va har bir talaba o`rtasidagi 
alohida muloqatdan iboratdir. SHu jumladan, «YAngi pedagogik texnologiya»
deganda, o`qituvchi va talabaning bevosita o`zaro bog`lanishlarini talaba
ongiga ta`sir ko`rsata olishlari o`z aksini topishi deb tushiniladi.

Talabalarni tinimsiz izlanishlari, o`zlari uchun qonunlarni ochishi bilan 


birga bilim cho`qqilarini egallab borishlariga bog`liqdir. Buning uchun talabalarni
o`qishga bo`lgan munosabatini yaxshilash, ularni qiyinchiliklarni engishga 
o`rgatish va ijodkorlik tasavvurlari, o`y-fikrlarini takomillashtirish zarur. O`quv
materialini sodda eslab qolish, talabalarni ijodiy fikrlash aktivligi, ularni mustaqil 
bilim olishga yo`llash va talabalar imkoniyatlarini o`qish jarayonida kengaytirib
borish demakdir. Chizma va andozalarni tahlil qilish uchun zaruriy aqliy harakat 
uslublarini o`rganish, talabalarni o`quv ijodkorligini maksimal darajada
aktivlashtirishdagi, o`rganishning usul va uslublarini keng qo`llanishi, shuningdek, 
ularni o`ylash mustaqil ishlash hamda sinfdan tashqari ishlarni bajarishga
o`rgatishdan iboratdir. 
Bugun biz har tamonlama mukammal darajada bo`lgan kadrlarni
tayyorlashdan oldin, o`zimiz mukammal darajada tayyor bo`lishimiz kerak. Hamda 
o`z shogirdlarimizni zamon bilan hamnafas holda tarbiyalay olishimiz lozim.
CHunki hozirgi asrimiz texnika va texnologiya asri bo`lib, rivojlana bormoqda. 
Albatta bu sohada ko`plab yangiliklarni yaratishimiz lozim. Bu albatta mustaqil
yurtimizning o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan farzandlarini qo`lidan keladi.(3) 
Bitiruv malakaviy ish mashg`ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalangan holda o`rgatishda, didaktik hamda metodologik vositalardan biri 
bo`lib xizmat qiladi.



64



Download 156,04 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Download 156,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarning qo`pol xatolari quyidagilardan iborat

Download 156,04 Kb.