• 1 – GURUHGA TAQDIM ETILADIGAN MATERIALLAR
  • Mato bezaklar
  • O`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va ma`ruza matnining rejalari




    Download 156,04 Kb.
    bet29/37
    Sana23.01.2024
    Hajmi156,04 Kb.
    #143596
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
    Bog'liq
    Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtex-fayllar.org (1)

    O`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va ma`ruza matnining rejalari 

    asosida oldindan tayyorlab qo`yilgan tarqatma materiallar bilan 

    ta`minlanadi. (Namuna sifatida bitta guruhga beriladigan tarqatma 

    materialni taqdim etamiz) 

    Guruhlarda ishlash qoidasi 
    SHerigingizni diqqat bilan tinglang. 


    Guruh ishlarida o`zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas`uliyat bilan
    yondashing. 
    Аgar yordam kerak bo`lsa, albatta murojaat qiling.
    Аgar sizdan yordam so`rashsa, аlbatta yordam bering. 


    Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
    Аniq tushunmog`imiz lozim: 

    Bоshqalarga o`rgatish orqali o`zimiz o`rganamiz; 


    Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz yoki birgalikda cho`kib 


    ketamiz.

    1 – GURUHGA TAQDIM ETILADIGAN MATERIALLAR


    46

    Kiyim furniturasi va bezak materiallari 
    Bezak kompozitsiyaning mustaqil elementi emas - bu qo`shimcha, ziynat 

    bo`lib, kiyimda yo`q bo`lishi ham mumkin.


    Kostyum tarixining har qaysi bosqichida o`z bezak turlari va ularni ishlatish 

    usullari bo`lgan.


    Kostyumni yaratish tajribasida ishlatiladigan bezak turlari xilma-hil bo`lib, 

    ular kompozitsiyadagi asosiy g`oya bo`lishi yoki kostyumlardagi mo`ljallangan


    badiiy - obrazli niyatni kuchaytiradigan va boyitadigan bo`lishi mumkin. Bezak 
    yordamida kostyum shaklini yoki uning bir qismini bo`rttirib ko`rsatish mumkin,
    shakllarni bo`laklarga ajratib ham ko`rsatish mumkin. Bezakni dekorativ va 
    konstruktiv ahamiyati bo`lishi mumkin (drapirovka, bo`rtma burma, mayda
    taxlama, gofre, plisse va h.k), dekorativ-utilitar ahamiyati (belbog`lar, cho`ntaklar, 
    tugmalar, furnitura va shu kabilar) va faqat dekorativ ahamiyati (kashta, qo`yma
    burmalar, boshqa material bilan bezash va b.) bo`lishi mumkin. 
    Hozirgi son-sanoqsiz bezaklarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

    - barcha turdagi bo`rttirma choklar, taxlamalar, bo`rtma burmalar, 


    drapirovkalar, plisse, gofre;
    - asosiy yoki bezak materiallardan yasalgan detallar: qo`yma burmalar, 

    mag`izlar


    - maxsus bezak materiallari: to`r, tasma, popuk, munchoq, steklyarus, 

    lentalar va boshqalar.


    - furnitura (tugmalar, to`qalar, pistonlar va boshqalar .); 

    - kashta, qoplama bezak va boshqalar .


    - bezak materiallar: mo`yna, charm, zamsha va boshqalar ; 

    - kostyum detallariga bosma naqsh solib bezash;


    va boshqalar . 
    Bezak turini, uning joyini tanlash kostyum turi va nimaga mo`ljallanganiga, 

    uning shakliga, materialning fakturasiga, jins-yoshiga, odamning gavda turiga,


    odamning gavda tuzilishiga va xarakteriga, modaga, faslga va boshqalarga 
    bog`liq.



    47

    Modaning har bir davriga o`ziga xos bezaklar mansub. Vaqt- vaqti bilan 
    bezaklar qayta qo`lllanadi. Bezaklar doimiy (kashta, tugma, piston, munchoqlar,
    kant va b.) va olib qo`yiladigan (yoqa, belbog`, sun`iy gullar va boshqalar ) 
    bo`lishi mumkin.

    Mato bezaklar: 
    Mato bezak sifatida barcha kiyim turlarida vaqtlar aro keng qo`llangan. 

    Bezak sifatida materialni qo`llanishida asosiy gazlama bilan bog`lanish uch turda


    bo`lishi mumkin: 
    - asosiy va astar gazlamasi bir fakturali va har xil rangli; 

    - har xil fakturali gazlamalar, rangi esa bir xil; 


    - har xil fakturali va rangli gazlamalar. 

    Download 156,04 Kb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




    Download 156,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va ma`ruza matnining rejalari

    Download 156,04 Kb.