• Talabalar mustaqil ta`limining mazmuni va hajmi. 2 kurs III term
  • Form of student’s individual work h/s note
  • NIZOM
  • Baholash tartibi va mezonlari
  • Namangan davlat universiteti




    Download 89.65 Kb.
    bet4/5
    Sana31.03.2020
    Hajmi89.65 Kb.
    #9446
    1   2   3   4   5

    Talabaning mustaqil ishi:


    Talabalarning fan bo‘yicha mustaqil ishi bu til o‘rganish jarayoniga bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat turlarini qamrab oladi, ya`ni bu:

    • tinglab tushunish,

    • o‘qib tushunish,

    • og‘zaki nutq,

    • yozma nutq,

    • uy vazifasini yozma va og‘zaki bajarish,

    • lug‘at yodlash,

    • mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot topib kelish,

    • o‘z fikrini ayta olishi,

    mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali qurol tayyorlash kabi mustaqil ishlarni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalar darslar va darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi tomonidan tekshirib boriladi. Talaba har bir dars davomida mustaqil ishlashi mumkin.

    Talabalar mustaqil ta`limining mazmuni va hajmi. 2 kurs

    III term

    1

    2

    3

    4

    5



    Themes

    Form of student’s individual work

    h/s

    note



    Gardening.p.161 ex-15 answer the questions

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    The Past perfect p165.

    O’quv adabiyotlar internet va yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    The Future perfect.p.166

    O’quv adabiyotlar yordamida va mustaqil internet o’zlashtirish

    2






    The perfect Continuous p.167

    O’quv adabiyotlar internet va yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    Newton.p.168

    O’quv adabiyotlari internet va yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    Travelling.p161

    O’quv adabiyotlari internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    The Aral Sea.p.178

    O’quv adabiyotlari internet va yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    Asking the way.p180

    O’quv adabiyotlari internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    The indefinite tenses in the passive voice p.182

    O’quv adabiyotlari internet va yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2




    10.

    The university of Cambridge p.186

    O’quv adabiyotlari internet va yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2




    11.

    The british museum p.189

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2




    12.

    Librariesp.190

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2




    13.

    The Continuous tenses in the passive voice p.192

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2










    total

    26




    IV term

    1

    2

    3

    4

    5



    Themes

    Form of student’s individual work

    h/s

    note



    Great Britain p.197

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    The traffic in future p.203.

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    A visit to Tashkent .p.203.

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    Direct and indirect speech.p210

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    Afternoon tea.p.221

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    The Participle p.222

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    International Congress of biochemistry p.226

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    Space science.p.229

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2






    Ecological balance

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2




    10.

    Problem of environmental protection.p245

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2




    11.

    Laboratory for the human environment.p.24

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2




    12

    The Gerund.p.249

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2




    13

    What is the role of the computer in automation?p.269

    O’quv adabiyotlari va internet yordamida mustaqil o’zlashtirish

    2










    total

    26





    IV.6. Baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar:
    Talabalar o’zlashtirishini baholash tizimi to’g’risida

    NIZOM



    (1-KURS TALABALARI UCHUN)
    Umumiy qoidalar


    1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholash tizimini tartibga soladi.

    Qonun hujjatlariga muvofiq kafedraning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib universitet o’quv bo’limi bilan kelishilgan holda mazkur Nizomga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.

    1. Nizomning maqsadi talabalarning fanlarni o’zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniq baholanishini ta’minlashdan iborat.

    2. Nizomning asosiy vazifalari:

    talabalar o’zlashtirishini baholash tizimini soddalashtirish;

    talabalaro’zlashtirishini baholash tizimini xalqaro tajribalarga uyg’unlashtirish;



    fanlarni o’zlashtirishi bo’yicha talabalar reytingini aniqlash va semestr (yil) yakunlari bo’yicha e’lon qilish orqali ularning ilm-fanga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish;

    professor-o’qituvchilarning fan bo’yicha talabalar o’zlashtirishini baholash shakllarini belgilashdagi vakolatini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;

    o’zlashtirishni baholashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish.

    Baholash turlari va shakllari

    1. Baholash turlari, shakllari, mezonlari va namunaviy savollarkafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasi (Fakultet)ning o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.

    2. Baholash turlari, shakllari, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga professor-o’qituvchilar tomonidan fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda e’lon qilinadi.

    3. Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirishini aniqlash uchun quyidagibaholash turlari o’tkaziladi:

    oraliqbaholash (OB) – emester davomida talabaning fan o’quvdasturini tegishli tugallangan bo’lim(lar)ini o’zlashtirishini baholash usuli. OB soni (bir semestrda 2 tadan oshmasligi lozim) va shakli (suhbat, yozma ish, og’zaki so’rov, ochiq va yopiq test o’tkazish, kollokvium, geografik va yozuvsiz xaritalar bilan ishlash, nazorat ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, ijodiy topshiriq va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

    yakuniy baholash (YaB)semestr yakunida talabaning muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og’zaki so’rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o’tkaziladi.

    1. Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi.

    Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi. Mualliflikni o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar keltirilishi shart.Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uygotadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu barcha yozma ishlarga nolь ball qo’yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor qilishga asos bo’ladi.

    Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan yozma ishlar 6 oy saqlanadi va muddat o’tganidan so’ng o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.

    1. O’quv rejasidagi fanlar bo’yicha belgilangan baholash turlarinibarcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali Fakultet dekani tomonidan tayyorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektori (prorektori) tomonidan tasdiqlanadi.

    2. Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.

    3. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrugi bilan ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi yoki o’quv-uslubiy boshqarma (bo’lim) boshlig’I rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.


    Baholash tartibi va mezonlari


    1. Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.

    Malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot vailmiy- pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha talabalar o’zlashtirishi ham 5 ballik tizimda baholanadi.

    12. Talabaning Xorijiy til fani bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:



    5 (a’lo) baho:

    • xulosa va qaror qabul qila olish;

    • ijodiy fikrlay olish;

    • mustaqil mushohada yurita bilish;

    • olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

    • xorijiy til va uni o’rganish mohiyatini tushunish;

    • mavzular mohiyatini to’la bilish va aytib bera olish;

    • tili o’rganilayotgan mamlakat haqida tasavvur va fikrlashga ega bo’lish;

    • fanga oid termin va tushunchalarni izohlay olish;


    4 (yaxshi) baho:

    • mustaqil mushohada yurita olish;

    • auditoriyada olgan bilimlarini amalda qo’llay ola bilish;

    • xorijiy til va uni o’rganish mohiyatini tushunish;

    • mavzular mohiyatini bilish, aytib berish;

    • tili o’rganilayotgan mamlakat haqida tasavvur va fikrlashga ega bo’lish;

    • fanga oid termin va tushunchalarni izohlay olish;

    3 (qoniqarli) baho:

    • xorijiy til va uni o’rganish mohiyatini tushunish;

    • mavzular mohiyatini bilish, aytib berish;

    • tili o’rganilayotgan mamlakat haqida tasavvurga ega bo’lish;

    • fanga oid termin va tushunchalarni izohlay olish;


    2 (qoniqarsiz) baho:

    • xorijiy til fani dasturini o’zlashtirmaganlik;

    • xorijiy til va uni o’rganish mohiyatini tushunib yetmaslik;

    • tili o’rganilayotgan mamlakat haqida aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;

    • mustaqil fikrlay olmaslik

    • fanga oid termin va tushunchalarni izohlay bilmaslik;


    13. Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan muayyan fandan baholash mezonlari ishlab chiqiladi va talabalarga e’lon qilinadi,

    1. Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofiq talabaning o’zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi kerak. Buning uchun mas’uliyat fan o’qituvchisi hamda kafedra mudiriga yuklatiladi.

    Savollar (topshiriqlar) tarkibiga fan dasturidan kelib chiqqan holda nazariy materiallar bilan birga mustaqil ish, geografik va yozuvsiz xaritalar bilan ishlash, amaliy va seminar mashg’ulotlari materiallari ham kiritiladi.

    Baholashlarni o’tkazish muddati



    1. Baholashlarni tasdiqlangan o’quv jarayoni jadvaliga muvofiqdekanat tomonidan tuzilgan jadval asosida fan bo’yicha o’quvmashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchilar o’tkazadi.

    2. Uzrli sabablarga (talabaning kasal bo’lishi, yaqin qarindoshlari oilasida favqulodda holatlar, yashash joyi bilan bog’liq muammoli vaziyatlar) ko’ra baholashlarda qatnashmagan talabalarga, asoslovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, Fakultet dekani farmoyishi bilan baholashlarni shaxsiy grafik asosida topshirishga ruxsat beriladi.

    3. Birinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talabaikkinchi oraliq baholashgacha, ikkinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba yakuniy baholashgacha qarzdorligini qayta topshirishi mumkin.

    4. Yakuniy baholashdan 2 (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

    Kuzgi semestr natijalari bo’yicha qarzdor talabalarga navbatdagi semestr yakunigacha, bahorgi semestr natijalari bo’yicha qarzdor talabalarga yangi o’quv yili boshlanishiga qadar qayta topshirishga qo’shimcha muddat beriladi.

    Qayta topshirishlar soni 2 martadan oshmasligi kerak. Ikkinchi qayta topshirish Fakultet dekani tasdiqlagan komissiya tomonidan qabul qilinadi.

    Qo’shimcha muddatlarda ham akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba Fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’I bilan kursda qoldiriladi.

    1. Talaba baholash natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha baholash turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida Fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda Fakultet dekani taqdimnomasiga muvofiq rektor buyrug’I bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

    Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.

    1. Kursda qoldirilgan talaba o’qishini fan(lar)ni o’zlashtirmagan semestr boshidan boshlaydi va mazkur semestrdagi barcha fanlarni qayta to’liq o’zlashtirishi shart.


    Download 89.65 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 89.65 Kb.