• Talabalar bilimini to’g’ri va adolatli baholash bo’yicha tuzilgan komissiya faoliyati to’g’risida
  • 3.2.Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar hamda axborotmanbalari.
  • Qo’shimcha adabiyotlar
  • INTERNET SAYTLARI
  • Namangan davlat universiteti




    Download 89.65 Kb.
    bet5/5
    Sana31.03.2020
    Hajmi89.65 Kb.
    #9446
    1   2   3   4   5

    Baholash natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi

    1. Talabaning fan bo’yicha yakuniy bahosi semestrda belgilangan baholash turlari (OB, YaB) bo’yicha olingan ijobiy ballar (3, 4, 5)ning o’rtacha arifmetik miqdori sifatida aniqlanadi va yaxlitlanib butun sonlarda qaydnoma, sinov daftarchasi va talabalar o’zlashtirishini hisobga olish elektron tizimida shu kunning o’zida (baholash yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, uch kun muddat ichida) qayd etiladi.

    Talabaning “2 (qoniqarsiz)” bahosi sinov daftarchasiga qayd etilmaydi.

    1. Talabalarning o’qish sifatini qiyosiy tahlil qilish maqsadida har bir fandan olingan baholar asosida talabalar reytingi shakllantiriladi.

    23. Fakultet dekanati semestr oxirida o’qitish natijalari bo’yicha quyidagi akademik reytinglarni hisoblaydi:

    - alohida fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va Fakultet miqyosidagi reytingi;



    - semestrdagi barcha fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va Fakultet miqyosidagi reytingi;

    - bir necha semestr davomida o’tilgan fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va Fakultet miqyosidagi reytingi.



    24. O’quv iili yakuni bo’yicha eng yuqori reyting ko’rsatkichiga egabo’lgan talabalar “Kafedraning (kurs)ning eng yaxshi talabalari ro’yxatiga kiritiladi hamda kafedra mudirining buyrug’I bilan moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga tavsiya etiladi.

    Talabalarning reyting ko’rsatkichlari universitet “Aks sado” gazetasi va namdu.uz yoki boshqa saytlarda yoritiladi.

    25. O’quv rejasiga kiritilgan (har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olingan holda) fanlarning ¼ qismini kamida “4” (“yaxshi”) bahoga va qolgan ¾ qismini hamda davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlari (magistrlik dissertatsiyasi)ni 5 ( a’lo ) baholarga topshirgan talabalarga imtiyozli diplom beriladi.

    26. Baholash natijalari kafedra yig’ilishlari, Fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

    27. Fakultet dekanati (o’quv-uslubiy boshqarma)da saqlanadigan qaydnomalar baholash natijalari bo’yicha talabaga stipendiya belgilashda asos bo’lib hisoblanadi.

    Talabaga imtiyozli diplom belgilashda hamda stipendiyalarni tayinlashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha dekanatlarda saqlanayotgan qaydnomalardagi o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olinadi.

    28. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida talabalar o’zlashtirishini baholash tizimini ilg’or xorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida qo’llaniladigan baholash tizimiga uyg’unlashtirish mazkur Nizom ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

    Ilovada ko’rsatilmagan holatlar bo’yicha baholash tizimining muvofiqlik masalasi oliy ta’lim muassasasining o’quv-uslubiy ooshqarmasi (bo’limi) tomonidan rektor bilan kelishgan holda hal etiladi va izoh beriladi.



    Talabalar bilimini to’g’ri va adolatli baholash bo’yicha tuzilgan komissiya faoliyati to’g’risida

    Talabalar bilimini baholashni adolatli olib borish, talabalar bilimini xolisona baholash, reyting tizimini shaffof o’tkazish maqsadida kafedra tomonidan maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga kafedra mudiri, guruh murabbiyi, o’tilgan fan o’qituvchilari va kafedraning yetuk professor-o’qituvchilari kiritiladi. Ayni paytda kafedra mudiri rais, o’qituvchilar a’zo hisoblanadi. Qo’yilgan ballar rais va a’zolar tomonidan muhokama qilinib, yakuniy xulosa asosida e’lon qilinadi.

    Komissiya a’zolari kafedra bo’yicha o’tiladigan barcha fanlarda ishtirok etadilar.

    Joriy, oraliq va yakuniy nazorat komissiya a’zolari tomonidan olinadi. Unda talabaning fandan o’zlashtirishi, bilim saviyasi, darslarga muntazam kelishi va o’qish jarayonida faollligi, jamoat ishlarida (bayram tadbirlari) va kafedra faoliyati bo’yicha ishtiroki, obodonlashtirish ishlarida faol ishtiroki va jonbozligi eng asosiy mezonlar sifatida qaraladi.



    Agar talaba bir semestrda kafedra o’qituvchilariga 3 marta tushuntirish xati yozgan bo’lsa komissiya a’zolari belgilangan me’yorlar asosida talabaga o’rnatilgan tartibda chora qo’llashi mumkin.
    3.2.Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar hamda axborotmanbalari.



    Asosiyadabiyotlar

    1.

    Boqiyeva.G.HScale up. Student’s book. Course 1,2,3.



    E.A Abdalina .Ingliz tili darsligi.T.2003

    3

    V.Evans .J.Dooley. Enterprise 2 Express publishing 2007

    4

    V. Evans .J.Dooley Grammarway 2 Express publishing 2007

    5.

    Ismailov A.A., Sattarov T.Q., Jalolov J.J., Ibragimxo’jaev. Ingliz tili amaliy kursidan o’quv-uslubiy majmua // Nofilologik yo’nalishda ingliz tilini horijiy til sifatida hamda filologik yo’nalishida ingliz tilini ikkinchi horijiy til sifatida o’qitiladigan oliy ta’lim muassasalari ilk (Independent User, Threshold B1) bosqich talabalari uchun. T.: O’zDJTU. 2011.

    6.

    Ismailov A.A., Sattarov T.Q., Jalolov J.J., Ibragimxo’jaev. Ingliz tili amaliy kursidan o’quv-uslubiy majmua // Nofilologik yo’nalishda ingliz tilini horijiy til sifatida hamda filologik yo’nalishida ingliz tilini ikkinchi horijiy til sifatida o’qitiladigan oliy ta’lim muassasalari ilk (Independent UserVantage B2) bosqich talabalari uchun. T.: O’zDJTU. 2011.

    7.

    Kudryaevseva O.Ye.English for businessmen, 2-qism, Toshkent, 2000yil.

    8.

    Ishmuxamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish usullari. Sattarov T.K. Angliyskiy dlya studentov-yuristov (1 chast). T.:TGYuI. 2005.




    Qo’shimcha adabiyotlar:

    1

    Agzamova Z.I. Turdieva S.X. Fizika fakulteti bakalavriat talabalari uchun ingliz tilidan matnlar to’plami. NUUZ. T. 2007

    2.

    Allamov O.A. Grammatika angliyskogo yazika.NUUZ. T. 2006

    3.

    Artikova Yu.A. Mexanika-matematika fakulteti bakalavriat talabalari uchun ingliz tilidan matnlar to’plami NUUZ. T. 2006

    4

    Artikova Yu.A., Sabirova G.P.,Djumabaeva J.SH. Anglo-russko-uzbekskiy slovar dlya matematikov. NUUZ. T. 2004

    5

    Artikova Yu.A., Sabirova G.P. Ingliz tili grammatikasi. NUUZ, T. 2005

    6

    Kerbalaeva B.D. Anglo-russko-uzbekskiy slovar. NUUZ. T. 2005

    7

    Sattarova Z.B. Metodicheskaya razrabotka po angliyskomu yaziku na temu «Ekologiya». NUUZ. T. 2003

    8

    Yusupova Z.SH.Sbornik angliyskix tekstov dlya neyazkovix fakultetov. NUUZ. T. 2003

    9

    Kerbalaeva B.D. Anglo-russko-uzbekskiy slovar. NUUZ. T. 2005







    INTERNET SAYTLARI



    http://iteslj.org/



    http://iteslj.org/Techniques/Yang-Writing.html



    http://iteslj.org/Techniques/Ross-ListeningComprehension.html



    http://www.teachingenglish.org.uk/think/articles/listening



    http://www.usc.edu/dept/education/CMMR/CMMR_BTSA_home.html#Resources_BeginningTeachers



    http://www.teachermentors.com/MCenter%20Site/BegTchrNeeds.html



    http://www.inspiringteachers.com/



    http://teachnet.org/ntpi/research/prep/Cooper/http://www.alt-teachercert.org/Mentoring.html



    www.examenglish.com



    http://iteslj.org/



    http://iteslj.org/Techniques/Yang-Writing.html

    Izoh: Har bir OTM fan bo’yicha ishchi dasturni tuzishda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari xususiyatidan kelib chiqib sohaga oid o’quv adabiyotlar ro’yxatini shakllantirishi tavsiya etiladi.






    Download 89.65 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 89.65 Kb.