2. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlari va shakllari D




Download 171.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.12.2022
Hajmi171.92 Kb.
#36015
  1   2
Bog'liq
2. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlar
1 5103062953200976606, AKSIYA, Самостоятельная работа №2 Структура данных и алгоритм, Taqvim50, Tex Modul 1-soatlik dars uchun, mustaqil ishi TOPLAM, labaratoria ishi, Mazmunı, Elegenov Ulug`bek O`zb tariyx, 130-132, Baxmal elon, 4-maktab MB xisobot yillik, 1-Журнал муrова, Salamat


Mavzu:
Dars tahlili, uni kuzatish va tahlil qilish. Ochiq mashg`ulotlarni tashkil etish tartibi
Reja : 
1.Ta’lim muassasasi rahbarining dars tahlili orqali dars samaradorligini va 
ta’lim sifatini oshirish 
2.Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari.Dars tahlil turlari va shakllari 
3.Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko`zlangan maqsad 
4.Dars tahlilida psixologik holatlar 
mashg`ulotdan maqsad: tinglovchilarda dars tahlil qilishning ilmiy-metodik 
asoslari oid bilimlarni rivojlantirish 
NAZARIY MASHG`ULOT 
O`tkazilayotgan ijtimoiy tadqiqotlar natijalari shuni ko`rsatmokdaki, 
bugungi o`quvchilarning aksariyati o`qishga qiziqmay quyishdi. Buning 
sabablaridan biri dars mobaynida o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida 
muloqotning umuman yo`qligidir. SHuningdek, umumiy o`rta maktabda, o`rta- 
maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi, xalq 
tarbiyashunosligi va pedagogik ruhshunoslar xizmati to`g`ri yo`lga qo`yilmagan. 
Umuman olganda, o`qituvchi o`zining kuchli va zaif tomonlarini har doim 
anglashi kerak. Ayrim o`qituvchilar o`zlarining zaif tomonlarini, ayniqsa, o`z 
sohalari bo`yicha yetarlicha bilimga ega emasliklarini yopish uchun o`quvchiga 
ortiqcha talablar qo`yadilar. O`quvchilar o`qituvchining bo`sh tomonini tez 
anglaydilar. SHuning uchun, u hadiksirab emas, balki o`qituvchi hurmatini 
joyiga qo`yib munosabatga kirishishi mumkin.
Bunday muhitni va o`quvchilarning ruhiy kayfiyatini o`qituvchi ba’zan 
sezmaydi. O`quvchilar o`qituvchini har doim kuzatib boradilar. Ular undan iliq 
so`z, mehr – muhabbat va muruvvat kutadilar. 
Hozir pedagogika fani oldida ta’limning tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish
muammosi turibdi. SHunday sharoitda, ba’zan o`qituvchining tashqi qiyofasi
ham tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Lekin bularning ichida eng muhimi va
o`quvchi uchun eng ahamiyatlisi - o`qituvchining bilimdonligi, yangilik va
dunyoviy bilimlarga chanqoqligi, uning so`zi bilan ishining muvofiq kelishi, 
o`quvchilarni izlanishga, bilimlarni mustaqil egallashga, har bir fanning 
mohiyatini tushunishga, ishga ijodiy yondashuvishga undashi va erkin fikrlashi
hamda mustaqil ishlash uchun sharoit yaratishi bilan belgilanadi. 
Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko`p yillik ish tajribalari va 
kuzatishlar, o`qituvchi hamisha o`z ustida ishlashi, bilim, ko`nikma va 
malakalarni takomillashtirib borishi kerakligini ko`rsatmoqda. O`qituvchi 
pedagogik mahoratining kundan-kunga o`sib borishi, o`quv jaraënida yangi 
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llay olishini kuchayishi, uning 
pedagogik faoliyatida amalga oshadi. O`qituvchi faoliyatining qanchalik 
samarali ekanligini, odatda, uning mahoratini kuzatish, o`taëtgan darslarini
tahlil qilish orqali bilish mumkin. Bunday ishlarni ko`pincha vazirlikning mas’ul
xodimi, ta’lim muassasasi rahbari yoki metodistlar, o`qituvchi va uslubiy
birlashma boshliqlari amalga oshiradilar. O`qituvchi darsiga kirish va tahlil
qilishni maqsad qilib qo`ygan shaxs, avvalambor, dars tahliliga kirgungacha, dars 


tahliliga kirish va uni kuzatish vaqtidagi hamda dars tugagandan keyingi 
harakatlarini aniq belgilab olishi kerak. 
Dars tahliliga kirgungacha 
- dars o`tkazuvchi o`qituvchi faoliyati bilan tanishish; 
- dars mavzusi, dars jadvali, tinglovchilar (o`quvchilar) guruhi faoliyati bilan 
tanishish; 
- oxirgi marotaba qachon, kimlar, nima maqsadda shu o`qituvchi darsiga 
kirishgani, ularning tahlili, xulosalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish; 
- so`ngra darsga kirish haqida fikr bildirish hamda maqsadni belgilab olish 
va o`qituvchini ogohlantirish, maqsadni tushuntirishi kerak. 
Demak, biror o`qituvchining darsiga kirish mo`ljallangan bo`lsa, 
o`qituvchilik kasbi odobiga ko`ra shaxslarni darsga kiritish oldidan 
(ayniqsa, tashqaridan kelgan shaxslarni) qaysi auditoriya (sinf)ga va qaysi darsga 
kirish kerak ekanliklari bo`yicha ogohlantirilishlari lozim. Avvalo, uslub birlashma 
raisi, imkoniyat bo`lmay qolgan taqdirda ma’muriyat a’zolaridan biri,
tashqaridan kelgan kuzatuvchini birga olib kirishi maqsadga muvofiq. Har
qanday darsga hohlagan shaxs (yuqori tashkilot xodimi, rahbariyat, hamkasb va 
b.) o`qituvchini ogohlantirmasdan to`g`ridan-to`g`ri kirib kelishlari 
madaniyatsizlik (afsuski, ko`pchilik rahbarlar bunga rioya qilmaydilar) 
hisoblanadi. Bu, o`z navbatida, ba’zi-bir anglashilmovchiliklar va psixologik
to`siqlarning oldini olishga ërdam beradi. 
Dars tahliliga kirish vaqtida 
- dars o`tiladigan o`quv xonasiga qo`ng`iroq chalinishidan oldin kirib 
joylashib olish; 
- dars tahlilini o`qituvchini darsga qanday kirib kelishini kuzatishdan 
boshlash; 
- darsga kechikib kelish, egnida ortiqcha kiyim, qo`lida ortiqcha narsalar 
bilan kirib kelish madaniyatsizlik hisoblanadi; 
Demak, kuzatuvchilar orqa o`rindiqlardan birini egallagach, dars boshlanadi. 
O`qituvchi darsga kirganida qo`lida (yoki o`qituvchi stolida) guruh jurnali, 
o`quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, darsning texnologik haritasi bo`lishi kerak, 
kuzatuvchilar dars boshlangunga qadar kerakli xujjatlar bilan tanishib oladilar, 
xona va o`quvchilarni darsga tayyorgarlik darajalarini aniqlab oladilar. 
Dars jarayonini kuzatish vaqtida 
- o`qituvchini darsga kirib kelishi (kayfiyati, ishonchli qadam tashlashi, 
samimiylik holati, birinchi so`zi, tashqi qiyofasi, kiyimi va b.) ni kuzatish; 
- darsga qo`yilgan maqsad asosida dars jarayonini kuzatib borish; 
- kerakli yozuvlar, taklif va tavsiyalarni daftarga qayd qilib borish; 
- chiqib ketmaslik, o`qituvchiga tikilib qaramaslik, uyali telefon bilan 
so`zlashmaslik, o`qituvchini e’tiborini chalg`itmaslik, halaqit bermaslik. 
Demak,o`qituvchi faoliyatiga samimiy holatda munosabatda bo`lish, unga 
hurmat bilan qarash, harakatlarini (pantomimika orqali) ma’qullab turish. 
Darsdan keyingi tahlil 
- avval dars o`tkazgan o`qituvchini eshitish; 
- maqsaddan kelib chiqib tahlil qilish; 


- kamchiliklarni taklif va tavsiya sifatida bildirish, shaxsiga tegmaslik; 
- o`qituvchini obro`sini ko`tarish, unda keyinchalik yanada samarali mehnat 
qilishiga imkoniyat va hohish uyg`otish. 
Demak, dars tahlili o`qituvchida ko`tarinki ruhni shakllantirishi lozim, 
o`tkazilgan tahlil o`qituvchi tomonidan sizni yana bir marotaba o`zining keyingi 
darsiga taklif qilishga majbur etishi kerak. 
Pedagogik tadqiqot, pedagog olimlar va amaliyotchilar fikrlari, shuni 
ko`rsatadiki, dars tahliliga yondashuvlar xilma-xil, lekin ular ichida taxlilga 
kompleks yondashuv alohida o`rin tutadi. 
Darsning kompleks tahlili 
Pedagogik tahlil – o`qituvchi va talaba faoliyatining xilma-xilligi. 
Psixologik tahlil – auditoriya va jamoada psixologik muhit yaratilishi
Ijtimoiy tahlil – munosabat o`rnatilishi, yakka yoki guruhlarda ish olib 
borilishi 
Texnologik tahlil – texnologiyalarni to`g`ri tanlanganligi, maqsadga 
muvofiqligi, qo`llanishi 
Professional tahlil – o`qituvchining kasbiy mahorati va kasbiga bo`lgan 
munosabati 
Metodik tahlil – didaktik tahlil, o`quv jarayonini tashkil etilishi,
konstruktsiyasi 
Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlari va shakllari 
Mutaxassis sifatida o`qituvchining darsini kuzatib, uni tahlil etishni 
mo`ljallagan shaxslar quyidagilarga e’tibor berishlari maqsadga muvofiq: 
- O`qituvchining darsga qanday tayyorgarlik ko`rganligi? 
O`qituvchida darsning o`quv rejasi va mavzu bo`yicha turli 
ishlanmalarning borligi, turli didaktik tarqatma material va ko`rgazmali 
qurollarning tayyorligi. O`qituvchining darsga tayyorgarligi bilan yuzaki (ëki 
darsning bir qismida) tanishib chiqilmaydi. Uning darsga tayyorgarligini butun 
mashg`ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish lozim. 
- Darsga maqsad va vazifalarining qo`yilishi. 
O`qituvchi har bir darsga aniq maqsad ko`yadimi? Maqsadni qanchalik to`g`ri 
qo`yadi? Vazifalar belgilanadimi? 
- Tashkiliy ishlar tahlili 
Mashg`ulot o`tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi, o`quvchilarning 
kayfiyati va sog`ligi, o`quv xonasi va stolining tozaligi, bo`r va namlangan 
lattaning borligi, flipchart yoki oq doskaning hamda markerlar, skochlarning 
borligi, ayrim sabablarga ko`ra darsda qatnashmayotgan o`quvchilarning ismi va 
shariflari yozilgan varaqchaning o`qituvchi stoliga qo`yilishiga, shuningdek 
o`qituvchining darsga hozirligiga va uning tashqi qiyofasiga ham e’tibor 
beriladi. 
Didaktik (ëki ta’limiy) tahlil 
Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan 
murakkabga tomon yo`nalishi, ko`rgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi 
axborotlarning hayotiyligi, ularning jonli va ravon tilda ochib berilishi nazarda 


tutiladi. 
Metodik tahlil 
Bunda o`qituvchi faoliyatining ikki tomoni: birinchidan, o`rganilaëtgan 
mavzuga dasturda mo`ljallangan soatda, uni qanday metodlar ërdamida, 
o`quvchilarning yoshi va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
yetkazib bera olishi, o`quvchilarni o`ylashga, izlanishga majbur etishi va unga
sharoit yaratishi; ikkinchidan,o`qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada
ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O`qituvchining ikkinchi tomoni 
tahlil etilaëtganda, uning ijodkorligi, uslubiy mahorati ko`zga tashlanishi lozim. 
O`qituvchining ilg`or pedagogik va novatorlik tajribalari mana shu yerdan 
boshlanadi. 
- hikoya usuli; 
- og`zaki bayon usuli; 
- suhbat usuli; 
- o`quvchilarning o`zlashtirishiga ko`ra: 
- o`qituvchining so`zlash usuli; 
- ko`rgazmali qurollardan foydalanish usuli; 
- darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash usuli; 
- laboratoriya jihozlari bilan ishlash usuli; 
- texnika vositalari (axborot texnologiyalari, videomagnitofon, 
kompyuter, televizor kabilar)dan foydalanish usuli; 
- sinf doskasidan, geografiya, tarix yoki zoologiyaga tegishli bo`lgan turli 
kartalardan foydalanish usuli; 
- o`qituvchi bayonining sinf o`quvchilari jamoasiga to`la tushunarli bo`lishi 
va bu bayonning izchil ravishda o`quvchi ongiga yetib borishi; 
- o`qituvchi fikrining siyosiy-g`oyaviy jihatdan tarbiya talabiga mos 
bo`lganligi; 
- barcha o`quvchilarning o`qituvchi berayotgan materiallarni ongli ravishda 
o`zlashtirishlari; 
Metodologik tahlil 
Ushbu tahlil mobaynida ta’lim yo`nalishidagi xukumat qarorlari, talablar, 
davlat tili, milliy ruh, madaniyatning go`zal durdonalari, shu soha bo`yicha buyuk
alloma va olimlarning qilgan ishlari, fikrlari,
respublikadagi oxirgi o`zgarishlarning mashg`ulot davomida foydalanilishi asos 
qilib olinishi mumkin. 
Ilmiy-pedagogik tahlil: 
- o`qituvchining ilmiy jihatdan (o`zi mutaxassis bo`lgan fanni ilmiy asosida 
chuqur bilishi) qurollanganligi; 
- shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati; 
- o`z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar bilan 
qurollanib borishi; 
- dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to`g`ri bayon etilishi hamda 
ilmiy atamalarning o`quvchilarga singdirib borilishi; 
- darsda ta’limning o`ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi; 
- darslik materiallarining qo`shimcha adabiyot materiallari bilan 


boyitilishi; 
- o`quvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning 
ilmiy yo`nalish bo`yicha maqsadga muvofiqligi; 
- o`quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to`g`ri, qisqa va mukammal bayon 
etilishi hamda uni o`qituvchi tomonidan nazorat qilinishi; 
- dars davomida, yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’limning 
tarbiya bilan bog`lanishi; 
- o`qituvchi va o`quvchilarning nutq madaniyati. 
Psixologik tahlil 
Bu tahlilda, avvalo, o`quvchilarning kayfiyati, ularning sog`ligi, jamoadagi 
sog`lom muhit, o`quvchilarning xushyorligi, fanga bo`lgan qiziqishlari, dars
berayotgan o`qituvchisiga munosabati, o`quvchilarning hozirjavobligi, sezgir va
topqirligi, idroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari,
obrazli va mantiqiy tafakkurlari, o`quvchilar fantaziyasi, oldida turgan
mas’uliyatlariga nisbatan o`quvchilarning irodali yoki irodasizligi, ulardagi 
qobiliyat, bilim, ko`nikma va malakalar ko`lami kabi tomonlar kiradi.
O`qituvchining favqulodda vujudga kelgan vaziyatdan o`z obro`sini saqlagan 
hamda o`quvchi shaxsiga tegmagan holda chiqa olishi, o`zini boshqara olishi ham 
inobatga olinadi. 
Pedagogik tahlil 
Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas’uliyatli bo`lib, o`qituvchining 
tashqi qiyofasi, o`quvchilar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan
birgalikda dars jarayonida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini
o`quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati ham nazarda tutiladi. 
Mashg`ulot mobaynida hozirgi kunda dolzarb bo`lib turgan milliy tarbiya 
(ekologik, iqtisodiy, axloqiy, jinsiy, mehnat, nafosat va milliy istiqlol g`oyasini 
singdirish) elementlari qanday amalga oshirildi? 
Bu tarbiya turlaridan qay biriga aynan shu darsda ko`proq e’tibor berildi? 
Dars tarbiyaviy ta’sirining samarasi qanday bo`ldi? 
Bu masalalar pedagogik tahlilning asosini tashkil etadi. SHuni ta’kidlash kerakki, 
o`qituvchining ma’noli nutqini hech qachon boshqa narsaga qiyoslash (yoki 
almashtirish) mumkin emasligi ma’lum. 
O`qituvchining hamkorlikdagi vazifasi tahlili: 
- o`quvchilarni fikrlashga o`rgatishi; 
- aniq fikr va materiallarni o`rganib, mulohaza yuritish, fikr 
bildirishni ta’minlashi; 
- o`quvchilarni izlanishga, qidirib topishga o`rgatishi; 
- o`quvchini o`zi mustaqil fikrga ega bo`la olishi. 
Yakuniy tahlil (yoki xulosa). O`qituvchining qanday mutaxassis ekanligi 
buyicha fikrlar va turli takliflar, yo`l-yo`riqlar bayon etiladi. 
Darsni tahlil etish jarayonida, avvalo, mashg`ulot olib borgan 
o`qituvchining gapirishi, so`ngra tahlilda ishtirok etuvchilarning gapirishi 
maqsadga muvofiq. 
Eslatma:o`qituvchining darsi va uning faoliyatiga bir dars tahlili bo`yicha 
xulosa chiqarib bo`lmaydi. Uning faoliyatiga biron fikr bildirish yoki 


tanqidiy fikr berish uchun uning turli shakldagi bir necha darslarini kuzatish 
kerak. 
Darsni kuzatuvchilar, avvalambor, o`zlari shu kundagi ta’lim tizimi va 
bundagi yangicha yondashuvlar, darslarga qo`yilgan zamonaviy talablar, didaktik 
va uslubiy qarashlar, pedagogik texnologiya va interaktiv ta’lim, interaktiv 
metodlardan xabardor bo`lishlari kerak. 
Darsni kuzatuvchilarga an’anaviy, noan’anaviy, rivojlantiruvchi ta’limning 
maqsadi va mazmuniga qarab, darsni tahlil qilishlarigaquyidagi qo`shimcha 
material yordam berishi mumkin. 
Noan’anaviy – nostandart darslar: 
1. Musobaqa va o`yin shaklidagi darslar: tanlov, turnir, estafeta, 
duel, QZK (KVN), tadbirli o`yin, rolli o`yin, krossvord, viktorina. 
2.Ijtimoiy amaliyotda ma’lum bo`lmagan ish shakllari, janrlari va 
uslublariga asoslangan darslar: tadqiq etish, ixtirochilik, birlamchi manbalar
tahlili, sharh, «Aqliy hujum», intervyu, reportaj, taqriz, loyiha. 
3.Muloqotning og`zaki shaklini eslatuvchi darslar: matbuot anjumani
auktsion, benefis, miting, vaqti chegaralangan munozara, panorama, 
teleko`prik, bildirgi, muloqot, «jonli gazeta», og`zaki jurnal. 
4.O`quv materialini noan’anaviy tashkil etishga asoslangan darslar: 
donolik darslari, ochiq tan olish, «dubler harakat boshlaydi» darsi.
5. Xayoliylashgan darslar: ertak dars, sovg`a dars, XXI asr darsi.
6.Muassasa va tashkilotlar faoliyatiga o`xshash asoslangan darslar: sud, 
tergov, tribunal, patent byurosi, ilmiy kengash, muharrirlar kengashi, fermerlik. 
Dars turlari quyidagicha bo`lishi mumkin: 
1. Yangi materiallarni o`rganish. 
2.O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirishga 
yo`naltirilgan darslar. 
3. Umumlashtirilgan darslar. 
4. O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini tahlil qilish va nazorat 
etish darslari. 
Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko`zlangan maqsad 
Darslarni kuzatish va tahlil qilishda maktab rahbarlari faol ishtirok etishlari 
lozim. Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad 
quyidagilardan iborat: 
1.O`quv 
dasturlarining 
dars(pedagogik 
jarayon)da 
qay 
tarzda 
bajarilayotganligini nazorat qilish. 
2. Dars jarayonida DTS talablarining bajarilishini aniqlash. 
3.Mavzularning o`qituvchi tomonidan qay darajada to`g`ri bayon qilinishini 
kuzatish. 
4.Darsda yo`l qo`yiladigan xato va kamchiliklarni tuzatish bo`yicha 
o`qituvchiga aniq maslahatlar va yo`nalishlar berish. 
5. O`qituvchining yaxshi tajribalarini o`rganib, maktabdagi boshqa 
o`qituvchilar o`rtasida ommalashtirish. 
6. O`quvchilarning egallagan bilim, ko`nikma va malaka, shuningdek 
ularning shaxsiy sifatlarini nazorat qilish. 


7. Maktab rahbariyatida darslarni kuzatish bo`yicha aniq reja hamda puxta 
ishlangan pedagogik tizimning mavjud bo`lishi, ularning bu tadbirga 
tayyorgarlik ko`rishi, darsning samaradorlik darajasini nazorat qilishi, uni 
borishi haqida aniq xulosalar chiqarish va yo`l qo`yilgan kamchiliklarni tuzatish 
bo`yicha o`qituvchilarga takliflar berish malakasi bo`lishi lozim. 
8. Darsni kuzatgandan keyin tegishli xulosalar chiqarish va o`qituvchiga 
uning atroflicha qilingan tahlilini do`stona munosabatda taqdim etish kerak. 
9. Tajribali o`qituvchilarning bir necha darslarini kuzatgandan keyin, unga
kuzatish natijalarini umumlashtirgan holda, tahlil qilib berish mumkin. 
10. O`quvchilardan nazorat ishlari olinganda, kuzatuvchi tomonidan uning-
natijalarini aniqlagan holda, dars tahlilini bir kundan keyin berish maqsadga 
muvofiqdir. 
11. Darsni kuzatish va uni to`g`ri tahlil qilish o`qituvchiga o`z xatolarini 
anglab yetish va bartaraf qilish imkonini beribgina qolmay, balki, uning 
keyingi darslarga tayyorgarlik ko`rishdagi mas’uliyatini oshiradi. Natijada 
o`quvchilar chuqurroq bilim egallashlariga imkoniyat yaratiladi. 
12. O`qituvchining darsi bo`yicha xulosa chiqarishda, uni tashkil etishga 
mo`ljallangan ballarga asosan yakuniy baho berish maqsadga muvofiqdir. Agar 
o`qituvchi to`plagan ball 100 bilan 85 oralig`ida bo`lsa, uning faoliyati 
namunali, 84 bilan 75 oralig`ida ijobiy, 74 bilan 60 oralig`ida qoniqarli, 60 
dan past bo`lgan holda esa qoniqarsiz bahoga ega bo`ladi. 
13.O`qituvchilar bir-birlarining darslarini kuzatish rejasini monitoring
xonasida tashkil etilgan ―Ekranga joylashtirish va har oyda kuzatish soni va
sifati bo`yicha yig`ilishlarda hisobotlar berib borish tavsiya etiladi. 
14. Maktab rahbarlari qachon, qaysi o`qituvchining darsini 
kuzatganligini dars tahlili daftariga belgilab boradi. 
Ta’lim muassasalarning faoliyatini kuzatish, o`rganish va ularning 
tahlillaridan ma’lumki, aksariyat maktablarda o`qituvchilarning ko`rgazmali, 
ochiq darslarni jamoa bo`lib kuzatish, tajriba va malakaga ega bo`lgan 
o`qituvchilarning dars berish usullarining yosh o`qituvchilar tomonidan 
o`rganilishi mobaynida tashkil qilinaltgan darslarni texnik vositalar yordamida 
amalga oshirish yaxshi yo`lga qo`yilmagan. 
Bu jarayonni ilmiy jihatdan asoslangan holda, to`g`ri tashkil etish hamda 
maktab ma’muriyati va yosh pedagoglarning muntazam ravishda darslarni 
kuzatishlari va
nazorat qilishlari uchun ta’lim muassasalarida ―Yopiq kichik telestudiyalar
tashkil qilish maqsadga muvofiq. Bu ishlarni tayanch maktablar (I bosqich)da va 
moddiy-texnika bazalari yetarli hamda tajriba va malakaga ega bo`lgan 
o`qituvchilar soni ko`p bo`lgan maktablar (II bosqich)da amalga oshirilishi 
mumkin 
Mazkur ―Yopiq kichik telestudiyalar yordamida maktab rahbarlari, yosh 
o`qituvchilar, yuqori tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar tomonidan ochiq 
darslarni yoki tajribali, malakali va tajribasi ommalashtirilayotgan 
o`qituvchilarning darslarini kuzatish va tahlil etish imkoniyati yaratiladi. 
Dars jarayonida o`qituvchi o`quvchilar bilan guruh va yakkama-yakka tartibda 


faoliyat yuritadi. Bunda quyidagi uslub va texnologiyalardan foydalanadi: 
1. Algoritmlash (tayanch komponentlar, tayanch chizma, diagrammalar, 
qisqa axborotli tezislar). 
2. Ijodiy topshiriqlar yechish. 
3. Modellashtirish (tahlil etish, muammoli savollar, mantiqiy tahlillar, 
qiyosiy taqqoslashlar). 
4. Aqliy hujum. 
5. Sintetik (analoglar yordamida) yechim. 
6. Nutq o`stiruvchi dars. 
7. Evristik suhbat (quyi sinflarda: yo`naltiruvchi savollar berish yo`li 
bilan bilim berish; yuqori sinflarda: topqirlik, ziyraklik, faollikni 
rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim usullari). 
Dars tahlilida quyidagi psixologik holatlarga e’tibor berish zarur: 
- o`quv-biluv jarayonida o`quvchilarni faollashtirish uslublarining 
qo`llanilishi; 
- diqqat-e’tibor, his-hayajon holatlarning kechishi; 
- o`quvchilarning bilim doirasini kengaytirish maqsadida, yangi tushuncha va 
fikrlarning qo`llanilishi; 
- o`quvchining aqliy faoliyatlarini ishga sola oldimi? SHunga muhit yarata 
oldimi? kabi savollarga javob bor lki yo`qligi; 
- o`quvchi – o`qituvchi muloqotlari uchun psixologik muhit vujudga 
keltirilgan lki keltirilmaganligi; 
- dars jarayonida o`quvchilarni faollashtirish, undash, ma’qullash, 
maqtash, ma’naviy qo`llab-quvvatlash, hazil-mutoyiba qilish va maslahatlar 
berish kabi xatti-harakatlar unumli qo`llanildimi? 
- o`qituvchi ―Bolalarga do`stona munosabatda bo`lish‖ dastur loyihasi 
doirasida o`quvchi bilan samimiylikni va o`zaro hurmatni joyiga qo`yishga 
erisha oldimi? 
- dars jarayonida ijodiy muhit yaratildimi? O`quvchilar va o`qituvchi 
o`rtasida o`zaro tushunmovchilik sodir bo`lgan holatlarda o`qituvchi vaziyatdan 
chiqa oldimi? 
- o`qituvchi va o`quvchi orasida muomala madaniyatiga erishildimi? 
Yuqoridagi psixologik muhitlarni hisobga olganda darsni tahlil etishni 
quyidagicha olib borish maqsadga muvofiq: 
1. Dars qaysi tilda olib borilishi, uning umumdarslar tizimidagi o`rni. 
2. Dars jarayonida didaktik maqsadlarning amalga oshirilishi. 
3.Darsning mazmuni (darsda ilmiylik, tushunarlilik, ketma ketlikka 
rioya qilinganligi). 
4. Darsning uslubiy tomoni, ko`rgazmali va texnika vositalarning to`g`ri 
tanlanganligi. 
5.Darsda 
o`quvchilarni 
faollashtirish, 
mustaqil 
ishlashi 
va 
ijodiy 
fikrlashlarining tashkil etilishi. 
6.O`quv materialini o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilganlik darajasi, 
ularning bilim sifati va materialni tushungan holda o`zlashtirilishi. 
7. Darsda iqtidorli o`quvchilarga e’tibor qaratilish darajasi. 


8. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lganligi. 
9. Darsda bolalarni rivojlantirish, tarbiyalashga e’tibor berilishi, 
darsni ularning dunyoqarashlariga moslash, o`rganilayotgan materialga 
munosabatlari, ularni tahlil qila bilishlari, sintez va umumlashtira 
olishlari. 
10. Darsning hayot bilan bog`langanlik darajasi. 
11. Darsda me’yordagi ruhiy muhitning yaratilganligi. 
Kuzatuvchi tomonidan darsni baholash mezonlari 
№ 
Darsni baholash mezoni 
Ball 
Izoh 
I. O`qituvchining darsga tayyorgarligi 
1. 
Dars ishlanmasi, ko`rgazmali qurollar va ularning 
sifati 

2. 
Mavzu bo`yicha ishlanmada DTS talablari va
tarbiyaviy maqsadlarini keng yoritganligi 

3. 
O`qituvchining dars mavzusini ilmiy-metodik va
pedagogik jihatdan o`zlashtirganligi 

4. 
O`z mutaxassisligiga doir yangi ilmiy-nazariy 
axborotlar bilan qurollanganligi 

5. 
Darsda kompyuter yoki texnika vositalaridan
foydalana olish darajasi 

6. 
Darslikdan 
tashqari 
qo`shimcha 
adabiyotlardan 
foydala-nishi 

II. O`qituvchining darsni tashkil etish faoliyati 
1. 
Dars vaqtini to`g`ri taqsimlash 

2. 
Darsda ko`rgazmali qurollardan o`rinli foydalanishi
va uning samaradorligi 

3. 
Dars jarayonida o`quvchilarni Vatanga muhabbat, 
sodiqlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarash 
ruhida tarbiyalash 

4. 
O`qituvchining 
darsda 
yangi 
materialning
o`quvchilar tomonidan to`liq o`zlashtirishiga erishishi 

5. 
Dars jarayonida mahalliy materiallardan foydalana 
olishi 

6. 
Darsda turli metodlardan o`z o`rnida foydalanishi 

7. 
O`quvchilarni mustaqil ijodiy ishlarga yo`naltira 
olishi va erkin fikrlash qobiliyatini o`stirishni tashkil 
eta bilishi 

8. 
Darslik va qo`shimcha adabiyotlardan foydalanish
sama-radorligi 

9. 
O`quvchi bilan muomala madaniyati, unga do`stona 
munosabat. 

10. 
O`quvchilarga 
nisbatan 
differentsiallashgan
yondashuvni amalga oshirishi 

11. 
O`quvchilar bilimini to`g`ri baholash 

12. 
Uy vazifalarini bajarilishini nazorat qilishi 

13. 
Muammolar qo`yishi va ularni hal qilinishi 



14. 
O`quvchining nutq madaniyatini rivojlantirishi 

15 
O`tilgan mavzularni takrorlanishi va ularni yangi 
mavzu bilan bog`lanishi 

16. 
O`quvchilar bilimlarni o`zlashtirish faoliyatini
to`g`ri tashkil etilishi 

17. 
O`quv daftarlari bilan ishlashi 

18. 
O`quvchini nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llashga 
o`rgatishi 

19. 
O`quvchilarni darsda faollashtira olishi 

20. 
Fanlararo bog`lanishdan foydalana olishi 

21. 
O`quvchilarda o`qishga mas’uliyat hissini 
tarbiyalashga e’tibor qaratilganligi 

III. Darsning borishi – bunda o`qituvchining yangi 
dars mavzusini o`quvchilarga yetkaza olish usullarini
qo`llashi, dars mavzusini ilmiy-metodik jihatdan 
bayon eta olish qobiliyati 
IV. Xulosa va takliflar 
Darsni tahlil qilish rahbar va o`qituvchi uchun avvalo pedagogik mahorat 
maktabidir. Ilmiy asoslangan pedagogik tahlil o`qituvchiga darsning 
kamchiliklarini ko`rish, ularni vaqtida yo`qotish, mavjud muvaffaqiyatlarni 
mustahkamlash imkoniyatini beradi. 
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish 
tuman (shahar) bo`limi mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan 
haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning 
o`rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 
soat, o`qituvchilari tomonidan 1 soat o`qituvchilar darslari kuzatilishi va 
tahlil qilinishi talab etiladi. 
Dars tahlilida yo`l qo`yiladigan asosiy xato va kamchiliklar 
Darsni maqsadli, malakali tahlil qilish, ayniqsa, yosh va tajribasiz maktab 
rahbari va o`qituvchilari uchun oson emas. Kuzatishlar va tajriba-sinov 
natijalarini hisobga olgan holda, rahbar va o`qituvchilar tomonidan tez-tez yo`l
qo`yiladigan xato va kamchiliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.Darsda 
o`quvchilarning 
bilim 
egallashga 
bo`lgan 
qiziqishlarini 
faollashtirishning turli xil yo`llaridan foydalanib, o`qituvchi sinfning yuqori
faolligiga erishadi, shu bilan bir qatorda ayrim o`quvchilar uning nazaridan
chetda qoladi va o`quvchilarning bir qismi o`quv jarayonida faol ishtirok 
etmaydilar. 
2.Soxta―muammolilik. Muammoli o`qitish metodlaridan qanday 
bo`lmasin foydalanishga harakat qilib, o`qituvchi ayrim hollarda o`z 
savollariga o`quvchilardan to`la fikrlanmagan taxminiy javoblar oladi. 
3. O`quvchilarni mustaqil ishlatish mobaynida yo`lga qo`yiladigan xatolar: 
dars jarayonida o`quvchi tomonidan bajarilgan o`quv topshiriqlarini 
tekshirmaslik; 


- o`quvchining mustaqilligini ta’minlash uchun qulay pedagogik vaziyatni 
vujudga keltirmasdan, o`quv jarayonini oldindan batafsil tahlil qilish; 
- o`quvchilarning mustaqil faoliyat ko`rsatishlari uchun ularning yoshlari va
fanlarning xususiyatlarini hisobga olmasdan, ularga ortiqcha o`quv vazifalari 
berish. 
4. Muvaffaqiyatli o`qitish qoidalarini buzish: 
- darsda ko`rgazmali qurollarni me’yoridan ko`p ishlatish; 
- o`qitishning texnik vositalaridan noo`rin foydalanish; 
- sun’iy tarzda zamonaviylikka intilish va tarbiyaviy daqiqalardan o`z 
o`rnida foydalanmaslik. 
5.Asosiy ilmiy dalillar, qonuniyatlar, formulalar va isbotlash usullarining
o`quvchilar tomonidan puxta o`zlash-tirilishiga sovuq-qonlik bilan qarash; 
og`zaki so`rov metodidan maqsadga muvofiq tarzda foydalanmaslik. 
6. Har bir o`quvchi va sinfdagi o`quvchilar jamoasini to`liq o`rganmasdan turli
sinflarda bir xil metodlar yordamida dars o`tish, ilg`or pedagogik texnologiyalar 
va zamonaviy metodlardan samarali foydalana olmaslik, tabaqalashtirib o`qitishga 
e’tibor qaratmaslik, o`quvchilar tomonidan yo`l qo`yilgan xatoliklarni bartaraf
etish chora-tadbirlarini o`z vaqtida ko`rilmasligi. 
7. Dars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olmaslik, darsda yangi 
bilimlarni o`zlashtirish bo`yicha o`quvchilarga tegishli yo`l-yo`riq ko`rsatmaslik 
va ularni me’yoridan ortiqcha hamda to`liq tushunib yetilmagan 
uy vazifalari bilan band qilib qo`yish, shuningdek, uyga berilgan topshiriqlarni
bajarish bo`yicha zarur izohlar, sharhlar va tavsiyalar berilmasligi tufayli 
o`quv jarayoni samaradorligining past bo`lishiga sabab bo`ladi. 

Download 171.92 Kb.
  1   2




Download 171.92 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlari va shakllari D

Download 171.92 Kb.
Pdf ko'rish