Darsga tashrif buyurilganda o`qituvchi mahoratini baholash




Download 171.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.12.2022
Hajmi171.92 Kb.
#36015
1   2
Bog'liq
2. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlar
1 5103062953200976606, AKSIYA, Самостоятельная работа №2 Структура данных и алгоритм, Taqvim50, Tex Modul 1-soatlik dars uchun, mustaqil ishi TOPLAM, labaratoria ishi, Mazmunı, Elegenov Ulug`bek O`zb tariyx, 130-132, Baxmal elon, 4-maktab MB xisobot yillik, 1-Журнал муrова, Salamat
Darsga tashrif buyurilganda o`qituvchi mahoratini baholash 
Darsga tashrif buyurilganda o`qituvchi mahoratini qanday baholash 
kerak? 
I. O`kuv faoliyati motivatsiyasi. 
1. O`rganilayotgan material, ahamiyatini, maqsadini tu shuntirish. 
2. Bilim olishga qiziqishni o`stirish. 
3. Darsning muammoli-ijodiy tuzilishi. 
4. O`qitishning ijodiy motivatsiyasi. 
5. Individual, guruq bilan va umumiy ishlash. 
6. O`quvchilar bilimi va tajribasiga tuzatish kiritish. 
7. Fan bo`yicha maxsus mustaqil ishlash, xulosa chiqarish malakalarini 
shakllantiri. 
II. O`rganilayotgan material, mazmuni. 
1. Materialning ilmiyligi va tushunarliligi. 
2. Dolzarbligi va hayot bilan bog`langanligi (aloqasi). 
3. O`quv axborotining muammoliligi va jalb qila olishi. 
4. O`zlashtirish uchun berilayotgan material hajmining optimalligi. 
III. Dars jarayoni tuzilishining samaralorligi. 
1. Darsda vaqtdan oqilona foydalanish. 
2. Faoliyat turlari sur’atining, almashinuvining va o`zgarishining 
optimalligi. 


3. Ko`rgazmalilik. 
4. Yangi texnologiyalar (shu jumladan, axborot texnolo giyalari)dan 
foydalanish arajasi. 
5. Ish usullarining oqilonaligi. 
6. O`quvchilar ishini nazorat qilish. 
7. O`qitish samarasi. 
8. Tarbiyaviy ishlar samarasi. 
9. O`quvchilar rivojlanishiga darsning ta’siri. 
Darsning o`rtacha bali 
Darsning har bir unsurini ballarda baholash mumkin: 
- a’lo — 5 ball 
- yaxshi — 4 ball 
- qoniqarli — 3 ball 
- element kuzatilmadi — 2 ball 
O`qituvchi anketasi 
№ 
Savollar 
Javoblar 
ha 
yo`q 
1. 
Barcha o`quv-tarbiya masalalarini hal qilishda maktab 
o`qituvchilari o`rtasida hamkorlik va o`zaro yordam berish 
mavjudmi? 
2. 
Pedagogik talablarda bir xillik bormi? 
3. 
O`quvchilarning intizomi va xulq madaniyati sizni 
qoniqtiradimi? 
4. 
Pedagoglarning talablarini maktab o`quvchi- lari 
tomonidan qo`llab-quvvatlash, o`quvchilar muhitida o`zaro
tarbiya va o`z-o`zini tarbiyalash kuzatiladimi? 
5. 
Jamoada har chorak yakuni sinflar kesimida tahlil 
qilinib, ota-onalar ishtirokida muhokama qilinadimi? Keyingi
chorak vazi- falari belgilanadimi? 
Pedagogik faoliyatni baholashda pedagogik jamoada xolis
tanqid va o`zini-o`zi tanqid (qilish) mavjudmi? 
6. 
O`tgan o`quv yili bo`yicha o`zingizning pedagogik 
mehnatingiz natijalaridan qonikdin- gizmi? 
7. 
Ma’muriyat Sizni nazorat qilganda qo`rquvni his 
qilasizmi? 
8. 
Ishingizdagi muvaffaqiyatsizliklar va muammolarni
ma’muriyatga ochiq aytib, o`rtoq- lashasizmi? 
9. 
Ma’muriyat nazorati Sizga shak-shubhasiz foyda beradi, 
deb hisoblaysizmi? 
Va hokazolar. 
Test o`tkazish bo`yicha ayrim tavsiyalar 
- Test nazorati shaklidan foydalanishda «Sof test» deb atalgan 
(javoblarni tanlash mumkin bo`lgan topshiriqdar) shakl bilan cheklanib qolmaslik 
kerak. 


- Ayrim fanlar bo`yicha testlardan tashqari umumiy o`quv ko`nikmalarini 
anikdashga yo`naltirilgan testlardan foydalanish maqsadga muvofikdir. 
- Bilim darajalari bo`yicha testlar. 
1 -daraja — o`zlashtirilgan materialning reproduktiv me’yordagi 
minimal hajmi. 
2-daraja — asosiy dastur bo`yicha bilimlardan rekonstruktiv me’yorda 
foydalanish. 
3-daraja — qo`shimcha materiallarni jalb qilgan holda, bilimlarni 
ijodiy qo`llash. 
O`qituvchiga anketa 
1. Ma’muriyat, odatda, faoliyatingizning qaysi masalalarini nazorat 
qiladi? 
2. Sizning iltimosingizga ko`ra darslaringizga tashrif buyurishganmi? 
3. Faoliyatingizni nazorat qilishni xolis deb hisoblaysizmi? 
4. Ma’muriyat Sizni nazorat qilganda ko`rquvni his qilasizmi? 
5. Nazorat paytida Sizning yutuk, va ijobiy natijalaringiz e’tiborga 
olinadimi? 
6. Muammolar va muvaffaqiyatsizliklarni maktab ma’muriyatiga ochiq 
aytib, o`rtokdashasizmi? 
7. Faoliyatingiz taxdil qilinayotganda, o`z nuqtai nazaringizni himoya 
qilish imkoniga egamisiz? 
8. Nazorat natijasida, Siz sifatliroq natijalarga erishish yo`llari 
haqida aniq-ravshan tasavvurga ega bo`lasizmi? 
9. Nazoratdan so`ng yaxshiroq ishlayapman, deb ayta olasizmi? 
10. Nazorat Sizga shak-shubhasiz foyda beradi, deb hisoblaysizmi? 
Xulosa 
Ta’lim sifatini xolis baholash muammosiga bag`ishlangan sakkizinchi 
darsimiz ham nihoyasiga yetmokda. Unda tinglovchilar tomonidan 
bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflarni umumlashtirgan holda 
quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 
Birinchi xulosa. Ta’lim muassasasi faoliyatini xolis baholashda qanday 
mezonlardan foydalanishimiz juda muhimdir. Albatta, bunda dastur 
materiallarini o`quvchilarining asosiy qismi tomonidan o`zlashtirish darajasi 
davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelishi, pedagogik jamoa ishining 
murakkabligi oshirilgan dasturlar bo`yicha natijalari, maktablararo 
olimpiadalar, ko`riklarda ishtirok etish, tarbiyaviy ishlar natijalari kabilar
hisobga olinishi maqsadga muvofikdir. 
Ikkinchi xulosa. Ta’lim muassasalarining yuqori natijalari, shubhasiz, quyidagi
omillarga bog`liq: muassasaning moddiy - texnik bazasi, o`quv- uslubiy 
ta’minlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, kadrlar salohiyatidan
foydalanish, axborotlar bilan ta’minlanish, maktab ichki 
iazorati va shu kabilar. 
Uchinchi xulosa. Biz jadal o`zgarayotgan dunyoda yashayapmiz. Garchi 
o`quvchilar 
ta’lim muassasalarida yaxshi o`qisalar ham, ularga chuqur, puxta bilimlar, 


ko`nikmalar berilsa ham, bu ozlik qiladi. Ta’lim muassasasi o`quvchini 
mustaqil fikrlashga, o`zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga 
ega bo`lishga, o`zining fikrini bildirishga, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
yashashga o`rgatishi darkor. Ta’lim muassasasi faoliyati baholanayotganda 
mazkur jihatlar, albatta, inobatga olinishi lozim. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko`zlangan maqsad nimadan iborat. 
2. Dars tahlilida psixologik holatlarni o`rni nimadan iborat? 
3. Dars tahlilida yo`l qo`yiladigan asosiy xato va kamchiliklar nimadan 
iborat? 
4. Darsga tashrif buyurilganda o`qituvchi mahorati qanday baholanadi? 
5. Darsni turlari va uning mazmuni nimadan iborat? 
6. Darsni tahlil etishni qanday olib borish maqsadga muvofiq? 
7. Dars jarayoni tuzilishining samaralorligi nimadan iborat? 
 

Download 171.92 Kb.
1   2




Download 171.92 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Darsga tashrif buyurilganda o`qituvchi mahoratini baholash

Download 171.92 Kb.
Pdf ko'rish