QUYOSH ELEKTR STANSIYALARI ELEKTR ENERGIYA MUAMMOLARI YECHIMI
M.E.Shamshitdinov, Z.M.Abdusharipova
Namangan muhandislik-tehxologiya insituti
Annotatsiya. Quyosh energiyasi texnik jihatdan qulay, atrof muhitni mutlaqo
ifloslantirmaydigan yagona energiya manbai bo’lib undan oqilona foydalanish bu insoniyat uchun
foydali va arzon energiya hisoblanadi.
Kalit so’zlar. Quyosh elektr stansiyalar, energiya, manba, muammolar, insoniyat, qayta
tiklanuvchi energiya.
XXI asr boshlarida insoniyat oldida an’anaviy energiya manbalarining yaqin kelajakda tugashi
va yerning ekologik holati yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar paydo bo‘la boshladi. Ayni
muammolar dunyo hamjamiyatidagi juda dolzarb va global miqyosda asosli xavotirlar uyg‘otayotgan
masalalarga aylandi.
Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.18
Ma’lumki, hozirgi davrda butun dunyoda energiya asosan ma’danlardan olinadigan
manbalardan: neft, tabiiy gaz, ko‘mir, yadro yonilg‘isidan foydalanib ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan
birga, energiyaga bo‘lgan talabni faqat qazib olinadigan manbalardan foydalanish hisobiga qondirish
mumkin emasligi, energiyaning an’anaviy manbalari zaxiralari asta-sekin tugab borayotganligi hech
kimga sir emas. Aksariyat ekspertlarning fikricha, energiyaga bo‘lgan talabning global ortishi sababli
an’anaviy manbalar zaxirasi taxminan asrimiz o‘rtalariga borib tugaydi.
Texnik tarraqiyot natijasida yangi konlarning ochilishi resurslarning tugash jarayonini faqat
biroz ortga surishi mumkin, xolos. Shunisi ayonki, an’anaviy energiya zaxiralari to‘liq tugamagan
taqdirda ham, ularga bo‘lgan talabning keskin ortishi tufayli narxlarning sezilarli darajada oshishi
kuzatiladi.
Shuningdek , 2018 yilda, Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi umumiy quvvati 1000 MVt
bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurish uchun 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritishi e'lon qilingan,
Samarqand viloyatidagi qurilish maydoni investorga topshirilgan ham edi. Biroq, keyinchalik, bu
loyiha tannarxi balandligi bois to‘xtatildi.
2016 yilda esa, O‘zbekistondagi birinchi yirik quyosh elektrostansiyasini qurish bo‘yicha
tenderni yutib olgan Xitoyning «Zhuhai Singes Green Building Technology» kompaniyasiga eskirgan
texnologiyalar tufayli qurilish boshlashga ruxsat berilmagandi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ichida doimo eng jozibadori va istiqbollisi fotoenergiya,
ya’ni quyosh energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish hisoblanadi. Quyosh uzoq asrlar
mobaynida insonlarning energiyaga bo‘lgan o‘sib boruvchi talablarini qondirishi mumkin va bu
hozirda dunyo hamjamiyatiga yaxshi ma’lum.
Bir soatda yerga kelayotgan quyosh energiyasining miqdori insoniyat bir yilda istemol
qilayotgan energiya miqdoridan ortiq, shu sababli va bundan tashqari, tabiiy energiya zaxiralarining
cheklanganligi hamda ekologik muammolar quyosh energiyasidan foydalanish zaruriyatini
oshirmoqda.
Quyosh energiyasi texnik tomondan qulay, atrof-muhitni mutlaqo ifloslantirmaydigan yagona
energiya manbai hisoblanadi. Oxirgi o‘n yillikda quyosh energiyasidan foydalanish butun dunyoda
ortib bormoqda. 2021-yildagi ma’lumotlar jahon elektr energiyasining deyarli 5 foizini fotoelektrik
quyosh stansiyalari ta’minlaganini ko‘rsatmoqda. Bir qarashda bu juda kichik miqdorday tuyiladi,
biroq bu ulush juda tez ortib bormoqda. O‘n yillar ilgari bu ko‘rsatkich atigi 1 foizni tashkil qilardi va
u asosan rivojlangan davlatlar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Hozirgi kunda nafaqat rivojlangan davlatlar,
balki rivojlanayotgan davlatlarda ham quyosh energiyasidan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda.
Jahon bankining 2020-yil uchun tayyorlagan hisobotiga ko‘ra, nafaqat elektr energiyasiga
bo‘lgan o‘z talabini to‘liq qondirish, balki undan ham ortig‘ini quyosh elektr stansiyalaridan
foydalanib ishlab chiqarishi uchun dunyoning deyarli barcha davlatlarida geografik sharoit ham, ob-
havo ham, quyosh nuri ham yetarli.
Tarixga nazar solsak, Nyu-Yorkdagi “Bell Telefon” kompaniyasi laboratoriyalari tomonidan
1954-yili o‘ziga xos ixtiro hayotga joriy qilindi. U quyosh energiyasini bevosita elektr energiyaga
aylantirib bera olish xususiyatiga ega edi.
1970-yillardagi energiya inqirozi quyosh energiyasidan korxonalar va xonadonlar uchun elektr
energiya olishga bo‘lgan qiziqishni jonlantirib yubordi. 1973-yil iyulida Parijda o‘tkazilgan YUNESKO
konferensiyasi “Quyosh inson xizmatida” shiori ostida o‘tdi va dunyodagi quyosh energetikasining
holati haqida aniq ma’lumotlarni berdi. 1973-yilgacha quyosh energiyasi olimlar uchun tadqiqot
ob’yektigina bo‘lgan, endi u sanoatning yangi sohasiga aylandi, biroq o‘sha vaqtlarda bu texnologiya
katta xarajatlar talab qilganligi bois quyosh bataryeyalari ommaviy ishlab chiqarilmagan bo‘lsa, vaqt
o‘tishi bilan fotoelektr elementlarning tannarxi keskin tushdi, xususan, oxirgi o‘n yilda 59 foizdan
ortiq miqdorda arzonlashdi va shu boisdan korxonalar, tashkilotlar hamda xususiy uylar uchun
quyosh energiyasidan foydalanishga keng yo‘l ochildi.
|