Namangan Institute of Engineering and Technology




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/693
Sana13.05.2024
Hajmi15,56 Mb.
#228860
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   693
Bog'liq
Тўплам

Namangan Institute of Engineering and Technology 
nammti.uz 
10.25.2023
Pg.317 
noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishini oldini olish bo‘yicha bojxona organlari tomonidan bir qator 
tizimli ishlar olib borilmoqda. 
Maxsus transport vositalarini rasmiylashirishda soxta hujjatlarni taqdim etilishi operatsiyalari 
aniqlanmoqda. 
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona posti xorijdan 
keltirilgan 3 dona “ekskavator” maxsus transport vositalari belgilangan tartibda ekspertiza qilindi,
natijada, “g‘ildirakda harakatlanuvchi ekskavator-yuklagich” deb ko‘rsatilgan maxsus transport 
vositalari aslida “g‘ildirakda harakatlanuvchi to‘liq burilishli ekskavator” maxsus transport vositalari 
ekanligi aniqlandi. Mazkur transport vositalarining TIF TN kodlari ham noto‘g‘ri tasniflanganligi 
sababli maxsus transport vositalariga 345,6 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi. 
Imtiyozli tarzda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan 2 dona 
“HOWO” rusumli beton aralashtiruvchi maxsus transport vositalari belgilangan tartibda ekspertiza 
qilindi. 
Natijada, ekspertiza xulosasiga asosan transport vositalari egalari o‘zboshimchalik bilan beton 
aralashtiruvchi maxsus transport vositalarini tusini “yuk tashish uchun mo‘ljallangan” transport 
vositasi turiga o‘zgartirgan holda foydalanib kelayotganliklari aniqlandi. 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, transport vositalarining qiymati 1,75 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. 
Meva-sabzavot mahsulotlarini tashishga ixtisoslashgan yuk avtotransport vositasi sifatida 
bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan “Mercedes-Benz” avtotransport vositasi ekspertizadan 
o‘tkazildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur transport vositasi aslida yuk tashuvchi transport 
vositasi emas, 2004 yilda ishlab chiqarilgan, 9 o‘rinli yengil turdagi yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan 
avtotransport vositasi ekanligi aniqlandi, 386,2 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi. 
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona posti xorijdan 
keltirilgan 2 dona maxsus transport vositalari belgilangan tartibda bojxona ekspertizasidan
o‘tkazildi. 
Natijada, qiymati 2 mlrd so‘mni tashkil etuvchi mazkur avtotransport vositalarining TIF TN 
kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi, ishlab chiqarilishdagi yillari bir-biridan farq qilganligi va 
konstruksiyasi bo‘yicha bir-birining texnik tarkibi hisoblanmagan avtomobil va burg‘ulash uskunasi 
jamlanmasidan iborat ekanligi aniqlandi. 1,53 mlrd.so‘m miqdorda bojxona to‘lovlari hisoblandi. 
Qorakalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Litva davlatidan tegishli yuk kuzatuv 
hujjatlari asosida yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ekspertizasidan o‘tkazildi.
Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilgan tovarlar bilan tovarlar o‘zaro solishtirilganda, 
hujjatlarda avtotransport vositalarining ehtiyot qismlari deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, biroq tovarlar 
aslida bir butun DAF rusumli “samosval” yuk avtotransport vositasini tashkil etishi aniqlandi hamda 
254,9 mln.so‘m miqdorda bojxona to‘lovlari hisoblandi. 
Shuningdek, Xorazm viloyati bojxona Rossiyadan olib kelingan “Zil MK3-22003” rusumli 
“Maxsus” avtotransport vositasining TIF TNning kodi 8704 32 990 5 etib tasniflanishi o‘rniga 8705 
90 800 7 kodi bilan noto‘g‘ri tasniflangani aniqlanib, qo‘shimcha 94,6 mln. so‘m bojxona to‘lovlari 
hisoblandi. 
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Rossiya davlatidan invoys hujjatiga asosan olib kelingan 
“Avtomobil spesnaznacheniya musorovoz MKZ” tovarining asosiy vazifasi yuk tashish bo‘lganligi 
sababli TIF TNning 8704 32990 5 raqamli kod bilan tasniflanishi o‘rniga xato ravishda 8705 90 800 7 
raqamli kod bilan noto‘g‘ri tasniflaganligi aniqlandi. Natijada tovarning TIF TH kodi o‘zgarishi 
oqibatida qo‘shimcha 59,0 mln.so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi. 
Shuningdek amaliyotda uchrab turadigan misol sifatida quyidagilarni ko‘rish mumkin:
1. Kamaz asosida burg‘ulash va ta’mirlash uchun ko‘taruvchi agregat APR-80S” Deklarant 
tomonidan noto‘g‘ri TIF TN 8426 41 000 7 berilgan, ya’ni savatli pozitsiyadagi o‘ziyurar g‘ildirakli 
boshqa mexanizmlar. Biroq, ushbu avtomobilni texnik parametrlarini inobatga olingan xolda, ushbu 



Download 15,56 Mb.
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   693




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan Institute of Engineering and Technology

Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish